Superliga. Andijonda ochilish o'yini, "Paxtakor" Toshkentda, "Lokomotiv" Buxoroda maydonga tushadi
18 apr 2019 09:22
Yangiliklar


Superliga. Andijonda ochilish o'yini, "Paxtakor" Toshkentda, "Lokomotiv" Buxoroda maydonga tushadi
Superligaga qaytgan "Andijon" klubi bu mavsum ilk bor o'z maydonida o'yin o'tkazadi. Andijondagi "Sog'lom Avlod" stadionidagi katta tamirlash ishlari nihoyasiga etdi va endi Ildar Sakaev shogirdlari o'z maydonlarida o'ynay olishadi.
Bu stadiondagi ochilish o'yini Qarshining "Nasaf" klubiga qarshi o'tadi. Ushbu mavsumda "burgutlar" 4ta o'yinning hech birida g'alaba qozona olishmadi. "Nasaf" hisobida esa atigi bitta g'alaba bor.
"Andijon" 2019 yilgi mavsum Superligada hozircha eng kam (bitta) gol urgan jamoa bo'lib turibdi.
Ushbu jamoalarning Andijonda o'tgan oxirgi 5ta o'yinda "burgutlar" umuman g'alaba qozona olishmagan. "Nasaf" 4 marta g'olib bo'lgan va bir marta durang qayd etgan.
Umuman olib qaraganda bu ikki klub O'zbekiston chempionatida jami 36 marta to'qnash kelishgan SHundan atigi 5tasida "Andijon" uch ochkoga ega chiqqan. 23 marta "ajdarlar" zafar quchishgan. Qolgan 8ta o'yinda g'olib aniqlanmagan.
"Andijon" 2010 yildan buyon, ketma-ket 10ta o'yindan buyon (safarda va uyda) "Nasaf"ni mag'lub eta olmay kelmoqda.
Andijon Shahzod Ubaydullayev - 1', Ro’zimboy Ahmedov - 40', Ro’zimboy Ahmedov - 57' |
Superliga. 5-tur 18/04/2019, 17:00 1
:
3
Tugadi
|
Nasaf Humoyun Murtozaev - 18' |
Musobaqa jadvalining yuqorisida borayotgan ikki klub to'qnashuvi. Peshqadam "Paxtakor" o'tgan turda Termizda mavsumda ilk bor ochko yo'qotdi. "Dinamo" esa oxirgi ikki o'yinda ikki marta g'alabaga erishdi.
Ikkala jamoa ham 4ta o'yinda o'z darvozasidan 3ta gol o'tkazdi.
Toshkentda ushbu jamoalar o'rtasidagi 23ta o'yinning faqat ikkitasida "Dinamo" 3 ochkoga ega chiqqan. Birinchi g'alaba 2000 yilda qo'lga kiritilgan bo'lsa, ikkinchisi 2017 yilda qayd etilgan.
"Paxtakor" "Dinamo" bilan o'tgan oxirgi ikki uchrashuvda umuman gol ura olmagan.
Botirali Ergashev va SHohruh Abdurahmonov "Paxtakor" tomonidan "Dinamo"ga ijaraga berilgan.
Paxtakor Javohir Sidiqov - 75', Jaloliddin Masharipov - 81' |
Superliga. 5-tur 18/04/2019, 18:15 0
:
2
Tugadi
|
Dinamo |
Amaldagi O'zbekiston chempioni "Lokomotiv" ushbu turda Buxoroda mehmon bo'ladi.
Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi "Buxoro" so'nggi ikki uchrashuvda umuman mag'lub bo'lmadi. "Lokomotiv" esa ilk turdagi mag'lubiyatdan keyin faqat g'alaba qozonib kelmoqda.
"Buxoro" o'z maydonida ushbu jamoaga qarshi 14 bor o'yin o'tkazgan. SHundan atigi 3tasida g'olib chiqqan xolos. "Lokomotiv" o'zaro o'yinlarning oxirgi 6tasida 6 marta g'alabaga erishgan.
"Temiryo'lchilar" hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov bu mavsum uchta o'yindan buyon gol urmoqda. "Buxoro" vakili Doston Ibragimov esa so'nggi ikki uchrashuvda maydonni golsiz tark etgani yo'q.
Buxoro |
Superliga. 5-tur 18/04/2019, 19:15 2
:
0
Tugadi
|
Lokomotiv Arslanmirat Amanov - 15', Temurxo’ja Abduxoliqov - 29' |
O’xshash yangiliklar

Fikrlar