Superliga bir yoshga to'ldi. Buyuk loyiha qanday paydo bo'ldi va nega rivojlanmadi?
21 apr 2022 17:25
Yangiliklar
Superliga bir yoshga to'ldi. Buyuk loyiha qanday paydo bo'ldi va nega rivojlanmadi?
Futbol ishqibozlari bundan bir yil oldin “Real” prezidenti Florentino Peres hamfikrlari bilan Superligaga —UEFAni parchalab, top-klublarni CHempionlar Ligasidan olib ketishi kerak bo'lgan loyihaga asos solgandi.
Biroq Superliga bor yo'g'i ikki kungina “yashadi”. Buyuk loyiha qanday paydo bo'ldi va nega rivojlanmaganini “Championat.asia”ning rossiyalik jurnalisti Nikolay Egorichev yodga oldi.
Aslida barchasi nimadan boshlangandi?
Xaver Tebasning (La Liga prezidenti) so'zlariga ko'ra, Superligani yaratish g'oyasi uzoq yillardan buyon mavjud bo'lgan. “Men shu kabi loyiha muammoga aylanishi haqida o'ylab ko'rganman, biroq bu chindan amalga oshishiga ishonmasdim”, — dedi Tebas.
Britaniyalik jurnalist Mark Kleynman Superliga yarim yil avvalroq paydo bo'lishi mumiknligi haqida tan oldi, bu kabi loyiha haqidagi mish-mishlar esa 2020 yil bahorda paydo bo'lgandi.
Koronavirus pandemiyasi Superliganing paydo bo'lishida muhim omillardan biri bo'lib xizmat qildi — aniqrog'i uning oqibatida vujudga kelgan inqiroz. Klublar bo'sh tribunalar va boshqa moliyaviy qiyinchiliklar sabab katta pullardan ayrilishdi.
“Bir manbaa menga o'zini “eng katta klublar” deb hisoblaydigan bir nechta top-jamoalar Superliga loyihasini ishlab chiqayotganini malum qildi. Ular hozirgidan ko'proq pul olishimiz kerak deb hisoblaydi”, — tan oladi Kleynman.
Gap faqat puldami?
Aslida unday emas. Ha, pul muhim rol o'ynaydi, lekin Superliga shunchaki daromaddan boshqa yana bir maqsadga ega edi.
Tasavvur qiling, “Inter”, “Milan”, “Yuventus”, MYU, “Man Siti”, “Liverpul”, “Tottenxem”, “CHelsi”, “Arsenal”, “Real”, “Atletiko” va “Barselona” o'zaro o'ynamoqda. Va bu hozircha faqat Superligaga rozi bo'lganlar: ro'yxatda misol uchun “Bavariya”, Dortmundning “Borussiya”si va PSJ kabi klublar yo'q.
Bunday musobaqa UEFAning asosiy quroli — CHempionlar Ligasini ortda qoldirardi. Non (UEFA qarorgohi)da bunga yo'l qo'yishmasdi.
Avval boshida Superliga qo'shimcha loyiha bo'lishi va hech kimga halaqit qilmasligi kerak edi. Ammo taqvim bilan bog'liq jiddiy muammo yuzaga kelardi: jamoalar hech qanaqasiga haftasiga 4-5 o'yinda maydonga tusha olmasdi. Oqibatda klublar tanlov oldida qolishdi — Superliga yoki UEFA.
Bir nechta musobaqani bir vaqtda o'tkazib bo'lmasligi oydinlashgach, klublar o'z mamlakatlari chempionatlaridan chiqishlariga to'g'ri kelishi malum bo'ldi. Mana shu erda UEFA qattiqqo'llik ko'rsatdi.
Superligani Laporta “o'ldirdi”
Loyihaning omadsizliklari “Barselona” prezidenti Joan Laportadan boshlandi. U barcha malumotni La Liga rahbari Xaver Tebasga “ship-shitib” qo'yadi. Xaver Medrano o'z navbatida UEFA prezidenti Aleksandr CHeferinni vaziyatdan boxabar etgan.
“Joan Superligaga qo'shilishni o'ylayotganini aytdi va mendan bu boradagi fikrim so'radi. Javobim aniq edi: bu ish amalga oshsa, birinchilardan bo'lib ishsiz qoladiganlardan bo'lardim. Milliy chempionatlar qadrini yo'qotardi va ularning kelajagi yo'q bo'lardi. Laporta ketgach, men CHeferinga qo'ng'iroq qildim va barchasini aytib berdim”, — deb tan oladi Tebas.
Bu Superliga yaratilgani haqidagi rasmiy bayonotdan bir necha kun avval yuz beradi. SHunday qilib, UEFA “futboldagi to'ntarish”ga tayyor edi.
UEFA Superliga bilan qanday kurashdi?
Futbol mutasaddilari Superligaga qarshi fikr bildirishdi. Loyihani mashhur insonlar va siyosatchilar ham maqullashmadi — misol uchun Franciya prezidenti Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va ko'plab boshqalar.
Superliga haqida rasman elon qilinganining ertasiga UEFA prezidenti Aleksander CHeferin murojaat bilan chiqdi. “Biz bu insonlarga ishongandik va balki soddalik qilgandirmiz. Lekin yolg'onchi bo'lgandan ko'ra, sodda bo'lganingiz maqulroq. Endi biz bu ishlarning ortida kim turganini yaxshi bilamiz”, — dedi CHeferin. Peresdan tashqari Superliganing faollaridan biri Andrea Anelli (“Yuventus” prezidenti) va Ed Vudvord (CEO “Manchester Yunayted”) edi.
UEFA va futbol jamoatchiligining javobi o'zini uzoq kuttirmadi. Superliga elon qilinganidan keyin uyushtirilgan o'yinldardan biri “Lids” — “Liverpul” bahsida mezbon jamoa futbolchilari mashg'ulotga “Bunga loyiq bo'ling” yozuvli futbolkalarda maydonga tushib kelishdi. Bu so'zlarning ustida CHempionlar Ligasi logotipi turardi.
Muxlislar ko'chalarda norozilik namoyishlari uyushtirishdi. Buyuk Britaniya hukumati ham bunga qarshi ekanligini hamda o'zining “milliy o'yinini” himoya qilishini elon qildi. Sal o'tib, FIFA ham “so'z oldi”. “Biz yopiq va boshqalardan ajralib oladigan Superliganing tashkil qilinishini keskin qoralaymiz”, — dedi FIFA prezidenti Janni Infantino.
SHundan so'ng ingliz klublari Superligadan chiqishlarini elon qilishdi. Loyiha Florentino Peresning ko'z o'ngida parchalana boshladi.
Superliga “qayta tirilishi” mumkinmi?
Hech nimaga qaramay, Superliga hamon mavjud. Hozircha faqat qog'ozda: rasman loyihada ishtirok etishdan faqat “Inter” voz kechgan. Qolgan 11 klub Andrea Anellining so'zlariga qaraganda “o'yinda”.
Joan Laporta Superliga masalani sud orqali hal qilishga urinayotganini malum qildi. “Biz erkin raqobat yo'lidagi huquqlarimiz uchun kurashamiz. Endi Superliga — ochiq musobaqa. Loyiha rivojlanmoqda va CHempionlar Ligasining yaxshilangan versiyasi bo'lishi mumkin. Qator klublar Superligani qo'llab-quvvatlashdi, ammo bu haqida ochiq aytishmadi”, — dedi Laporta.
Muallifning boshqa maqolalarini kuzatib borish uchun telegram-kanalga azo bo'lib qo'yishni unutmang.
Fikrlar