"Inter" yarim finalga chiqdi
05 fev 03:05
Yangiliklar
"Inter" yarim finalga chiqdi
"San-Siro"da kechgan qiziqarli to'qnashuvda mezbonlar kichik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritishdi.
Milandagi bahs tafsilotlari:
35-daqiqada milanliklar hujumchisi Anj-Yoan Bonni hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi.
Ikkinchi bo'lim boshida, 47-daqiqada Andi Diuf "neradzurri"ning ustunligini mustahkamladi.
Mehmonlar safida Sandro Kulenovich 57-daqiqada gol urib, o'yinga intrigani qaytardi, biroq turinliklar bundan ortig'iga kuch topa olishmadi — 2:1.
Shu tariqa, "Inter" yarim final yo'llanmasini naqd qildi. Ertaga musobaqaning ushbu bosqichida bizni yana bir super to'qnashuv — "Atalanta" va "Yuventus" bahsi kutib turibdi.
Eslatib o'tamiz, Italiya Kubogining amaldagi sohibi "Bolonya" hisoblanadi. Ular o'tgan yilgi finalda "Milan"ni (1:0) mag'lub etishgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўзини ўтиш ўйинларида ўйнашга мажбур қилган "Бенфика"ни мағлуб этиб, нимчорак финалга йўлга олди
EЧЛ 1/8 финал жуфтликлари маълум
ЕЧЛ. "Интер" сенсацион тарзда Норвегия клубига ютқазиб мусобақани тарк этди, "Ньюкасл" ва "Байер" 1/8 финалда!
ЖЧ-2026 можароси якунланяпти: Конго ДР ўрнига Нигерия ўйнайди
Fikrlar