So’nggi yangiliklar

23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  0 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  5 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  12 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  7 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5 18:49Жота иштирокидаги ҳалокатли воқеа гувоҳи баёнот берди  1 18:21Касорлани албатта Ла Лигада кўрамиз. У яна бир мавсум "Овьедо"да қолади  1 17:57​"Челси" Мадуэкенинг нархини кўтарди. Бу "Арсенал"ни қўрқитмоқда  4 17:34АПЛнинг икки клуби "Манчестер Сити" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1

Superliga. "Navbahor" so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqardi, AGMK esa seriyani davom ettirmoqda Yangiliklar

Superliga. "Navbahor" so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqardi, AGMK esa seriyani davom ettirmoqda

Coca Cola Superliganing 12-turidan o'rin olgan AGMK - "Navbahor" uchrashuvi yakunlandi.

Coca Cola Superliga. 12-tur
AGMK — NAVBAHOR 1:1

Gollar: Turg'unboev 21, Jokich 90+2.

25 avgust 2020 yil. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 19:00 ("Sport TV" LIVE)
Hakamlar:
Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, Sanjar Nazarov
Nazoratchi: Rashid Aytekov
Komissar: Jahongir Rahmatullaev

AGMK: 32.Suhrob Sultonov - 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 3.Sardor Rahmonov (21.Mate Vatsadze 72), 44.Bobur Yo'ldoshev, 11.Murod Toshmatov - 23.Yovan Jokich, 4.Mirjamol Qosimov (5.Dilshod Jo'raev 46), 17.Sanjar Tursunov - 77.Arslonmirat Amanov (18.Bahrom Abdurahimov 46), 10.SHahzod Nurmatov, 7.Elguja Grigalashvili (8.Hojimat Erkinov 72).
Zaxira: 12.Roman Abdulov, 2.Akmal SHorahmedov, 9.Zafar Polvonov, 30.Jasur Umarov, 31.Saydullo Rahmatov.

"Navbahor:
1.O'tkir Yusupov, 5.G'iyos Komilov, 7.Azim Ahmedov, 10.Aziz Turg'unboev, 18.Sardar Telyakov (77.Husayn Ergashboev 60, 50.SHerzod G'ulomjonov 83), 22.Igor Golban, 25.SHohruh Mahmudxojiev (9.Ivan Solovyov 53), 28.Xurshid Muxtorov, 33.Tohirjon SHamsuddinov, 72.Pavel Golishev, 88.Ruslan Bolov.
Zaxira: 13.Islom Abdullaxonov, 17.Abdulhay Ismoilov, 21.Komiljon Tojiddinov, 38.Doston Abdulxaev, 53.Akram Bahritdinov, 58.Ilhom Aliboev,


OKMK

Yovan ZHokich - 90'

Superliga. 12-tur

25/08/2020, 19:00

1
:
1
Tugadi

Navbahor

Azizbek Turg’unboyev - 21'

Bosh hakam: Temur To'xtasinov

45'
90'
46'  Mirjamol Qosimov (Dilshod Jo’rayev)
46'  Arslanmirat Amanov (Bahrom Abdurahimov)
68'  Yovan ZHokich
72'  Elguzha Grigalashvili (Xojimat Erkinov)
72'  Sardor Rahmonov (Mate Vatsadze)
90'  Yovan ZHokich
21'  Azizbek Turg’unboyev
53'  SHohrux Mahmudhozhiev (Ivan Solovyov)
60'  Sardor Telyakov (Husayin Ergashboev)
83'  Husayin Ergashboev (SHerzod G'ulomzhonov)


Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi.


YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+2. GOOL! Jokich hisobni tenglashtirmoqda! AGMK futbolchisining bergan zarbasi ham rikoshet bo'ldi va Yusupov darvozasidan joy oldi - 1:1!

90. Ikkinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. AGMK futbolchilari judayam gol kiritishni istashmoqda va oqibatda bir-birlariga halal berib qolishmoqda. 

86. AGMK ketma-ket hujumlar tashkil qilmoqda. Lekin darvozabon O'tkir Yusupov bugun ajoyib o'yin ko'rsatmoqda!

83. Yaqinda maydonga tushgan Ergashboev o'rniga G'ulomjonov o'yinni davom ettiradi.  

80. Zarbaaa! Nurmatov ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi!!!

79. Turg'unboevning jarimadan bergan zarbasi biroz noaniq bo'ldi. 

78. Toshmatov raqib darvozasi tomon reyd amalga oshirgandi. Ammo uning bergan zarbasi noaniq bo'ldi. 

72. AGMK safida ikkita o'zgarish. Grigalashvili va Rahmonov maydonni tark etdi. Ularning o'rniga Vatcadze va Erkinov maydonga tushdi. 

69. Zarbaaaa! "Navbahor" futbolchisining bergan juda kuchli zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi.

68. Rahmonov Turg'unboevga nisbatan o'yin qoidasini buzdi. Lekin bu vaziyatda Jokich hakamga etiroz bildirdi va sariq kartochka bilan jazolandi. 

63. Yana bir hujummm! AGMK futbolchilari hujumni kuchaytirishdi. Dilshod Jo'raevning zarbasini Tohir SHamsiddinov qaytardi. Himoyachi ushbu vaziyatda jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi!

60. Xavfli vaziyatttt!!! AGMKda ajoyib imkoniyat yuzaga kelgandi. Ammo olmaliqliklardan ushbu vaziyatda omad yuz o'girdi.

60. Sardor Telyakov o'rniga Husayn Ergashboev maydonga tushdi. 

56. "Navbahor" futbolchilari tezkor qarshi hujumga o'tishdi. Biroq hujum samarasiz yakunlandi. 

53. "Navbahor" safida Mahmudxojiev o'rniga Solovyov o'yinni davom ettiradi. 

46. AGMKning hujumi Toshmatovning o'yindan tashqari holati bilan yakunlandi. 

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

AGMKda ikkita o'zgarish: Qosimov o'rniga Jo'raev, Amanov o'rniga Abdurahimov maydonga tushdi. 

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!

45. Hakam birinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 1 daqiqa qo'shib berdi. 

44. Turg'unboevga nisbatan o'yin qoidasi buzildi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

42. Golishevdan kuchli zarba.  

38. Xavfli vaziyattt! Qosimovning burchakdan bergan zarbasi raqib darvozasi ustuniga tegdi. 

34. SHahzod Nurmatov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi. 

33. AGMK o'ng qanot orqali hujum tashkil qilishga urinmoqda. 

27. Namanganliklarning yana bir hujumi. Lekin bu safar Sultonov to'pga oldinroq yugurib chiqdi va hujumni bartaraf etdi. 

24. Azim Ahmedovning jarimadan bergan zarbasi noaniq. 

21. GOOL! Aziz Turg'unboevning uzoqdan bergan zarbasi rikoshet orqali AGMK darvozasiga yo'l olmoqda. Ushbu vaziyatda Sultonov oldinga chiqib ketgani pand berdi - 0:1!

15. Aynan 15-daqiqaga kelib AGMK futbolchilari tomonidan raqib darvozasiga zarba berildi. Ammo noaniq. Zarba muallifi Murod Toshmatov edi.

9. Bugun "Navbahor" futbolchilari ancha faol. Jamoa bir necha ketma-ket hujumlar tashkil etmoqda.



5. Xavfli vaziyatttt! Bolov jarimadan etkazib berilgan to'pga boshi bilan zarba bergandi. Ammo, u Sultonov qo'riqlayotgan darvoza tepasidan o'tib ketdi. 

1. Dastlabki hujum "Navbahor" tomonidan uyushtirildi. Olmaliqliklar darhol ushbu hujumni bartaraf etishdi. 

-UCHRASHUV BOSHLANDI!

-Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. 

-Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. Bugun Superliga 12-turi doirasida "Lokomotiv" hamda "Navbahor" jamoalari o'rtasidagi o'yin guvohiga aylanamiz. 


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика