So’nggi yangiliklar

08:17Роналду Мессидан ўтиб кетди  2 07:50ЖЧ-2026 саралаши. Португалия Арманистон устидан 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Англия Андоррани енгди, Сербия эса Латвиядан устун келди  1 07:35Дембеленинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  2 23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  15 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  4 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  76 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  5 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  3 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  1 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8

Superliga. "Lokomotiv" "Qizilqum" bilan o'yinda so'nggi soniyalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldi Yangiliklar

Superliga. "Lokomotiv" "Qizilqum" bilan o'yinda so'nggi soniyalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldi

Teglar :  LokomotivQizilqum
Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Qizilqum" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasi va eng asosiy vaziyatlarini kuzatib borish mumkin.


YANGILASH

O'yin boshlandi.

5. GOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! NEMANYA YOVANOVICH! Elguja Grigalashvili chap qanotdan ochilib borayotgan Doniyor Usmonovni to'p bilan taminladi. Usmonov esa jarima maydonchasi ichiga kirib kelayotgan Nemanya Yovanovichga to'pni oshirdi, "Qizilqum" hujumchisi esa bu vaziyatdan unumli foydalandi. Nemanya Yovanovichning boshi bilan yo'llagan zarbasi darvoza to'ridan o'rin oldi - 0:1.

8. "Qizilqum"ning hujumlari ancha xavfli ko'rinish olmoqda. Artur Gevorkyan bu safar Doniyor Usmonovni qulay vaziyatga chiqarib yuborgandi. Ammo Usmonov to'pni Grigalashviliga uzatishda xatoga yo'l qo'ydi. Natijada esa xavfli hujum uzilib qoldi. 

10. "Lokomotiv" katta kuch bilan oldinga o'tmoqda. Lekin "Qizilqum" mudofaa chizig'i hozircha ancha ishonchli o'ynamoqda.

15. O'yin tizgini "Loko" qo'lida. Ammo "Qizilqum" himoyada mustahkam turib, qarshi hujumda xavfli o'ynamoqda.

21. Nihoyat "Lokomotiv" futbolchilari CHeremisin darvoza tomon aniq zarba yo'llashga muvaffaq bo'lishdi. Zoteevning pasidan so'ng Bikmaev darvozaga zarba yo'lladi, ammo "Qizilqum" kiperi ortiqcha qiyinchiliksiz to'pni egallab oldi.

24. Ikrom Aliboevning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

30. "Lokomotiv" hujumlari oxiriga etmasdan uzilib qolyapti.

36. GOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! "Lokomotiv"ning hujumi gol bilan yakunlandi. Sadriddin Abdullaevdan to'pni qabul qilib olgan Husniddin G'ofurov yaqin masofadan CHeremisin qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol etdi - 1:1.

40. GOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! ARTUR GEVORKYAN! "Qizilqum" yana tezda hisobda oldinga chiqib olmoqda. Artur Gevorkyan qiyin vaziyatda havodan kelayotgan to'pni boshi bilan darvozaga aniq yo'llashga muvaffaq bo'ldi - 1:2.

44. Birinchi bo'limning oxirgi daqiqalari to'liq mehmonlarning ustunligi ostida o'tdi. Elguja Grigalashvilining kuchli zarbasini Nesterov bu safar qaytarib yuborishga muvaffaq bo'ldi. Aks holda hisob yanada o'zgarib ketishi mumkin edi...

- Birinchi bo'lim tugadi.


46. Ikkinchi taym boshlandi!

50. "Lokomotiv" standart vaziyatiga ega bo'ldi. Ammo burchak zarbasidan mezbonlar unumli foydalana olishmadi.

52. "Lokomotiv" ketma-ket ikki bor juda xavfli hujum sodir etdi. Lekin bundan naf chiqmadi. Husniddin G'ofurov uchrashuvda o'z dublini rasmiylashtirishga juda yaqin kelgandi.

Standart vaziyatlarida bugun mana shu ikki futbolchilar - Nemanya Yovanovich va Igor Yelich juda ko'p qarama-qarshi kelishmoqda 

55. Ignatiy Nesterovdan to'pga birinchi bo'lib etib kelgan Erkin Boydullaev Artur Gevorkyanga pas uzatdi, Gevorkyan esa jarima maydonchasi ichida Yovanovichni qidirib topdi. Ammo Nemanyaning zarbasi biroz noaniq ketdi. Aks holda tablodagi hisob yana "Qizilqum" foydasi tomonga o'zgarardi.

60. "Qizilqum"da biroz avval o'zgarish bo'lgandi. Aktamov Doniyor Usmonovni o'rniga Alisher Sanoevni maydonga tushlagandi. Endi Fyodorov maydonga Sardor Rashidovni maydonga tushirdi. Rashidov Sadriddin Abdullaevni almashtirdi.

61. "Lokomotiv" katta kuch bilan oldinga bormoqda. Vaqt o'tib boryapti, "Loko" esa hisobni tenglashtirish uchun shoshilmoqda.

66. Husniddin G'ofurovning kuchli zarbasini CHeremisin qaytarib yuborishmoqda...

67. "Lokomotiv" butun jamoa bo'lib hujumga o'tmoqda. Lekin "Qizilqum" hozircha himoyada ancha ishonchli va tartibli o'ynamoqda.

68. Andrey Fyodorov hujumni kuchaytirish maqsadida maydonga hujumchi Nivaldoni tushirdi. Braziliyalik hujumchi Husniddin G'ofurovni almashtirdi.

72. "Qizilqum" juda ajoyib hujumni tashkillashtirdi. Nemanya Yovanovich ajoyib harakatlari bilan himoyachilarni dog'da qoldirdi va jarima maydonchasi ichidagi Elgujaga to'pni uzatgandi. Ammo himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.  Ikkinchi tempda davom etgan hujumni esa Alisher Sanoev zarbasi bilan yakunlamoqchi bo'ldi. Nesterov kuchsiz chiqqan zarbani ushlab oldi.

75. Sardor Rashidovning jarima maydonchasi tashqaridan yo'llagan zarbasini CHeremisin qaytarib yubordi.

77. Aliboevning zarbasi kuchli chiqmadi, CHeremisin o'z o'rnida.

78. "Lokomotiv"ning hujumlari xavfli tus olmoqda. "Qizilqum" esa ishonchli himoyalanmoqda.

79. Nivaldoning bosh bilan bergan zarbasi juda xavfli chiqdi, ammo noaniq...

85. Ikrom Aliboev yana uzoqdan o'z omadini sinab ko'rdi. CHeremisin bu safar ham to'pni egallab oldi.

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shildi

90. Artur Gevorkyan o'rniga Andrey Sidorov tushdi

90+2. CHeremisininng uzatib bergan to'pini Sidorov to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi. Biro zarba noaniq bo'ldi.

90+3. GOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! Rashidovning to'p uzatishidan so'ng Sanjar SHoahmedov hisobni tenglashtirdi - 2:2.

90+4. Uchrashuv tugadi. 


Lokomotiv

Husniddin G’ofurov - 36', Sanzhar SHoahmedov - 90'

Superliga. 12-tur

22/05/2018, 18:56

2
:
2
Tugadi

Qizilqum

Nemanya Yovanovich - 5', Artur Gyevorkyan - 40'

45'
90'
36'  Husniddin G’ofurov
36'  Sadriddin Abdullayev
60'  Sadriddin Abdullayev (Sardor Rashidov)
68'  Husniddin G’ofurov (Nivaldo)
79'  Islom Tuxtaxo’jayev (Shuhrat Muhammadiyev)
80'  Igor Yelich
90'  Sanzhar SHoahmedov
90'  Sardor Rashidov
5'  Nemanya Yovanovich
5'  Doniyor Usmonov
40'  Artur Gyevorkyan
54'  Doniyor Usmonov (Alisher Sanayev)
77'  Muhsin Ubaydullaev
80'  Nemanya Yovanovich
86'  Mirjalol Qosimov (Samandar Shodmonov)
87'  Yevgeniy Cheremisin
89'  Artur Gyevorkyan (Andrey Sidorov)


18:56 - “Lokomotiv” – “Qizilqum” 2:2  
22 may 2018. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni.
Hakamlar:
A.Risqullaev, X.SHodmonov, A.Burov, F.Yansupov.
Nazoratchi – R.Serazetdinov.

Gollar: Husniddin G'ofurov (36, assist: Sadriddin Abdullaev), Sanjar SHoahmedov (90+3, assist - Sardor Rashidov) - Nemanya Yovanovich (5, assist: Doniyor Usmonov), Artur Gevorkyan (40)

"Lokomotiv": 1.Ignatiy Nesterov, 5.Kaxi Maxaradze, 7.Sadriddin Abdullaev (27.Sardor Rashidov, 60), 9.Ikrom Aliboev, 10.Marat Bikmaev, 15.Sardor Mirzaev, 19.Husniddin G'ofurov (6.Nivaldo, 68), 20.Islom To'xtaxo'jaev (28.SHuhrat Muhammadiev, 79), 22.Sanjar SHoahmedov, 33.Oleg Zoteev, 88.Igor Yelich.
Zaxira: 12.Mamur Ikromov, 4.Bobur Yo'ldoshev, 14.Azizbek Omonov, 18.Farhod Bekmurotov, 23.Idris Bikmaykin, 77.Diyor Turopov.

"Qizilqum": 77.Evgeniy CHeremisin, 4.Erkin Boydullaev, 5.Giorgi Kveseishvili, 11.Doniyor Usmonov (10.Alisher Sanoev, 54), 14.Fayzulla Qambarov, 17.Artur Gevorkyan, 21.Muhsin Ubaydullaev, 23.SHerali Jo'raev, 30.Elguja Grigalashvili, 44.Mirjalol Qosimov (18.Samandar SHodmonov, 86), 84.Nemanya Yovanovich.
Zaxira: 1.Erkin Jabborov, 6.Suhrob Yarashev, 8.Akmal Rustamov, 9.Humoyun Abdualimov, 22.Artyom Makosin, 45.Abbos Abdukarimov, 70.Andrey Sidorov.

Ogohlantirish: CHeremisin (87)

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика