So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  3 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Superliga. 8-tur laureatlari Yangiliklar

Superliga. 8-tur laureatlari

Teglar :  Tur laureatlari
Kecha Superliganing 8-turidan o'rin olgan o'yinlar yakunlandi.

Coca Cola Superliga. 8-tur ramziy terma jamoasi        

Championat.asia tur bahslari asosida tur laureatlarini aniqladi.

Bekobodning "Metallurg" klubi bu turda Toshkentda "Lokomotiv" mehmoni bo'ldi. Superligada oxirgi uchta o'yinda uchta g'alabaga erishgan "temiryo'lchilar" "Metallurg" oldida ojiz qolishdi - 1:3. Bekobod klubi ustozi Jasur Abduraimov championat.asia sayti talqiniga ko'ra 8-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.



"Turon" - "Qizilqum" uchrashuvida mehmonlar 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Ushbu g'alabaga jamoa darvozaboni Ignatiy Nesterovning hissasi juda katta bo'ldi. Tajribali kiper bellashuv davomida 6ta seyvni ijro etdi va jamoasi darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. SHu bois Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 8-turning eng yaxshi darvozaboni Ignatiy Nesterov bo'ldi.



Bu turda garchi mag'lub bo'lgan bo'lsa-da "Lokomotiv" yarim himoyachisi Diyor Turopov "Metallurg" darvozasiga chiroyli gol urdi va u championat.asia talqiniga ko'ra tur goli deb topildi.




Turning markaziy uchrashuvi Olmaliqda o'tdi. Unda AGMK "Bunyodkor"ni qabul qildi va irodali g'alabaga erishdi - 3:1. Uchrashuvning kattagina qismida olmaliqliklar 10 kishi bo'lib o'ynaganiga qaramay yakunda g'alaba qo'lga kiritilishda tajribali yarim himoyachi Sanjar Tursunovning hissasi katta bo'ldi. Dastlab penaltidan gol urgan Tursunov, oradan ko'p o'tmay o'yindan ham chiroyli gol urishga erishdi. SHu tariqa, ikkita goli evaziga jamoasining irodali g'alabasiga hissa qo'shgan Sanjar Tursunov championat.asia talqiniga ko'ra 8-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.



O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> Superliga

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика