So’nggi yangiliklar

17:40Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Қозоғистонга қарши баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:21Ўзбекистон – Уругвай беллашуви статистикаси: МТЖ қайси жабҳада устунлик қилди?  4 16:56Эмилиано Мартинес: "Ўзбекистонга қарши бошқа позицияда ўйнаганимга қарамай, ўзимни яхши ҳис қилдим"  1 16:33Хосе Луис Родригес: "Доминикан Республикасига қарши бироз қийналгандик. Ўзбекистон билан ўйинда эса..."  2 16:12Левандовски сафдан чиқди. У "Эл Класико"да қатнашмайдими?  8 15:44Ўзбекистон – Уругвай ўйинининг тактик таҳлили. Каннаваро ўзининг биринчи жиддий "синови"дан ўтдими?  6 15:26Суперлига. 25-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  3 15:04Мусиала жароҳатдан тикланиш жараёни ҳақида гапирди  0 14:42Ферран Торрес Болгарияга қарши ўйинни ўтказиб юборади  0 14:20Факундо Торрес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда мураббий талаб қилган вазифаларни бажардик"  0 13:59"Эвертон" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  0 13:30"Арсенал", "Манчестер Сити" ва "Реал" германиялик ҳимоячига қизиқмоқда  0 13:03Таҳлил. Ўзбекистон терма жамоасида "перезагрузка": Каннаваро нимани ўзгартирмоқчи?  12 12:40Лапорта: "Агар Худо бор бўлса, у "Барса" томонида"  22 12:13"Галатасарой" Салоҳ билан шартнома имзолашни режалаштирмоқда  1

Superliga. Bugun "Navbahor" - "Lokomotiv" va "Metallurg" - "Qo'qon-1912" o'yinlari bor Yangiliklar

Superliga. Bugun "Navbahor" - "Lokomotiv" va "Metallurg" - "Qo'qon-1912" o'yinlari bor

Bugun Superligada 2-turning dastlabki ikki uchrashuvi bo'lib o'tadi.

“Metallurg” - “Qo'qon-1912”
6mart 2020 yil. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 18:15
Hakamlar:
Vadim Agishev, Doniyor Saylavov, Timur Galeev, Farruh Yansupov
Nazoratchi: Vladislav Ceytlin
Komissar: Laziz Qo'chqorov


Mavsumni ijobiy natijalar bilan boshlagan ikki klub o'rtasidagi bahs. "Metallurg" Toshkent viloyati derbisida AGMK mehmoni bo'lib 1:1 hisobida durang o'ynab qaytdi. Bekobod klubi safida Abror Toshqo'ziev to'p kiritdi. "Qo'qon-1912" esa o'z maydonida "Buxoro"ni 3:0 hisobida taslim qildi. Murod Xolmuhammedov ikkita gol urgan bo'lsa yana bir golga Quvondiq Ro'ziev mualliflik qildi.

Bu jamoalar hozirga qadar 20ta o'yinda to'qnash kelishgan. Qizig'i natijalar mutlaqo teng: ikkala jamoa ham 9tadan uchrashuvda g'olib bo'lgan. Ikkita bahsda tomonlar durang o'ynashgan. "Metallurg" ham, "qo'qon-1912" ham 32tadan gol urgani yanayam qiziq.

2019 yilgi mavsumda har ikkala bahsda ham "Metallurg" zafar quchgan. Bekobodda 3:1 hisobi qayd etilgan bo'lsa, Qo'qonda 2:3 hisobi kuzatilgan.

O'tgan mavsum "Metallurg" sharafini himoya qilgan Muzaffar Muzaffarov yaqinda "Qo'qon-1912"ga ko'chib o'tdi.

Bekobodda o'tgan 10ta o'yinda "Qo'qon-1912" faqat bir marta g'alabaga erishgan (2002 yil) va bir bor durang o'ynagan (1998 yil), qolgan 8ta uchrashuvda "Metallurg" o'z uyida g'olib bo'lgan.

Metallurg

Stanislav Andreyev - 21'

Superliga. 2-tur

06/03/2020, 18:15

0
:
1
Tugadi

Qo’qon-1912

45'
90'
21'  Stanislav Andreyev
51'  Andrey SHipilov
90'  Andrey SHipilov




“Navbahor” - “Lokomotiv”
6 mart 2020 yil. Namangan. "Markaziy" stadioni. 18:15
Hakamlar
: Temur To'xtasinov, Abduhamidullo Rasulov, Olim Abduvosilov, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Axmed Tillaev


Birinchi turda amaldagi chempionga qarshi munosib o'ynagan “lochinlar” bu safar o'z maydonida vice-chempion “Lokomotiv”ni qabul qilishadi.

“Navbahor” mavsumni Toshkentda “Paxtakor”ga qarshi bahs bilan boshladi va 1:2 hisobida alamli tarzda mag'lub bo'ldi. Jamoa safida rossiyalik legioner Ivan Solovyov gol urdi. Ushbu gol 2020 yilgi Superliganing eng birinchi goli bo'ldi. “Lokomotiv” esa o'z maydonida “Andijon”ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Qizig'i “temiryo'lchilar” safida ham rossiyalik legioner Kirill Pogrebnyak to'p kiritdi, u dubl qayd etdi.

O'zaro o'yinlar tarixiga nazar solsak ustunlik "Lokomotiv" tomonida ekanini ko'rish mumkin. "Temiryo'lchilar" 19ta o'yinda zafar quchishgan, 8ta uchrashuvda "lochinlar"ning qo'li baland kelgan. Qolgan beshta bahsda jamoalar murosa ko'chasini tanlashgan. "Lokomotiv" o'zaro 32ta o'yinda 56ta to'p kiritgan bo'lsa, "Navbahor"da bu ko'rsatkich 39taga teng.

Bir yil oldingi o'zaro o'yinlarda "Lokomotiv" ham safarda, ham o'z maydonida g'alabaga erishgan. Qizig'i Toshkentda ham, Namanganda ham "temiryo'lchilar" 1:0 hisobida g'olib bo'lishgan.

Oxirgi 5ta o'zaro o'yinning barchasida Toshkent klubi bu jamoani mag'lub etgan. So'nggi bor "Navbahor" 2018 yil Namanganda "Lokomotiv"ni taslim qilgandi. "Lochinlar" oxirgi 4ta o'yinda ushbu jamoa darvozasiga umuman gol ura olishmagan.


Navbahor

Azim Ahmedov - 64', Igor Golban - 88'

Superliga. 2-tur

06/03/2020, 18:15

0
:
2
Tugadi

Lokomotiv

45'
90'
59'  Ivan Solovyov
63'  Zabihillo O’rinboyev (SHohrux Mahmudhozhiev)
64'  Azim Ahmedov
82'  Ivan Solovyov (Javlon Ibrohimov)
88'  Igor Golban
90'  Islom Rashidxonov (Pavel Golishev)
18'  Oleg Zoteyev
39'  Kirill Pogrebnyak
59'  Davron Umirov
63'  Kirill Pogrebnyak (Diyor Turopov)
65'  Davron Umirov (Vadim Afonin)
71'  Marat Bikmayev
85'  Davron Hoshimov
86'  Shahzod Shaymanov (Abdulaziz Yusupov)
89'  Temurxo’ja Abduxoliqov

Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика