So’nggi yangiliklar

09:14Виниcиус «Ман Сити» мухлисларининг осган баннери ҳақида фикр билдирди  8 08:48Бугун ўсмирларимиз Марокашга қарши баҳс олиб боради  3 08:15Икки ярим ой аввал «Қизилқум» билан хайрлашган легионер жамоага қайтмоқда  0 07:50Гвардиола «Реал Мадрид»ган учралган мағлубиятнинг асосий сабабини маълум қилди  38 06:55"Реал" сўнгги дақиқаларда жуда қийин ғалабани қўлга киритди  20 03:00ЕЧЛ. "Ювентус" қийинчилик билан ПСВни мағлуб этди, "Боруссия Дортмунд" эса илк ўйиндаёқ кейинги босқич масаласини деярли ҳал қилди  23 02:58ЕЧЛ. Даҳшатли ўтган ўйинда "Реал"дан 90+2-дақиқада камбэк, Холанднинг дубли ҳам "Сити"га ёрдам бермади  568 01:31"Ал Насср" январда Нуньес учун 75+ млн евро ва бонуслар таклиф қилди, аммо...  0 00:55Пеп Гвардиола нега Грилишни асосий таркибга қўйди?  3 00:41ЕЧЛ. ПСЖ "Брест"га қарши плей-оффдаги биринчи ўйиндаёқ кейинги босқич масаласини деярли ҳал қилди  18 23:06УЕФА Чемпионлар лигаси финалини АҚШда ўтказиши мумкин  12 22:17Родриго "Реал"дан кетиши мумкинлиги ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди  10 21:13"Реал" ёзда 120 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  23 20:44"Барселона" Франция чемпионатидан ҳужумчи олмоқчи  7 20:18Дибала Мадридга йўл олиши мумкин  3

Turning markaziy bahsida AGMK "Navbahor"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Turning markaziy bahsida AGMK "Navbahor"ni mag'lub etdi

Teglar :  NavbahorAGMK
Superliganing 4-turidan o'rin olgan AGMK - "Navbahor" uchrashuvi yakunlandi.


AGMK – NAVBAHOR 2:1

2 aprel 2021 yil. Olmaliq. OKMK stadioni. 18:30
Hakamlar:
Akobirxo'ja SHukurullaev, Timur Galeev, Doniyor Saylavov, Akmaljon Rahimov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
VAR hakami: Ilgiz Tantashev
VAR assistentlari: Aleksandr Sidorov, Timur Gaynulin
VAR nazoratchisi: Farhod Abdullaev
VAR operatori: Jahongir Saidov
Texnis mutaxassis: Otabek Sodiqov
Komissar: Laziz Qo'chqorov

Gol: 26 - Sanjar Tursunov 1:0, 44 - Slavisha Stoyanovich 1:1, 71 - SHohruh Gadoev 2:1

AGMK: 35. Valijon Rahimov - 77.Dilshod Ahmadaliev, 15.Abbos Otaxonov, 7.Sardor Rahmonov, 2.Akrom Komilov - 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov, 4.Mirjamol Qosimov - 94.Elvin Fortes, 18.Aleksandr Kasyan, 11.Murod Toshmatov.
Zaxira: 32.Suhrob Sultonov - 8.Bobur Yo'ldoshev, 9.Zafar Polvonov, 10.Husniddin G'ofurov, 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 22.Sanjar SHoahmedov, 28.SHohruh Gadoev.

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 7.Azimjon Ahmedov, 10.Quvondiq Ro'ziev, 11.Islombek Isoqjonov, 17.Ehsoni Panshanbe, 19.Mirzohid G'ofurov, 22.Igor Golban, 24.Davron Hoshimov, 67.Marko Putinchanin, 70.Abbos G'ulomov, 88.Slavisha Stoyanovich.
Zaxira:  35.Rahimjon Davronov, 5.Xushnudbek Avilov, 8.Sardor Telyakov, 18.Bahrom Abdurahimov, 25.SHohruh Mahmudhojiev, 28.Nikola Tasich, 95.Zabihillo O'rinboev


YANGILASH



UCHRASHUV YAKUNLANDI

90+3. Zabihillo O'rinboevning bosh bilan darvozaga yo'naltirgan zarbasidan so'ng, to'pni AGMK posboni Valijon Rahimov ushlab oldi.

Hakam ikkinchi bo'limga etti daqiqa qo'shib berdi

87. OGOHLANTIRISH: Islombek Isoqjonov ogohlantirildi.

86. UXXXXXX. "Navbahor" navbatdagi hujumidan so'ng, to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi

85. OGOHLANTIRISH: Sardor Rahmonov ogohalntirildi

82. O'ZGARISH: Zabixillo O'runboev Slavisha Stoyanovichning o'rniga maydonga tushdi

80. UXXXXXX. Husniddin G'ofurov jarima zarbasini amalga oshirdi, biroq mezbonlarning hech bir futbolchisi etib kela olmadi

79. O'ZGARISH: Abbos G'ulomov o'rniga Nikola Tasich maydonga tushdi

78. OGOHLANTIRISH: Sanjar Tursunov ogohlantirildi

75. ZARBAAA. SHoahmedovning zarbasini mehmonlar darvozaboni qaytarib yubordi

74. O'ZGARISH: Payshanbening o'rniga SHohruh Mahmudhojiev maydonga tushdi

73. OGOHLANTIRISH: Payshanbe ogohlantirildi

72. O'zgarish: Mirjamol Qosimovning o'rniga Sanjar SHoahmedov maydonga tushdi

G'ofurov to'pni ajoyib tarzda uzatmani amalga oshirdi va SHohruh bitta zarba bilan to'pni darvozaga joyladi



71. GOOOOOOOOOOOOOOOOL. Gadoev hisobni o'zgartirmoqda

69. ZARBAA. Isoqjonovdan navbatdagi zarba, ammo yana qiyshiq

67. O'ZGARISH: Murodjon Toshmatovning o'rniga SHohruh Gadoev maydonga tushdi

Hakam yana VARni ko'rmoqdaa...

58. ZARBAAAA. Isoqjonovda navbatdagi qulay vaziyat bo'ldi, ammo uning zarbasi yana noaniq

54. G'ofurovning uzoqdan belgilangan jarima zarbasidan tepgan to'pi noaniq ketdi

Yo'q hakam videotakrorni ko'rdi va qizil yo'q deb hisobladi

Hakam VARni ko'rmoqda va katta ehtimol bilan Xoshimov chetlatiladi

51. OGOHLANTIRISH. Davron Hoshimov Jokichga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi. 

49. UXXXXX. Mehmonlar qanotdan ajoyib hujum tashkil qilishdi, biroq namanganliklardan hech bir futbolchi to'pga etib kelmadi

48. ZARBAAAA.  Burchak zarbasidan keyin Tursunovda gol urish uchun imkoniyat tug'ildi. Biroq uning zarbasi noaniq ketdi.

46. O'zgarish: Elvin Fortesning o'rniga Xusniddin G'ofurov maydonga tushdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

45+2. Igor Golbanning qo'polligi tufayli hakam jarima zarbasi belgiladi. AGMK bo'limdagi so'nggi imkoniyatdan foydalandi, ammo O'tkir Yusupov to'pni egallab oldi va shu pallada hakam hushtak chalib, jamoalarni tanaffusga taklif qildi.  

45. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

44. GOOOOOOOL! Slavisha Stoyanovich hisobni tenglashtirdi 1:1. 


44. Hakam takroriy lavhani ko'rdi va nuqtani ko'rsatdi, penalti!!!


43. Ana xolooos! Akrom Komilov o'z jarima maydonchasida to'pni qo'li bilan o'ynab yubordi... Hakam shoshmaslikni so'ramoqda.   

39. "Navbahor" to'pni egallab, hujumga o'tishga urinmoqda, lekin chinakamiga xavfli vaziyat yarata olmayapti.

34. "Navbahor" futbolchilari darvozalaridan to'p olib chiqqanlaridan so'ng hujumlar sonini oshirishdi, biroq hozircha darvozabon yaxshi harakat qilmoqda

32. ZARBAAAA. RAXIMOOOOV. Golbaning zarbasini Valijon qaytarmoqda

31. UXXXX. Isoqjonov darvozabon bilan deyarli birga bir chiqib bordi, biroq uzarba yo'llashni o'rniga uzatmani amalga oshirdi



28. G'ulomov jarima maydonchasiga kirib bordi va zarba yo'lladi, ammo to'p himoyachilarga tegib burchakka chiqib ketdi


26. GOOOOOOOOOOOOOL. Sanjar Tursunov hisobni ochdi


25. PENALTIII. Ahmedov Kasyanni jarima maydonchasining ichida yiqitdi

21. ZARBA. Isoqjonovning uzatmasini Slavisha Stoyanovich boshi bilan zarba yo'lladi, ammo noaniq



19. ZARBAA. Uchrashuvning o'n beshinchi daqiqasida davom etmoqda. Hozircha to'p asosan maydon markazida harakatlanmoqda

15. Uchrashuvning o'n beshinchi daqiqasida davom etmoqda. Hozircha to'p asosan maydon markazida harakatlanmoqda

9. ZARBAAA. Jokichning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasi biroz noaniq

UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика