"Inter" o'z futbolchisini "Chelsi"ga qo'yib yubormadi
19 avg 2025 12:57
Yangiliklar
"Inter" o'z futbolchisini "Chelsi"ga qo'yib yubormadi
Milanning "Inter" klubi rahbariyati yozgi transfer oynasida italiyalik himoyachi Alessandro Bastonini Londonning "Chelsi"siga ketkazishdan bosh tortdi.
"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, London klubi 26 yoshli italiyalik futbolchi uchun taxminan 50 million evro to'lashga tayyor edi, biroq "Inter" bu taklifni darhol rad etdi. Milanliklar asosiy himoyachilaridan biri bilan xayrlashmoqchi emas.

Eslatib o'tamiz, Bastoni 2019 yildan buyon "Inter" safida to'p tepadi. Bungacha Alessandro "Parma" va "Atalanta" jamoalarida o'ynagan.
Bastoni o'tgan mavsum "Inter" tarkibida Italiya chempionatida 33 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan va 5 ta golli pas uzatgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar