So’nggi yangiliklar

02:15АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  9 02:09Иван Бошкович: "Жамоага қандай фактор етишмаётганини биламан, бироқ буни тушунтириб беришим жуда қийин"  0 01:26АПЛ. "Тоттенхэм" яна мағлуб бўлди, бу сафар "Астон Вилла"га  2 01:19Саудия Арабистони. "Ал Насср" дуранг ўйнаб, 3-ўринни бой берди, "Ал Ҳилол"дан камбэк!  2 00:33"Сурхон" спорт директори: "Кубокда финалга қадар боришни мақсад қилгандик. Февзи Давлетов номидан узр сўраб қўяман"  1 23:24"Атлетико" Влаховичга қизиқиш билдирмоқда  1 22:30Де Зерби ПСЖ ва "Интер" ўртасидаги EЧЛ финали ҳақида: "Netflix’да фильм томоша қиламан"  3 22:04Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Сўғдиёна"ни мағлуб этди   18 21:58Хёйсеннинг "Реал"даги маоши маълум. АПЛ клублари ҳимоячига кўпроқ пул тўлашга тайёр эди  3 21:35МЮда мавсумнинг энг яхши ўйинчиси аниқланди  0 21:11Хосеп Гвардиола: "Албатта, биз Англия кубогини қўлга киритишни истаймиз, аммо бу биз учун етарли эмас"  1 20:43Хёйсен "Реал" билан 5 йиллик шартнома имзолайди  20 20:20"Атлетико" 55 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  31 19:50УЕФА Чемпионлар Лигаси йўлланмаси учун жиддий кураш. "Чипта" битта — даъвогар эса иккита  9 19:44"Сурхон" — "Сўғдиёна". Асосий таркиблар маълум  2

Coca Cola Superligasi. "Bunyodkor" "Buxoro" maydonida g'alaba qozondi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Bunyodkor" "Buxoro" maydonida g'alaba qozondi

Yana bir necha daqiqadan keyin O'zbekiston chempionati 5-tur doirasidagi uchrashuv yakunlandi.

O'zbekiston Superligasi, 5-tur
BUXORO – BUNYODKOR 0:2
7 aprel 2023 yil. Buxoro, "Buxoro" stadioni. 18:20.
Hakamlar:
Abdurashid Xudoyberganov, Elnur Doniyorov, Artyom Kalinin, Turg'un Jumaboev
VAR hakami: Nayim Qosimov
AVAR: Avaz Abdullaev
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Bekzod Aripov 

Gol: 0:1 — 16, Usmonali Ismonaliev (Igor Ivanovich), 0:2 — 90, Muhammad Safo Fozilov (Doniyor Abdumannopov)

"Buxoro": 13. Nikola Stoshich, 7. Jasur Azimov, 9. Aleksandr Kasyan, 10. Humoyunmirzo Iminov (28. Sohib Muhammadiev, 84), 14. Rustamjon Abduhamidov, 15. Obid Jo'raboev, 17. Jamoliddin Ubaydullaev, 27. Ixtiyor Toshpo'latov (4. Mirjalol Jumaev, 46), 77. Fayzullo Jumanqo'ziev (70. Aleksandr Stanisavlevich, 46), 80. Farruh Ibrohimov, 88. Vsevolod Nixaev (25. Abbosjon Otaxonov, 46)

Zaxira: 20. Sardor Qobuljonov, 11. Temurbek Ismailov,  90. Artur Zakiev, 91. Asiljon Begimqulov.

"Bunyodkor": 32.Suhrob Sultonov, 2.Aleksey Nosko, 3.Mahmudjon Mahmadjonov, 4.Davronjon Ergashev (s), 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Akbar Ismatullaev (25.Muhammad Safo Fozilov, 84), 10.Rasul Yo'ldoshev (8.SHohruh Abdurahmonov, 46), 11.Igor Ivanovich (33.Doniyor Abdumannopov, 76), 15.Jasurbek Hakimov (29.Muzaffar Olimjonov, 84), 22.Usmonali Ismonaliev, 34.Suhrob Izzatov

Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 5.Jasur Yoqubov, 37.Muhammadodil Qahramonov, 45.Farhod O'tkirov, 99.Umid Sultonov

Ogohlantirishlar: Humoyunmirzo Iminov (11), Aleksey Nosko (26), Farruh Ibrohimov (80)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+6. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Muhammad Safo Fozilov bo'sh darvozani ishg'ol qilib, uchrashuvga nuqta qo'ydi.

90+1. "Bunyodkor" darvozasiga penalti belgilanishi mumkin. Hakam VARdagilar bilan gaplashdi. Ammo 11 metrli nuqtani ko'rsatmadi. 

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

84. Jamoalarda o'zgarishlar: "Bunyodkor"da Muzaffar Olimjonov Jasurbek Hakimov o'rniga, Muhammad Safo Fozilov Akbar Ismatullaev o'rniga tushirildi. "Buxoro"da esa Sohib Muhammadiev Iminov o'rniga o'yinga qo'shildi.

76. "Bunyodkor"da o'zgarish: Doniyor Abdumannopov kichik jarohat olgan Igor Ivanovichni almashtirdi.

75. Sultonov burchakdan uzatilgan to'pni ilib oldi.

72. "Buxoro"da o'zgarish: Jasur Azimov o'rniga Temurbek Ismailov maydonga tushirildi.

70. Stoshich joyidan yugurib chiqib, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xavfni bartaraf etdi. 

65. "Bunyodkor" darvozasi yaqinida yana bir xavfli vaziyat yuzaga keldi.

60. Otaxonovning bosh bilan bergan zarbasini darvozabon egallab oldi

55. Aleksandr Stanisavlevich ofsayddan gol urdi.

54. Mehmonlar tomonidan yo'llangan zarbaga aniqlik etishmadi.

51. Suhrob Izzatovga tibbiy yordam ko'rsatildi.

48. Abdurahmonovning jarimadan yo'llagan zarbasi judadan juda noaniq ko'rinish oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlanmoqda. O'zgarishlar bisyor. "Bunyodkor"da SHohruh Abdurahmonov Rasul Yo'ldoshevni almashtirdi. "Buxoro" esa birato'la uch o'zgarishga qo'l urdi: Jumanqo'ziev, Toshpo'latov, Ibrohimov o'rniga Jumaev, Otaxonov, Stanislavlevich tushirildi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+1. Iminov xavfli zarba yo'lladi, biroz aniqlik etishmadi.

40. Abduhamidov raqib jarima maydonida ichida yiqildi, ammo hakam bu vaziyatga etibor qaratmadi.

34. Ergashevning jarimadan yo'llagan zarbasi darvoza to'sini ustidan yuqorilab ketdi.

33. "Bunyodkor"da standart vaziyat yuzaga keldi. 

30. Mezbonlarning zarbasi Sultonov darvozasining yonidan o'tib ketdi.

26. Kasyanni yiqitgan Nosko ogohlantirildi.

25. Ivanovich raqib futbolchisi tomonidan yiqitildi. Jarima zarbasi.

24. Stoshich to'pni egallashda tezroq harakat qilmaganida, raqib futbolchisi uni beto'p qoldirishi mumkin edi.

16. GOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! Usmonali Ismonaliev chap qanotdan uzatilgan to'pni to'xtatmasdan raqib darvozasiga joylab qo'ydi!

14. Jumanqo'ziev burchakdan uzatilgan to'pga bosh bilan zarba yo'lladi, biroz noaniq. 

11. Iminov raqibning oyog'ini bosib olgani uchun ogohlantirildi.

10. Jumanqo'ziev o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

8. "Bunyodkor" tezkor qarshi hujum tashkil etgandi, ammo yakunda Igor Ivanovich o'yin qoidasini buzdi.

6. Jumanqo'ziev burchakka yaqin nuqtada yiqitildi. Mezbonlar jarima zarbasi amalga oshiradi.

4. Mezbonlar pressing evaziga raqibini to'p yo'qotishga majbur qildi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Buxoro" oq, "Bunyodkor" qora rangli libosda harakat qiladi.

Uchrashuv 18.20 da boshlanadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика