So’nggi yangiliklar

16:29Лутфулла Тўраев, Садриддин Абдуллаев, Камолиддин Тожиев — U-19 чемпионатида бу йил яна кимлар мураббийлик қилмоқда? (1-қисм)  0 15:46"Футбол олами". Меҳмонлар умуман гол ура олмаган 7-тур ҳақида батафсил  0 15:09Анчелоттидан "Реал" ҳам, Бразилия федерацияси ҳам норози   4 14:10Хави ёки тен Хаг Бундеслигада иш бошлаши мумкин  1 14:01Азизбек Ғаниев: "БАА Ўзбекистон билан ўйинга кичкина стадионни танлаганидан хайрон қолдим"  9 13:44Етакчи лигаларни бирлаштирган Жером Перлемутер июнда Тошкентга келади  1 13:34Ҳакам "Пахтакор" дарвозабонини майдондан четлатиб, тўғри қарор қилдими? Суперлиганинг 7-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 13:13Кунде уч марта кеч қолиб, захирада қолиб кетгани учун "Барселона" ходимларидан ёрдам сўради  7 12:57Анчелоттининг рад жавобидан сўнг Бразилия терма жамоаси мураббийлигига асосий номзод ўзгарди  0 12:27Суперлиганинг 8-турида ишлайиган ҳакамлар билан танишинг  1 10:50«Байер» Алонсонинг ўрнига Испаниядан бошқа мураббий топди  0 10:22Анчелоттининг навбатдаги жамоаси қайси бўлиши очиқланди  6 09:25«Барселона»га қарши учрашувда қизил карточка олган «Реал» футболчиларининг тақдири маълум  28 08:57Луис Энрике Лондондаги ғалаба ҳақида фикр билдирди  5 08:26Артета мағлубиятдан сўнг нималар деди?  13

Superliga: 6-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Superliga: 6-tur ramziy terma jamoasi

Ananamizga muvofiq Superliganing 6-tur ramziy terma jamoasini etiboringizga taqdim etamiz.

Ramziy terma jamoa 3-4-3 taktik sxemasi asosida tanlandi.

Tur ramziy terma jamoasi darvozasiga "Nasaf" safida debyut uchrashuvini o'tkazgan 18 yoshli Abduvohid Nematov loyiq ko'rildi. Turning eng yaxshi kiperi nomiga munosib ko'rilgan Nematov tabiiyki tur ramziy terma jamoasidan o'rin oldi. Nematov AGMKga qarshi bahsda o'z darvozasi dahlsizligini saqlashga erishdi.

Himoya chizig'ida "Nasaf" vakili Dilshod Saitov, "Loko" himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev va "Navbahor" azosi Slavko Lukich qo'yildi. Etiborli tarafi, bu himoyachilar mazkur turda nafaqat o'zlarining ishonchli o'yinlari, balki raqib darvozasini ishg'ol etishni ham uddasidan chiqishdi.

Yarim himoyaning tayanch zonasiga "Nasaf" futbolchisi Azizjon G'aniev qo'yildi. Yaqindagina uzoq muddatli tanaffusdan so'ng yashil maydonga qaytgan xavbek AGMK bilan bo'lgan bellashuvda jamoasining ikkita goliga hammualliflik qildi. SHuningdek, G'anievga tandem sifatida "Lokomotiv" futbolchisi Jamshid Iskanderov tanlandi. "Qizilqum" bilan uchrashuvda tezkor gol kiritgan "Loko"ning ustunligini taminlagan Jamshid Iskanderov o'yinda ham ajoyib harakatlari bilan ajralib turdi. Kiritgan benazir goli esa uchrashuvga bezak berdi.

Yarim himoyaning qanotlariga "Dinamo" azosi Sardor Eminov va "Metallurg" vakili Muzaffar Muzaffarov qo'yildi. Sardor Eminov "Navbahor" bilan o'yinni ko'tarinki ruhda va ancha samarador o'tkazdi. "Navbahor" darvozasiga kiritilgan har ikkala golda ham Eminov bevosita ishtirok etdi. Dastlabki golga assistentlik qilgan Eminov, ikkinchi golni ajoyib va aniq zarbasi orqali raqib darvozasiga kiritdi. Muzaffar Muzaffarov esa "Qo'qon-1912"ga qarshi bellashuvda jamoasining muhim, yani muvozanatni tiklovchi golini urdi va bekobodliklarga ishonchni qaytardi.

Hujum chizig'idan esa "Buxoro", "Bunyodkor" va "Nasaf" futbolchilari joy olishdi. Buxorodagi o'yinla dubl qayd etgan Xurshid G'iyosov hujumkor vinger sifatida tanlangan bo'lsa, qarama-qarshi qanotda "Buxoro" azosi Doston Ibragimov qo'yildi. Doston Ibragimov "Bunyodkor" bilan o'yinda faol harakatlari bilan ajralib turdi va raqib darvozasini aniq nishonga oldi. Markaziy hujum sifatida esa turning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Humoyun Murtazoev tanlandi. AGMK bilan bahsda dubl qayd etgan Murtazoev jamoasining uch o'yinlik mag'lubiyatli seriyasiga yakun yasashga va g'alaba qozonishiga katta hissa qo'shdi.

SHu tariqa tur ramziy jamoasidan "Nasaf"dan 4, "Loko"dan 2, "Dinamo", "Navbahor", "Metallurg", "Bunyodkor" va "Buxoro"dan 1 nafardan futbolchi o'rin oldi.


Tur ramziy terma jamoasi (3-4-3):

Darvozabon: Abduvohid Nematov ("Nasaf")

Himoyachilar: Dilshod Saitov ("Nasaf"), Islom To'xtaxo'jaev ("Lokomotiv"), Slavko Lukich ("Navbahor")

Yarim himoyachilar: Sardor Eminov ("Dinamo"), Jamshid Iskanderov ("Lokomotiv"), Aziz G'aniev ("Nasaf"), Muzaffar Muzaffarov ("Metallurg")

Hujumchilar: Xurshid G'iyosov ("Bunyodkor"), Humoyun Murtazoev ("Nasaf"), Doston Ibragimov ("Buxoro")



Foto             Superliga. 6-tur laureatlari aniqlandi 

Superliga: Qiziqarli boshlangan tur zerikarli va nursiz o'yin bilan tugadi yoxud chempionlik uchun kurashayotgan "eski bo'rilar" (tur sharhi)

 Video             Superliga. 6-turning eng chiroyli gollari TOP-5

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика