So’nggi yangiliklar

19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  3 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  4 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  17 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  20 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0

Superliga. CHeran Geynrixni ortda qoldirdi Yangiliklar

Superliga. CHeran Geynrixni ortda qoldirdi

"Paxtakor" o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni mag'lubiyatga uchratdi (5:2).

Paxtakor

Dragan CHeran - 35', Dragan CHeran - 39', Dragan CHeran - 50', Sardor Sobirxo’jayev - 59', Dragan CHeran - 78'

Superliga. 22-tur

18/10/2022, 18:30

2
:
5
Tugadi

Qo’qon-1912

Javohir Sidiqov - 29', Oybek Rustamov - 45'

45'
90'
35'  Dragan CHeran
39'  Dragan CHeran
39'  Farrux Sayfiev
50'  Dragan CHeran
50'  Farrux Sayfiev
59'  Sardor Sobirxo’jayev
59'  Azizbek Turg’unboyev
78'  Dragan CHeran
29'  Javohir Sidiqov
29'  Oybek Rustamov
45'  Oybek Rustamov
45'  Quvondiq Ro'ziev

Sidiqov hisobni ochgan o'yin taqdirini Dragan CHeran hal qilib ketdi. SHundan keyin serbiyalik "killer"ning O'zbekiston chempionatidagi statistikasini keltirishni lozim topdik. 


Top-15

Futbolimizga 2016 yil "Nasaf" orqali kirib kelgan Dragan bugun Superligadagi 158-o'yinini o'tkazgani holda 111-golini rasmiylashtirib qo'ydi. Serbiyalik futbolchi shu tariqa O'zbekiston chempionati tarixidagi eng yaxshi to'purarlar reytingida SHuhrat Rahmonqulovni ortda qoldirib, Server Jeparovga etib oldi (15-o'rin).

Ayni paytda u Superliga tarixida eng ko'p gol urgan legioner hisoblanadi. CHerandan tashqari, faqat turkmanistonlik Artur Gevorkyangina yuzlik dovondan oshishni uddalagan (105).

10-gol

"Paxtakor" sardori kecha vodiy klubiga qarshi 11-o'yinini o'tkazib, umumiy hisobda 10-marta qo'qonlik muxlislarni ranjitdi. Faqatgina "Buxoro" muxlislari CHerandan ko'proq aziyat chekishgan (12 marta). 

Fakt: Serbiyalik futbolchi Superligada o'zi to'qnashgan 19 jamoaga gol urishni uddalagan. U faqatgina elitaga joriy yildan qo'shilgan "Olimpik" darvozasiga yo'l topa olmayapti.

Top-3

CHeran "Paxtakor" libosidagi 77-golini urib, jamoaning O'zbekiston chempionati tarixidagi to'purarlari reytingida Aleksandr Geynrix va Zayniddin Tojievni ortda qoldirib, 3-o'ringa ko'tarilib oldi. Undan tepada Anvar Soliev (86) va Igor Sergeev (101) joylashgan.

Dragan yana 25ta gol ursa, klub tarixidagi eng yaxshi bombardirga aylanadi.

Rekord

Mazkur "poker"dan keyin qahramonimiz yana "Oltin butsa" uchun asosiy davogarga aylanib oldi. U qatorasiga 3 bor to'purarlar poygasini yutgan chempionatimiz tarixidagi yagona o'yinchi hisoblanadi. Agar joriy mavsum oxirida ham "snayperlik" CHeranga nasib qilsa, ushbu natijani uzoq yillar hech kim yangilay olmasa kerak...

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика