So’nggi yangiliklar

09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  0 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  7 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  2 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  2 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  13 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  12 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  24

Superliga: G'alaba tamini sezmayotgan vodiy jamoalari, AGMK hamda Polvonov uchun fantastik tur va boshqa tafsilotlar (tur sharhi) Yangiliklar

Superliga: G'alaba tamini sezmayotgan vodiy jamoalari, AGMK hamda Polvonov uchun fantastik tur va boshqa tafsilotlar (tur sharhi)

Superliganing 3-tur yakunlari va muhim voqealari haqida batafsil to'xtalib o'tamiz.

Turni ochib bergan bahs 4 aprel kuni Toshkentda o'tkazildi. CHempionatda hali yutqazmagan "Andijon" ilk turdanoq mag'lubiyat tamini sezgan amaldagi chempion "Lokomotiv" mehmoniga aylandi. Birinchi bo'limda munosib o'ynab, himoyada mustahkam turgan Sakaev jamoasini tanaffusdan so'ng tanib bo'lmadi. Natijada "Lokomotiv" "Andijon" darvozasiga javobsiz to'rtta to'p yo'lladi. Anzur Ismoilov, Igor Yelich, Temurxo'ja Abduxoliqov va Jamshid Iskanderov tomonidan kiritilgan gollar "Loko"ning chempionatdagi ikkinchi g'alabasi, "Andijon"ning ilk mag'lubiyatini taminladi.

Lokomotiv

Anzur Ismoilov - 50', Igor Yelich - 72', Temurxo’ja Abduxoliqov - 76', Jamshid Iskanderov - 90'

Superliga. 3-tur

04/04/2019, 18:00

0
:
4
Tugadi

Andijon

45'
90'
31'  Diyor Turopov
46'  Azizbek Amonov (Husniddin G’ofurov)
50'  Anzur Ismoilov
50'  Arslanmirat Amanov
60'  Shuhrat Muhammadiyev
72'  Igor Yelich
76'  Temurxo’ja Abduxoliqov
76'  Husniddin G’ofurov
77'  Arslanmirat Amanov (Jamshid Iskanderov)
79'  Temurxo’ja Abduxoliqov (Filip Rayevac)
90'  Jamshid Iskanderov
90'  Sardor Mirzayev
7'  Dilshod Rahmatullayev
46'  Shahzod Ubaydullayev (Sardor Sulaymonov)
58'  Ildar Mamatkazin
67'  Doniyor Ismoilov (Abduraxmon Abdulxaqov)
71'  Vitaliy Mirniy
77'  Asror G'ofurov (Farhod Bekmurodov)

Andrey Fyodorov: ("Lokomotiv" bosh murabbiyi): "Birinchi bo'lim qiyin o'tdi. Tezkor gol kirita olmadik. Lekin tanaffusdan keyin aynan mazkur masala echildi va shundan so'ng raqibni doimiy bosimda ushlab turdik".

Ildar Sakaev ("Andijon" bosh murabbiyi): "Tablodagi hisob jamoalar o'rtasidagi tafovutni ko'rsatib turibdi. Birinchi goldan keyin jamoa ruhan sindi. SHuning natijasida qolgan gollar o'tkazildi. Hujumdagi harakatlarimiz qoniqarli emas, to'g'ri. Bu borada muammolarimiz bor. Mag'lubiyatga men aybdorman. Futbolda kichik detallar katta rol o'ynaydi. Har qanday holatga tayyorman. Ketish kerak bo'lsa, ketaman".


Turni navbatdagi o'yini 5 aprel kuni turnir jadvalidagi yonma-yon "qo'shnilar" bo'lgan "Paxtakor" va "Nasaf" o'rtasida kechdi. Uchrashuvni faol boshlagan "Paxtakor" hujumga zo'r berdi. Avvaliga Jaloliddin Masharipovning jarima maydonchasiga yiqilishida Aziz Asimov penalti belgilamay xatoga yo'l qo'ydi. Keyinchalik boshqa vaziyatda Masharipovning jarima maydonchasiga oshirgan to'pini G'aybullaev qo'li bilan o'ynadi deb topgan Asimov navbatdagi xatoni amalga oshirdi. CHunki "CA" obektividagi tasvirda Masharipov tepgan to'p G'aybullaevning qo'liga emas, qorin qismiga tekkani oydinlashdi. Hakam xatosi tufayli belgilangan penaltidan gol o'tkazgan qarshiliklar, keyinchalik vaziyatni tenglashtirishdi - Islom Kenjaboevning qanotdagi yurishidan so'ng Kozak o'z darvozasini "o'qqa" tutib qo'ydi. So'ngra hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarning uchinchisida Egor Krimec g'alaba to'pini kiritdi va "Paxtakor"ga muhim g'alabani taqdim etdi.

Paxtakor

Marat Bikmayev - 12', Vladimir Kozak - 53', Egor Krimets - 90'

Superliga. 3-tur

05/04/2019, 18:00

1
:
2
Tugadi

Nasaf

45'
90'
12'  Marat Bikmayev
14'  Sadriddin Abdullayev
31'  ZHasur YAxshiboev
53'  Vladimir Kozak
58'  ZHasur YAxshiboev (Dragan CHeran)
69'  Sadriddin Abdullayev (Sardor Sobirxo’jayev)
77'  Javohir Sidiqov (Dostonbek Hamdamov)
90'  Egor Krimets
57'  Islom Rashidxonov (Akmal Mozgovoy)
63'  Islom Kenzhaboev (Oybek Bozorov)
76'  ZHo'rabek Mannonov (Dilshod Saitov)

SHota Arveladze ("Paxtakor" bosh murabbiyi): "Muxlislarbop, o'yinni stadiondan ko'rishli futbol guvohiga aylandik. G'alaba doim yoqimli. Negadir jamoam "Bunyodkor" bilan o'yindagi kabi birinchi goldan keyin maydonda "dam oldi". Ikkinchi taymdagi "Nasaf"ning goli barchasini o'zgartirib yubordi. "Nasaf" bugun ikkinchi raqamda, qarshi hujumda juda xavfli o'ynadi".

Ro'ziqul Berdiev ("Nasaf" bosh murabbiyi): "Hakam o'yinni buzib qo'ydi. Bunday markaziy o'yinlarga saviyasi baland, malakali hakamlar tayinlansa maqsadga muvofiq bo'ladi. Garchi yutqazgan bo'lsakda futbolchilarimning o'yindagi harakatidan qoniqdim. Ularning qo'pchiligi yoshlar va ular kiyinish xonasida yig'lab o'tirishibdi. "Paxtakor" hakamlarning yordamiga muhtoj emas. Ayni paytda "Paxtakor" O'zbekistondagi eng kuchli jamoa. Grand jamoaga qarshi jamoam ko'rsatgan o'yindan ko'nglim to'ldi".



Turning uchinchi kunida Samarqandda "Metallurg" "Dinamo" mehmoniga aylandi. Juda tajribali va mahoratli tarkib to'plagan bekobodliklar "Dinamo" qarshisida ojiz qolishdi. Pro-ligaga tayyorgarlik ko'rgan, lekin yuqori divizionda ham o'zini noqulay sezmayotgan Fayziev shogirdlari SHipilov jamoasiga dars o'tishdi. Dastlab Ixtiyor Toshpo'latov tomonidan hisob ochildi. Lekin oradan ko'p o'tmasdan Muzaffar Muzaffarov muvozanatni tikladi. SHu tariqa jamoalar tanaffusga do'stona ruhda chiqib ketishdi. Ikkinchi bo'limda ham jamoalar ha deganda gol urishni uddasidan chiqishmadi. Faqatgina bahs yakuniga yaqin Mirkomil Loqaev "Dinamo"ga juda qimmatli bo'lgan 3 ochko keltiruvchi g'alaba to'pini urdi. Natijada "Metallurg" mavsumdagi ilk mag'lubiyatini Samarqandda qabul qilishiga to'g'ri keldi.

Dinamo

Ixtiyor Toshpo’latov - 19', Mirkomil Loqayev - 90'

Superliga. 3-tur

06/04/2019, 16:30

1
:
2
Tugadi

Metallurg

Muzaffar Muzaffarov - 28'

45'
90'
19'  Ixtiyor Toshpo’latov
19'  Amirzhon Safarov
62'  Akmal Xolmurodov (Siroj Hamroyev)
68'  Sanjar Baratov (Qadamboy Nurmetov)
69'  Hakimzhon Alamxonov
80'  Amirzhon Safarov (Jasur Azimov)
90'  Mirkomil Loqayev
23'  Muzaffar Muzaffarov
28'  Muzaffar Muzaffarov
32'  Andrey SHipilov (Kamoliddin Tojiyev)
61'  Ibrohim Yo'ldoshev (Server ZHeparov)
74'  Server ZHeparov (Muhammad Isaev)
90'  Sergey Tumasyan
90'  Muhammad Isaev

Davron Fayziev ("Dinamo" bosh murabbiyi): "G'alaba qozongan bo'lsak-da, hech bir murabbiy o'yinimizdan qoniqdim deyolmaydi. Ammo bugungi bahsda “Dinamo” g'alabaga ko'proq haqli edi. O'yin jangovor va tomoshabop o'tdi. “Metallurg”ni yaxshi o'rgangan edik, tajribali ijrochilarga ega, tarkib borasida ancha nomdor futbolchilar to'plangan. Uchta tur o'tdi, o'ylaymanki biz tayyorgarlik bobida to'g'ri yo'ldan ketayapmiz. Hali chempionat uzoq davom etadi, bitta g'alaba bilan bo'shashishga haqqimiz yo'q. Bizga ishongan va qo'llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat".

Andrey SHipilov ("Metallurg" bosh murabbiyi): "Samarqandda o'ynash doim yoqimli – sifatli maydon, yaxshi atmosfera, ajoyib futbol havosi. “Dinamo” jamoasini haqli g'alaba bilan tabriklayman. Futbol shunaqa, xatolarni kechirmaydi. Raqib jamoa 95 daqiqa g'alaba uchun kurashdi va janobi omad ham oxirigacha kurashgan tomonga kulib boqdi. Bizda yaxshi imkoniyatlar bor edi, ammo foydalana olmadik. O'yin nazoratini qo'ldan chiqarmagandik. Ikkinchi bo'lim yakunida nimalar bo'lganini tushunmay qoldim. Biz ungacha vaziyatlardan gol urib, masalani hal qilishimiz kerak edi. O'yin oxirida esa xatolarimiz golga olib keldi".


Mazkur kundagi ikkinchi bahs Farg'onada, nominal mezbon maqomidagi "Navbahor" va mehmon sanalgan "Bunyodkor" o'rtasida kechdi. Hali mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritmagan va g'alabaga chanqoq bo'lgan ikkita jamoa o'rtasidagi bahs kutilganidek keskin va shiddatkor o'tdi. "Navbahor" tajriba bobida ustundek ko'ringan bo'lsa, "Bunyodkor"ning yoshlik shijoati "olovdek" ko'rinayotgandi. Natijada yoshlik shijoati tajribadan ustun keldi. Vadim Abramov Andrey Kanchelskisni murabbiylar yurishida mag'lub etdi. Ilgiz Tantashev boshqargan, nafaqat futbol, balki bonusi tariqasida penaltilar seriyasiga aylanib ketgan bahsda "Bunyodkor" g'alabani o'z tomoniga og'dirdi. Jasur Jaloliddinovning tezkor goli va Xurshid G'iyosovning penaltidan urgan to'piga "Navbahor"dan Kasyan ham "nuqta" orqali javob qaytardi. Keyinchalik Abbos G'ulomov muvozanatni tikladi. Biroq o'yin yakuniga qadar "Navbahor" darvozasi tomon navbatdagi penalti qo'yildi. Bu safar ham G'iyosov mo'ljalda adashmadi. Lekin "Navbahor"da shu kuni vaziyatni tenglashtirish uchun imkoniyat tug'ildi. Uchrashuvdagi to'rtinchi, "Navbahor"ning ikkinchi penaltisini Kasyan samarali yakunlay olmadi, natijada Zuhurovning qutqaruvi "Bunyodkor"ga mavsumdagi va safardagi ilk ochkoni 1tadan 3taga qo'paytirdi.

Navbahor

Aleksandr Kasyan - 63', Abbos G'ulomov - 79'

Superliga. 3-tur

06/04/2019, 17:00

3
:
2
Tugadi

Bunyodkor

ZHasur ZHaloliddinov - 3', Xurshid G’iyosov - 36', Xurshid G’iyosov - 83'

45'
90'
11'  Zafar To’rayev
19'  Azim Ahmedov
32'  Slavko Lukich
37'  Zafar To’rayev (Abbos G'ulomov)
46'  Ivan Solovyov (Abduzhamol Isroilov)
49'  Oston O'runov
55'  Shahzod Shaymanov (Bahodir Nasimov)
61'  Abduzhamol Isroilov
63'  Aleksandr Kasyan
79'  Abbos G'ulomov
3'  ZHasur ZHaloliddinov
8'  Sergey Proxorov
36'  Xurshid G’iyosov
56'  ZHasur ZHaloliddinov (Suhrob Izzatov)
75'  ZHavohir Qahramonov (Abubakir Mo'ydinov)
83'  Xurshid G’iyosov
90'  Abdulla Abdullaev (Bobur Farhodov)

Andrey Kanchelskis ("Navbahor" bosh murabbiyi): "Muxlislarga yoqadigan o'yin guvohiga aylandik. Uchrashuv gollarga boy tarzda kechdi. “Bunyodkor” jamoasini qo'lga kiritilgan g'alaba bilan tabriklayman. Birinchi bo'limdagi mazmunsiz o'yinimiz uchun stadionga tashrif buyurgan ishqibozlardan uzr so'rayman. Birinchi bo'limni ancha bo'sh tarzda o'tkazdik. Ikkinchi taymda esa ancha o'yinimiz qovusha boshladi. Ikkita gol kiritishning uddasidan chiqdik. Lekin uchinchisini ura olmadik. Endi kelasi o'yinga hozirlikni boshlaymiz. Keyingi o'yinda tarkibda jiddiy o'zgarishlar bo'ladi".

Vadim Abramov ("Bunyodkor" bosh murabbiyi): "Bugungi o'yin ishqibozlarga juda yoqadigan tarzda o'tdi. Lekin murabbiylar uchun yurak hovuchlab ko'radigan bahs bo'ldi. “Navbahor” yana bir bor o'zining yaxshi jamoa ekanini namoyish eta oldi. Ushbu klub qiyin holatdan ikkinchi bo'limda osongina chiqib ketdi. Xatto yakunda g'alaba qozonishi ham mumkin edi. Lekin omad bugun bizga kulib boqdi. Penaltilar haqida aniq gap ayta olmayman, sababi o'yinni maydon chetida turib kuzatdim. Lekin agar chindan fol bo'lsa, bitta o'yin davomida 6 ta penalti belgilash ham mumkin. Jamoamiz yosh, futbolchilar bitta o'yin zo'r o'ynab, keyingisini u qadar yaxshi o'tkazmasligi mumkin. Futbolchilar tajriba to'plaguniga qadar barqaror o'yin namoyish etish biroz mushkul".


Turning so'nggi kunida uchta o'yin o'tkazildi. Dastlab Olmaliqda mehmon bo'lgan "Qo'qon-1912" AGMKdan 7ta gol qabul qilib olishga majbur bo'ldi. Uchrashuvni juda yaxshi va hujumkor o'tkazgan AGMK "Qo'qon-1912" darvozasini birinchi bo'limda 3 marotaba, ikkinchi taymda esa 4 bora ishg'ol etishni uddasidan chiqishdi. Bunga raqib har bo'limda bittadan qizil kartochka olib, 2 kishi kam bo'lib qolgani ham yanada qo'maklashib yubordi. Natijada hisob juda yiriklashib ketdi. SHu tariqa Mtirjalol Qosimov qo'l ostida AGMK chempionatdagi ilk g'alabasini juda chiroyli va yirik hisobdagi g'alaba bilan rasmiylashtirdi. Mazkur bahsda Zafar Polvonov raqiblari darvozasiga 5ta gol yo'llab, penta-trik qayd etdi. SHuningdek, himoya markazida o'ynagan Dilshod Jo'raev dublga erishdi. Jasur Hasanov va Zohir Pirimov esa mazkur bellashuvda o'z hisobiga ikkitadan golli uzatmani yozib qo'ydi. "Qo'qon-1912"ning yagona golini penaltidan Murod Xolmuhammedov kiritdi.

OKMK

Zafar Polvonov - 10', Dilshod Jo’rayev - 32', Zafar Polvonov - 38', Dilshod Jo’rayev - 72', Zafar Polvonov - 75', Zafar Polvonov - 79', Zafar Polvonov - 90'

Superliga. 3-tur

07/04/2019, 17:15

1
:
7
Tugadi

Qo’qon-1912

Murod Xolmuhamedov - 56'

45'
90'
10'  Zafar Polvonov
10'  Jasur Hasanov O
32'  Dilshod Jo’rayev
32'  Jasur Hasanov O
38'  Zafar Polvonov
38'  Mirjamol Qosimov
46'  Murodjon Toshmatov (Kamron Saidazimov)
72'  Dilshod Jo’rayev
75'  Zafar Polvonov
75'  Akmal Shorahmedov
76'  Mirolyub Kostich (Sherzod Fayziev)
79'  Zafar Polvonov
79'  Zohir Pirimov
80'  Jasur Hasanov O (Sanat Shixov)
87'  Kamron Saidazimov
90'  Zafar Polvonov
20'  Iqbol Malikzhonov
27'  Iqbol Malikzhonov
46'  Jasur Hasanov (Milosh Nikolich)
46'  Temur Usmonov (Shahboz Erkinov)
56'  Murod Xolmuhamedov
71'  Oybek Rustamov
76'  Muhammadanas Hasanov (Avazxon Mamatxo’jaev)

Mirjalol Qosimov (AGMK bosh murabbiyi): "G'alaba odamni xursand qiladi. Uchrashuvni hujumkor o'tkazdik va yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalandik. Raqibning qizil kartochka olgani ham ishimizni birmuncha osonlashtirib qo'ydi. To'g'ri, yaxshi o'ynadik va g'alaba qozondik. Lekin hali o'yinimizni kuchaytirishimiz va kamchiliklar ustida ishlanmog'i lozim".

No'mon Hasanov ("Qo'qon-1912" bosh murabbiyi): "Muxlislardan uzr so'rayman. Futbolchilik va murabbiylik faoliyatimda ham bu qadar katta hisobda mag'lubiyatga uchramaganman. Bunaqasi ilk marotaba ruy berishi. Bu qadar bo'sh o'yin ko'rsatganimizga nima sabab bo'lgani haqida ochig'i hozir aniq bir narsa deyish mushkul. Natija uchun javobgarlikni o'z bo'ynimga olaman va rahbariyatning har qanday qaroriga tayyorman".


Buxoroda esa hali Superligada gol urmagan "Buxoro" Navoiyning "Qizilqum" jamoasini qabul qildi. Aktamov va Ashurmatov qarama-qarshiligida murosa ko'chasi tanlandi. "Qizilqum" legioneri Medina Smit o'zining ikkinchi uchrashuvida ham tezkor gol urishni uddaladi. Biroq bunga javoban "Buxoro"ning ilk golini urgan Doston Ibragimov turni bezaydigan gol ijrosini amalga oshirdi. Natijada super gol uchrashuvdagi oxirgisi bo'ldi. SHu tariqa "Buxoro" o'z uyidagi ilk o'yinda dastlabki golini kiritdi va mavsumdagi ikkinchi ochkosini ishladi. "Qizilqum"ni xursand qilgan jihat, jamoa mag'lubiyatsiz seriyani davom ettirishni uddaladi va ochkolari sonini 5taga etkazdi. Qayd etish kerakki, Aktamov jamoasi safardagi birinchi bahsda mag'lubiyatga uchragani yo'q.

Buxoro

Doston Ibragimov - 27'

Superliga. 3-tur

07/04/2019, 18:30

1
:
1
Tugadi

Qizilqum

Medina Smit - 5'

45'
90'
27'  Doston Ibragimov
63'  Akrom Bahriddinov (Firdavs Asadov)
75'  Doston Ibragimov (Jamoliddin Ubaydullayev)
5'  Medina Smit
5'  Alisher Sanayev
46'  Alisher Sanayev (Xurshid Olimov)

Baxtiyor Ashurmatov ("Buxoro" bosh murabbiyi): "O'z maydonimizdagi dastlabki o'yinda jamoamiz muxlislari uchun g'alaba qozonish maqsadida harakat qildik. Afsuski, muxlislarimiz ishonchini oqlay olmadik. Ikkinchi bo'limdagi nursiz o'yinimiz uchun ishqibozlardan uzr so'rayman. Birinchi bo'limda yigitlar yomon harakat kilishmadi, jamoamiz tarkibidagi futbolchilarning jismoniy holati bir xil emas. Mavsumga tayyorgarlik jarayonida tarkib bilan muammolarimiz bor edi. Murabbiy sifatida shuni aytamanki, biz o'z maqsadimiz sari olg'a boraveramiz, yo'qotilgan muhim ochkolarimizni kelgusi turlarda qo'lga kiritishga harakat qilamiz".

Hamidjon Aktamov ("Qizilqum" bosh murabbiyi): "Muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi. Har ikki jamoa ham yaxshi harakat qildi. Uchrashuvda "Buxoro" ham, biz ham g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Yuz foizlik imkoniyatlardan foydalana olmadik. Bugun ko'proq biz yutishni istagandik. Ikki ochkodan quruq qoldik. Bu bilan hayot to'xtab qolmaydi".


Kunning va turning oxirgi bellashuvi Jizzaxda, "So'g'diyona" va "Surxon" o'rtasida o'tdi. Uchrashuvdan avval mazkur bahsda nisbatan favorit sifatida "So'g'diyona"ni ko'rsatayotgandi. "Surxon" esa nafaqat chaqilmas yong'oq, balki mavsum davomida istalgan jamoadan ochko tortib olishga qurbi etadigan salohiyatli jamoa ekanligini aynan mazkur bahsda isbotladi. Qarshi hujumda juda faol va aniq o'ynagan "Surxon" juda tezkor gollar urdi va birinchi bo'limdayoq bahs taqdirini uzil-kesil hal etdi. SHavkat Salomovning dubli va uning assistentligi evaziga ketma-ket uchinchi uchrashuvda gol urgan SHerzod Hakimovning gollari "Surxon"ga safardagi ilk bahsda muhim g'alabani taqdim etdi.

So'g'diyona

Superliga. 3-tur

07/04/2019, 19:15

3
:
0
Tugadi

Surxon

SHavkat Salomov - 10', SHavkat Salomov - 15', Sherzod Hakimov - 33'

45'
90'
50'  Shohruz Norxonov
54'  Shohruz Norxonov (Izzat Abdullaev)
62'  Nikola Milinkovich
65'  Nikola Milinkovich (Davron Umirov)
73'  Sardor Qulmatov
76'  Kaxi Maxaradze
90'  Elyor Orifov
10'  SHavkat Salomov
15'  SHavkat Salomov
33'  Sherzod Hakimov
33'  SHavkat Salomov
74'  Sherzod Hakimov (Ayubxon Nomanov)
78'  A’zam Aliyev
84'  SHavkat Salomov (Ravshan Khursanov)
90'  Sherzod Karimov (Sarvar Soliev)

Sergey Lushan ("So'g'diyona" bosh murabbiyi): "Birinchi galda raqibni qo'lga kiritilgan g'alaba bilan tabriklayman. SHuningdek, jizzaxlik futbol ishqibozlaridan bunday o'yin uchun uzr so'rayman. Mag'lubiyatdagi bor aybni o'z zimmamga olaman. Yigitlarda ayb yo'q. Men to'g'ri taktika va tarkib tanlay olmadim. Yana bir bor hammadan uzr so'rayman va rahbariyatning har qanday qarorini qabul qilishga tayyorman".

Andrey Miklyaev ("Surxon" bosh murabbiyi): "Qayd etilgan natija va o'yindan ko'nglim to'ldi. Yigitlar ko'rsatmalarni deyarli to'liq bajarishdi. Asosan qarshi hujumlarga tayangan holda o'ynadik. "So'g'diyona"ni o'rganish jarayonida ular uzun va qisqa paslar orqali o'ynashini payqagandik. "So'g'diyona"ga darvozamiz oldida xavfli vaziyatlar yaratish imkonini bermadik".


FAKT: Vodiy jamoalari uchinchi turdan keyin o'tkazilgan jami 9 o'yinda umumiy hisobda 5 ochko to'plashdi. "Qo'qon", "Andijon" va "Navbahor" hozircha birorta g'alaba qozonmagan va 5 marotaba durang qayd etishgan. Qolgan 4 uchrashuvda raqiblariga imkoniyat boy berilgan. G'alaba ustuni esa hozircha - 0.

FAKT: Superliganing 3-turidan keyin hali umuman g'alaba qozonmagan jamoalar: "Buxoro", "Navbahor", "Qo'qon-1912" va "Andijon".

FAKT: "Surxon" hujumchisi SHerzod Hakimov ketma-ket uch uchrashuvdan buyon gol urayotgan yagona futbolchi.

FAKT: Zafar Polvonov bir uchrashuvda 5ta gol urib Superliga tarixidagi ilk penta-trik sohibiga aylandi.

FAKT: "Paxtakor" chempionatda ochko yo'qotmagan yagona jamoa.

FAKT: AGMK, "Nasaf", "Metallurg" va "Dinamo" o'tgan uchta turda 3 xil natija: g'alaba, durang va mag'lubiyat qayd etishdi.

FAKT: Durang qayd etmagan jamoalar: "Paxtakor", "So'g'diyona", "Lokomotiv" va "Bunyodkor".

FAKT: Superliganing joriy mavsumidagi yubiley 50-gol Dilshod Jo'raev hisobiga yozildi.

FAKT: Mazkur turda chempionatda hozirgacha urilgan gollarning deyarli yarmi kiritildi. Birinchi va ikkinchi turda ishqibozlar 15tadan gol ko'rishgan bo'lishsa, 3-turda bu ko'rsatkich 28taga etdi.


Tur statistikasi:

O'yinlar: 7

Gollar: 28

Penaltilar: 8


Turnir jadvali


SHota Arveladze boshchiligidagi "Paxtakor" chempionatda yo'qotishlarsiz etakchilikni davom ettirmoqda. "Surxon" esa Jizzaxdagi ajoyib g'alabadan so'ng turnir jadvalining yuqorisiga ko'tarilib, "Paxtakor"ning yaqin "qo'shnisi"ga aylandi. "Lokomotiv" esa ketma-ket ikkinchi bor uyidagi g'alabadan so'ng kuchli-uchtalikka o'rnashib oldi. Bir g'alaba va ikki durang qayd etgan "Qizilqum" 5 ochko bilan 4-pog'onani band etmoqda. Beshtalikni to'plar nisbatani juda yaxshilab olgan AGMK yakunlab turibdi. SHuningdek, "Nasaf", "Metallurg" va "Dinamo" aktividagi ham 4 ochkodan mavjud. Birinchi turda o'zaro to'qnash kelgan va uchinchi turdan keyin 3 ochkoga egalik qilayotgan "So'g'diyona" va "Bunyodkor" 9-10 o'rinlarni bo'lishib turishibdi. Hali umuman g'alaba tamini sezmagan "Buxoro", "Andijon", "Qo'qon-1912" va "Navbahor" esa ketma-ketlikda xavfli hududdan joy olishgan.

Hozirgacha o'tkazilgan 27 o'yinda Superligada jami 58ta gol kiritildi. Bu har bir o'yinga 2,14tadan golga to'g'ri keladi.


To'purarlar

Assistentlar:

Assistentlar:

Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor") - 2

Jasur Hasanov (AGMK) - 2

Zohir Pirimov (AGMK) - 2

SHerzod Karimov ("Surxon") - 2

Mirjamol Qosimov (AGMK) - 1

Sanat SHixov (AGMK) - 1

Marat Bikmaev ("Paxtakor") -1

Doston Hamdamov ("Paxtakor") -1

Bahrom Abduraximov ("Metallurg") -1

Davron Hoshimov ("Lokomotiv") -1

Igor Yelich ("Lokomotiv") - 1

Arslonmurot Amanov ("Lokomotiv") - 1

Husniddin G'ofurov ("Lokomotiv") - 1

Sardor Mirzaev ("Lokomotiv") - 1

SHavkat Salomov ("Surxon") - 1

Abror Ismoilov ("Surxon") - 1

Dilshod Jabborov ("Surxon") -1

Asadbek Sobirjonov ("Buxoro") - 1

Ivan Solovyov ("Navbahor") -1

Eldor Boymatov ("Qizilqum") -1

Elguja Grigalashvili ("Qizilqum") -1

Alisher Sanoev ("Qizilqum") - 1

Medina Smit ("Qizilqum") -1

SHahboz Jo'rabekov ("So'g'diyona") -1

Nuriddin Hasanov ("So'g'diyona") -1

Ulug'bek Abdullaev ("Bunyodkor") -1

Nurillo To'xtasinov ("Bunyodkor") -1

Sanjar Rashidov (So'g'diyona) -1

Xurshid Muxtorov ("Nasaf") -1

Sardor Eminov ("Dinamo") -1

Abbos SHodmonov ("Dinamo") - 1

Amirjon Safarov ("Dinamo") - 1


Istefo yaqinmi?

O'tgan turda hali g'alaba tamini sezmagan jamoalar bosh murabbiylari istefoga chiqishga tayyor ekanliklarini elon qilishi ananaga aylandi. Dastlab Ildar Sakaev buni boshlagan bo'lsa, keyinchalik No'mon Hasanov ham bunga tayyor ekanligini yashirmadi. SHuningdek, "So'g'diyona" ustozi Sergey Lushan ham o'z maydonidagi yirik mag'lubiyatdagi barcha aybni o'z bo'yniga oldi va rahbariyatning har qanday qarorini qabul qilishi mumkinligini inkor etmadi. CHempionatda barchadan kam ochko jamg'arib, yaqqol autsayderga aylanib qolgan "Navbahor" ustozi Andrey Kanchelskisga ham so'nggi imkoniyat taqdim etildi. Jamoaning "Bunyodkor"dan uchragan mag'lubiyatidan keyin viloyat hokimi ishtirokida yig'ilish o'tkazilgan. Qarshidagi "Nasaf"ga qarshi o'yin katta ehtimol hal qiluvchi bahsga aylanishi mumkin.


Keyingi tur: Termizda etakchilar to'qnashuvi

Superligadagi kelasi tur juma kuni boshlanadi. Unda dastlab "Metallurg" o'z uyida "Qizilqum"ni qabul qilsa, Superligada eng kam ochko jamg'argan "Navbahor" Qarshiga safar qiladi. G'alaba yo'liga tushib olgan "Bunyodkor" esa Toshkentda o'tgan gal to'rtta golni quchoqlagan "Andijon"ni sinovdan o'tkazadi. "Dinamo" esa muvaffaqiyatli yurishni "So'g'diyona"ga qarshi bellashuvda ham davom ettirishga urinib ko'radi. Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMKda esa O'zbekiston Superkubogidagi mag'lubiyat uchun "Loko"dan revansh olish imkoniyati paydo bo'ladi. "Qo'qon-1912" esa dahshatli mag'lubiyat alamini "Buxoro"dan olishga urinsa, "Paxtakor" bu gal Termizda turnir jadvalidagi yaqin "qo'shnisi"ga aylangan "Surxon" mehmoni bo'ladi. Qizig'i, "Paxtakor" ketma-ket ikkinchi marotaba turnir jadvali etibori bilan markaziy bahsda ishtirok etadi. Mazkur bahsdagi g'olib jamoa chempionat karvonboshisi rolida qoladi.


4-tur
12 aprel, juma

METALLURG — QIZILQUM
NASAF — NAVBAHOR
13 aprel, shanba
BUNYODKOR — ANDIJON
DINAMO — SO'G'DIYONA
14 aprel, yakshanba
LOKOMOTIV — AGMK
QO'QON-1912 — BUXORO
SURXON — PAXTAKOR

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика