So’nggi yangiliklar

21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  1 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  13 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  6 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  14 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  6 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  2 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  5 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  1

Superliga: 5-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Superliga: 5-tur ramziy terma jamoasi

Ananamizga muvofiq Superliganing 5-tur ramziy terma jamoasini etiboringizga taqdim etamiz.

Mazkur tur ramziy terma jamoasini 4-4-2 taktik sxemasida tuzdik.


Darvozabon: Murodjon Zuhurov ("Bunyodkor")

Saytimiz talqiniga ko'ra 5-turning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan Zuhurov o'z-o'zidan ramziy terma jamoadan ham o'rin oldi. AGMKga qarshi bahsda bir necha bor o'z jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi. SHunday qilib "Bunyodkor" posboni bu mavsum ikkinchi bor ramziy terma jamoaga kiritildi.

Himoyachilar: Obid Jo'raboev ("Navbahor"), Anzur Ismoilov ("Lokomotiv"), Murod Xolmuhammedov ("Qo'qon-1912"), Elyor Orifov ("So'g'diyona")

Bu mavsumda hali mag'lub bo'lmagan "Surxon"ni taslim etilishida "Navbahor" himoyachisi Obid Jo'raboevning xissasi juda katta bo'ldi. U raqib hujumlarini qaytarishni o'z o'rniga qo'ydi va uchrashuvdagi birinchi golni urishni ham uddaladi. Aynan uning golidan keyin "Navbahor"ning o'ziga ishonchi ortdi va yakunda yirik g'alaba qo'lga kiritildi.

Ushbu turda "Lokomotiv" Buxorodan uch ochko bilan qaytdi. Mazkur g'alabada "temiryo'lchilar"ning tajribali himoyachisi Anzur Ismoilovning xissasi katta bo'lganini takidlash lozim. Etiborlisi aynan uning to'p uzatishidan keyin Temurxo'ja Abduxoliqov gol urdi.

Navoiydagi zerikarli tarzda o'tgan bahs taqdirini so'nggi daqiqada urilgan gol hal qildi. O'sha golni "Qo'qon-1912" himoyachisi Murod Xolmuhammedov jarima to'pidan urdi. Qo'qonliklar aynan shu turda mavsumdagi ilk g'alabani qo'lga kiritishdi.

Jizzaxning "So'g'diyona" klubi yangi bosh murabbiy qo'l ostida ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Jamoa himoyachisi Elyor Orifov mazkur bahsda juda faol o'ynadi va ajoyib gol urishning uddasidan chiqdi.

Yarim himoyachilar: Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor"), Lutfulla To'raev ("Bunyodkor"), Azimjon Ahmedov ("Navbahor"), Arslanmurat Amanov ("Lokomotiv")

Bu tur o'z maydonida "Dinamo"ni mag'lub etgan "Paxtakor" tarkibida doimgidek Jaloliddin Masharipov faol bo'ldi va gol urishga erishdi.

Saytimiz talqiniga ko'ra tur futbolchisi deb topilgan Lutfulla To'raev ramziy terma jamoadan ham o'rin oldi. Aynan uning supergoli "Bunyodkor"ga Olmaliqda g'alaba keltirdi.

"Navbahor" yarim himoyachisi Azimjon Ahmedov "Surxon" bilan uchrashuvda maydon markazida anchagina faol o'ynadi yirik g'alaba qo'lga kiritilishida muhim figuralardan biri bo'ldi.

"Lokomotiv"ning turkmanistonlik legioneri Arslanmurat Amanov sobiq klubi "Buxoro"ga qarshi bahsda jarima to'pidan ajoyib gol urdi. Gol urishdan tashqari o'z qanotida raqiblarga tinchlik bergani yo'q.

Hujumchilar: Ro'zimboy Ahmedov ("Andijon"), SHohruz Norxonov ("So'g'diyona")

"Andijon"ning mavsumdagi dastlabki g'alabasi qo'lga kiritilishida hujumchi Ro'zimboy Ahmedovning xissasi katta bo'ldi. "Burgutlar" dastlabki 4ta uchrashuvda bitta gol urishgandi, Ahmedov esa 5-turda "Nasaf" darvozasiga 2ta gol urdi.

"So'g'diyona" hujumchisi SHohruz Norxonovning mavsum boshida hech omadi kelmayotgandi. Nihoyat kechagi "Metallurg" bilan o'yinda futbolchi uzoq masofadan ajoyib gol urdi va jamoasining g'alaba qozonishi uchun katta yordam berdi.

Superliga, 5-tur ramziy terma jamoasi




Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика