So’nggi yangiliklar

18:28Френки де Йонгга АПЛдан харидор чиқяпти  3 18:02"Фарғона вилояти ҳокими кубоги-2025". 1-тур якунланди  0 17:43"Челси" ёзги трансфер ойнаси учун асосий мақсадларини аниқлаб олди  3 17:10"Реал" афсоналаридан бири футбол билан хайрлашди  4 16:53Расмий хабар: "Пахтакор" футболчиси "Навбаҳор"га ўтди  9 16:49Назорат учрашуви. "Сурхон" Россия клубини мағлуб этди  5 16:25Ўзбекистон ёшлари Хитой клубини мағлуб этди  7 15:59Ана бўлмасам! Кейн "Тоттенхэм"га қайтадими?!  2 15:30"Мен майдонда гапираман, бу ўзимни ҳимоя қила оладиган ягона жой"  3 15:00Дарвозадан дарвозага гол урган, Милитао ва Бруну билан бир сафда турган ҳамда интервьюси туфайли хижолатда қолган "Пахтакор"нинг янги посбони билан яқиндан танишамиз  1 14:38Бобир Абдихолиқов "Насаф"ни тарк этди!  18 14:18Суперлига-2025. Дастлабки иккита тур саналари маълум қилинди  6 14:05Слот ёзда Салоҳ, Трент Александер-Арнольд ва ван Дейк жамоадан кетиши ҳақида гапирди  1 13:48Тимур Кападзе мураббийлар штабида кимлар ишлаши маълум  8 13:30Анвар Ҳожимирзаев Кападзедан хафа бўлдими?  12

Superliga klublari kichik tanaffusga qanday holatda yo'l oldi? (2-qism, o'rtalikdagi jamoalar) Yangiliklar

Superliga klublari kichik tanaffusga qanday holatda yo'l oldi? (2-qism, o'rtalikdagi jamoalar)

O'zbekiston milliy terma jamoasining iyun oyida bo'lib o'tadigan JCH-2022 saralash uchrashuvlariga tayyorgarlikni ertaroq boshlagani munosabati bilan Superliga klublari kichik tanaffusga yo'l olishdi.

Garchi hali oldinda birinchi davranig bir nechta uchrashuvlari qolgan bo'lsa-da, jamoalarning ortda qolgan turlardagi ishtiroki haqida biroz fikr va mulohaza yuritish istagi tug'ildi. Maqolamizning avvalgi sonida turnir jadvalidagi dastlabki 6 klub haqida so'z borgan bo'lsa, endilikda turnir jadvalining o'rtaligida ketayotgan jamoalardagi vaziyatga nigoh tashlaymiz.

"Qo'qon-1912" - Baxtiyor Ashurmatov murabbiyligidagi jamoa mavsum avvalida tarkibda bir qator yo'qotishlarga uchradi. Asosiy yo'qotish esa Quvondiq Ro'ziev bilan bog'liq. Bir necha yillar davomida qo'qonliklarning markazdagi etakchisi bo'lgan yarim himoyachi "Navbahor"ga yo'l oldi. Uning o'rnini to'ldirish maqsadida Farhod Bekmuratov, Anvar Xojimirzaev taklif qilindi. Yakuba Bamba ortga qaytarildi. SHunga qaramasdan, baribir Ro'zievning o'rni bilinmoqda. Mavsum boshidagi o'yinlarda Murod Holmuhammedov tayanch yarim himoyachi sifatida o'yinni boshqarishga harakat qildi. Qaysidir manoda bu samara berayotgandi. Bobir Akbarov jarohat olgach, Holmuhammedov himoyaga qaytdi. Jamoaning o'yinidagi asosiy kamchilik sifatida shuni aytishimiz mumkin. Bevosita natijalarga to'xtaladigan bo'lsak, "shunqorlar" to'qqizinchi turdan so'ng "Bunyodkor" bilan bir xil ko'rsatkich qayd etgan holda ettinchi o'rinni egallab turibdi. Faqatgina to'plar farqi "Qo'qon-1912"da 9-10, -1. Jamoada 3 ta gol bilan Mo'minjon Meliev to'purar bo'lib turibdi. "Paxtakor" bilan o'yinda Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari joriy yil hisobidan safardagi ilk mag'lubiyatini tan oldi. O'tgan mavsumlarda "uy jamoasi" deb nomlangan "Qo'qon-1912"ning bu yil o'z maydonida hali g'alaba qozongani yo'q. Safarda esa 7 ochko ishlashni uddasidan chiqa oldi. Quyida barcha uchrashuvlarning natijalari bilan tanishing. Yana bir malumotni aytib o'tish kerak, o'tgan mavsumda Baxtiyor Ashurmatovga yaqindan yordam bergan mutaxassis Davron Fayziev jamoaga qaytdi. Mazkur holat ko'pchilik muxlislarni quvontirgani tabiiy.

1-tur. "Turon" - "Qo'qon-1912". 1:2

2-tur. "Qo'qon-1912" - "Qizilqum" 0:0

3-tur. "Surxon" - "Qo'qon-1912" 1:1

4-tur. "Qo'qon-1912" - "Bunyodkor" 0:0

5-tur. "Mashal" - "Qo'qon-1912" 0:2

6-tur. "Qo'qon-1912" - "Metallurg" 0:1

7-tur. "Andijon" - "Qo'qon-1912" 1:2

8-tur. "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" 3:0

9-tur. "Qo'qon-1912" - "So'g'diyona" 2:3

Keyingi to'rtta turda jamoaning raqiblari: "Lokomotiv", "Nasaf", AGMK, "Navbahor". 

Yozgi transferlar oynasi vaqtida tarkib kuchaytirilishi ehtimoli yo'q emas. Darvoza chizig'iga Asilbek Amonovni taklif qilinishi mumkin. Buni bosh murabbiyning o'zi ham matbuot anjumanida aytib o'tganini aytish joiz.

"Nasaf" - Yurtimizda akademiya va futbolchi etishtirib berish bo'yicha Niderlandiyaning "Ayaks" klubiga qiyoslanayotgan "Nasaf" uchun mavsum yaxshi boshlanmadi. Jamoani tark etganlarning o'rnini to'ldirgan yoshlar jipslashib olishlari va o'zaro tushunib ketishlari uchun malum vaqt talab etilardi. Startdagi dastlabki o'yinlardagi salbiy natijalarning ham sababi shunda, deb o'ylaymiz. Uchta turda 2 ochko ishlagan "Nasaf" keyingi turlarda ketma-ket uchta g'alabani qo'lga kiritdi. Mazkur bellashuvlarda Husayn Norchaev, Marko Stanoevich, SHerzod Nasrullaev kabi ijrochilar katta sahnaga chiqdi. Marko Stanoevich bu yil tom manoda liderlik qobiliyatini ishga solmoqda, desak mubolag'a bo'lmaydi (7 ta o'yin - 4 ta gol). OFK kubogi munosabati bilan 8, 9-turdan o'rin olgan "Mashal" va "Metallurg"ga qarshi bahslar qoldirildi. Ayni paytda turnir jadvalida 3 ta g'alaba, 2 ta durang, 2 ta mag'lubiyat bilan 11 ochko to'plagan va 4 o'rinni egallab turibdi.

1-tur. "Nasaf" - "Paxtakor" 2:3

2-tur. "Nasaf" - AGMK 1:1

3-tur. "Navbahor" - "Nasaf" 0:0

4-tur. "Nasaf" - "Turon" 4:0

5-tur. "Qizilqum" - "Nasaf" 1:2

6-tur. "Nasaf" - "Surxon" 6:0

7-tur. "Bunyodkor" - "Nasaf" 2:0

"Ajdarlar"ning qolgan o'yinlardagi raqiblari: "Mashal", "Metallurg", "Andijon", "Qo'qon-1912", "So'g'diyona", "Lokomotiv".

"Navbahor" - Har yili katta maqsadlar bilan Superliga karvoni sari yo'lga chiqadigan "Navbahor" uchun ham mavsum yomon boshlandi. Ilk turda minglab muxlislari qarshisida "So'g'diyona"ga mag'lubiyatga uchragan jamoa murabbiy No'mon Hasanovga chiqish eshiklarini ko'rsatdi. "Lokomotiv" bilan bahsda Viktor Jalilov boshlab tushdi. Garchi bitta o'yinda bu samarasini bergan bo'lsa-da, qolgan o'yinlarda qoniqarsiz natijalar davom etdi.

1-tur. "Navbahor" - "So'g'diyona" 0:1

2-tur. "Lokomotiv" - "Navbahor" 1:2

3-tur. "Navbahor" - "Nasaf" 0:0

4-tur. AGMK - "Navbahor" 2:1

5-tur. "Navbahor" - "Paxtakor" 1:2

6-tur. "Navbahor" - "Turon" 0:0

7-tur. "Qizilqum" - "Navbahor" 1:1

8-tur. "Navbahor" - "Surxon" 2:0

9-tur. "Bunyodkor" - "Navbahor" 0:0

Jamoada o'zini ko'rsatayotgan yaqqol biror futbolchini ajratib ko'rsata olmaymiz. Slavisha Stoyanovich va Ehsoni Panshanbe 2 tadan gol urgan holda to'purar bo'lib turibdi. Turnir jadvalidagi holati havas qilarli darajada emas. 9 ta o'yinda 2 ta g'alaba, 4 ta durang, 3 ta mag'lubiyat qayd etgan holda, 10 ochko bilan 9 o'rinda ketyapti. 

Birinchi davraning qolgan to'rtta turida "Mashal", "Metallurg", "Andijon", "Qo'qon-1912" bilan ro'baro' keladi.

"Qizilqum" - Navoiyning bosh jamoasi uchun mavsum bir tekis o'tayotgani yo'q. Jamoaga yuqori o'rinlarga chiqishiga ko'p durang o'ynagani xalaqit qilmoqda, deyishimiz mumkin. To'g'ri yo'qdan ko'ra 1 ochko ham ochko. Lekin sovrinli o'rinlar sari intilmoqchi bo'lgan jamoa raqiblarini mag'lubiyatga uchratishi kerak. Qiziqarli fakt sifatida aytish mumkinki, Hamid Aktamov shogirdlari bu mavsum safarda hali mag'lubiyatga uchramadi. Joriy yilda "Qizilqum"ning o'yinida qisman bo'lsa-da, murabbiy imzosi sezilmoqda, deya olamiz. Jamoa 2 ta g'alaba, 4 ta durang, 2 ta mag'lubiyat qayd etgan va 10 ochko bilan 10 o'ringa joylashgan, to'plar farqi esa – 6:6. Jamoaning gollariga Oybek Qilichev (2 ta), Mate Vatsadze, Elguja Grigalashvili, Jamshid Hasanov, Salim Mustafoev mualliflik qilgan.

1-tur. "Qizilqum" - "Andijon" 1:0

2-tur. "Qo'qon-1912" - "Qizilqum" 0:0

3-tur. "Qizilqum" - "So'g'diyona" 1:1

4-tur. "Lokomotiv" - "Qizilqum" 1:1

5-tur.  "Qizilqum" - "Nasaf" 1:2

7-tur. "Qizilqum" - "Navbahor" 1:1

8-tur. "Turon" - "Qizilqum" 0:1

9-tur. "Qizilqum" - "Paxtakor" 0:1

Qolgan o'yinlardagi raqiblari: AGMK (oltinchi tur qoldirilgan o'yini), "Surxon", "Bunyodkor", "Mashal", "Metallurg". 

 "Mashal" - Qishda ispaniyalik murabbiyni taklif qilib, ko'pchilikning etiborini jalb qilishga uringan "Mashal"ni chempionat starti arafasida Aleksandr Xomyakov qabul qilib oldi. Serxio Marinangeli esa oilaviy sabablarga ko'ra yurtiga qaytib ketdi. Xomyakov "gazchilar"ga begona emas. Uzoq yillar shu klubda faoliyat olib borgan. Dastlabki turlarda o'yinni topib olishga qiynalgan jamoa, sekin-asta optimal sport formasiga kirib bordi. Ammo baribir hali bir tekis yo'lga tushib oldi, deya olmaymiz. Natijalar bunga yaqqol misol bo'la oladi. To'qqizinchi turda AGMK ustidan qozonilgan g'alaba balki ko'p narsani o'zgartirib yuborar. Kuchli raqibni mag'lub etish futbolchilarga qo'shimcha kuch berishi tayin. Tanaffusda murabbiylar shtabi ko'proq himoyadagi muammolar haqida bartaraf etish haqida o'ylashlariga to'g'ri keladi. Jamoa 8 ta o'yinda o'z darvozasidan 15 ta to'p olib chiqqani so'zimizga isbotdir.

1-tur. "Bunyodkor" - "Mashal" 1:0

2-tur. "Paxtakor" - "Mashal" 3:0

3-tur. "Mashal" - "Metallurg" 2:1

4-tur. "Andijon" - "Mashal" 1:1

5-tur. "Mashal" - "Qo'qon-1912" 0:2

6-tur. "So'g'diyona" - "Mashal" 2:2

7-tur. "Mashal" - "Lokomotiv" 1:4

9-tur. "Mashal" - AGMK 2:1

Turnir jadvalidagi holat: 2 ta g'alaba, 2 ta durang, 4 ta mag'lubiyat bilan 8 ochko to'plab, 11 o'rinda turibdi.

Oldinda kutayotgan bahslar: "Nasaf" (8-tur qoldirilgan o'yini), "Navbahor", "Turon", "Qizilqum", "Surxon".

Superligamizda tanaffus uzoq davom etadi. Turnir jadvalidagi jon saqlash uchun kurashayotgan uchta jamoa haqida maqolamizni keyingi sonlarida to'xtalib o'tamiz.

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика