So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  6 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  1 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  2 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  13 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  3 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  31 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  10 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

Superliga klublari stadionlari rahbarlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi Yangiliklar

Superliga klublari stadionlari rahbarlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi

O'zbekiston Futbol Federaciyasi anjumanlar zalida Superligada ishtirok etadigan klublar stadionlari direktorlari va rahbarlari ishtirokida majlis bo'lib o'tdi.

Ushbu yig'ilishda Superliga klublari stadionlariga qo'yilgan talablarni bajarish yuzasidan fikr almashildi. Majlisni O'zbekiston Professional Futbol Ligasi Bosh direktori Omon G'ofurov ochib berdi va Superliga klublari stadionlariga qo'yilgan talablar, kamchiliklar va bir qator muammolar haqida o'z fkirini bildirdi.

Yig'ilishda so'zga chiqqan O'zPFL Bosh direktori o'rinbosari Mirsardor Alimov stadionlar bo'yicha talablar bajarilishi qattiq nazoratga olingani takidladi. “Yangi mavsumda Superligada ishtirok etadigan klublar stadionlari talablarga javob berishi uchun barcha kamchilikilar bajarilishi kerak. Endilikda, stadionlardagi sharoit va kamchiliklar uchun klub javob berishi ko'zda tutilgan. Ayni damda, faqat sanoqli stadionlar OFK talablariga javob beradi. Ko'pchilik stadionlarda vaziyat yaxshi emas. Stadionlarda yoritgichlar, tablo va chim borasida muammolar bor”, - deydi O'zPFL Bosh direktori o'rinbosari.

Stadionlar rahbarlari ham, bu borada yangi mavsumda barcha ishlar bajarilishi, kamchiliklar bartaraf etilishi borasida ishlar ketayotganligini takidlashdi. Yig'ilishda, shuningdek, bir nechta boshqa muammolar ham muhokama qilindi. Stadionlar direktorlari chiptalar sotuvi borasida klub va stadion yangi tizimni ishga tushirishi, turniket va boshqa texnologiyalarni qo'llash borasida fikr almashishdi.

Ushbu yig'ilishdan so'ng ishtirokchilar “Paxtakor” hamda “Bunyodkor” stadionlariga tashrif buyurib, mazkur stadionlardagi infratuzilma va sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Yig'ilishdan so'ng, Superliga klublari stadionlarini yangi mavsumda barcha talablarga mos kelishi uchun amalga oshiriladigan ishlari ko'rib chiqilishi va bu borada klublar stadionlari rahbariyati Professional Futbol Ligasiga hisobot berishlari borasida kelishib olindi.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика