So’nggi yangiliklar

20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  10 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  4 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  6 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  5 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  2 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  5 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2

Superliga. 5-tur oldidan o'zaro o'yinlar va statistikalar Yangiliklar

Superliga. 5-tur oldidan o'zaro o'yinlar va statistikalar

Ertaga Coca Cola Superligasining 5-tur bahslari start oladi.

"Turon" — "Olimpik"

- Jamoalar o'zaro bir marotaba — O'zbekiston kubogi doirasida to'qnash kelgan. Toshkentdagi "Lokomotiv" o'yingohida kechgan bahsda Timur Kapadze shogirdlari 5:1 hisobida g'alaba qozonishgan;

- "Turon" o'z maydonidagi oxirgi 6 o'yinning 5 tasida gol urgan;

- "Olimpik" mehmon sifatida Superliga doirasidagi so'nggi 6 o'yinning 5 tasida mag'lub bo'lmagan.

"Buxoro" — "Bunyodkor"

- Jamoalar chempionat doirasida 28 marotaba to'qnash kelgan. SHulardan 19 tasida "Bunyodkor" g'alaba qozongan bo'lsa, atigi bir o'yinda vohaliklar zafar quchgan. 8 uchrashuvda durang qayd etilgan To'plar nisbati — 16:64, "Bunyodkor" foydasiga.

- CHempionat doirasida o'zaro oxirgi 4 uchrashuvda kuchlar teng kelgan;

- "Buxoro" Superliga doirasida so'nggi 10 ta o'yinda o'z darvozasidan to'p o'tkazib yubormoqda. Voha klubi so'nggi bor 2020 yilning oktyabrida "Metallurg"ga qarshi bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan;

- SHuningdek, Superliga doirasida buxoroliklar o'z maydonidagi 10 uchrashuvdan beri g'alaba qozona olmayapti. Jamoa so'nggi bor 2020 yilning avgustida "Surxon"ni qabul qilib, 1:0 hisobida enggan;

- "Bunyodkor" Superliga doirasida safardagi oxirgi 9 o'yindan beri mag'lubiyatga uchramayapti;

- "Bunyodkor" 2018 yilgi mavsumdan beri eng yaxshi startini amalga oshirdi.

"So'g'diyona" — "Metallurg"

- Jamoalar chempionat doirasida 42 marotaba to'qnash kelgan. Ulardan 18 tasida jizzaxliklar g'alaba qozongan, 16 bellashuvda esa bekobodliklarning qo'li baland kelgan. 8 o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbati — 58:53, "So'g'diyona" foydasiga.

- "Metallurg" o'zaro so'nggi 4 uchrashuvdan buyon “So'g'diyona”dan gol o'tkazib yubormoqda;

- "So'g'diyona" o'z maydonidagi so'nggi 10 ta uchrashuvning 9 tasida "Metallurg"ga yutqazmagan;

- "So'g'diyona" o'z maydonidagi so'nggi 9 uchrashuvdan beri g'alaba qozona olmayapti;

- "So'g'diyona"ning Superligadagi g'alabasiz seriyasi 15 ta o'yinga etdi. Jizzaxliklar oxirgi bor 2022 yilning avgustida “Dinamo”ni mag'lub etishning  uddasidan chiqqandi.

"Andijon" — "Neftchi"

- Jamoalar chempionat doirasida 47 marotaba to'qnash kelishgan. SHundan 32 tasida farg'onaliklar ustun kelgan bo'lsa, 10 tasida andijonliklar g'alaba qozongan. Yana 5 o'yinda kuchlar teng kelgan.

- Ikki jamoaning Superliga doirasida so'nggi 4 uchrashuvida "Andijon" g'olib chiqqan;

- "Neftchi" Superliga doirasida so'nggi 6 uchrashuvda yutqazmagan. Vodiyliklar so'nggi bor 2022 yilning noyabrida OKMKga imkoniyatni boy bergan.

- "Neftchi" 2007 yilgi mavsumdan beri eng yaxshi startini amalga oshirdi. O'sha yili farg'onaliklar 4 o'yinning barchasida g'alaba qozongandi;

OKMK — "Navbahor"

- Jamoalar chempionat doirasida 30 marotaba uchrashgan. SHulardan 12 tasida olmaliqlar g'alaba qozongan bo'lsa, 9 bellashuvda namanganliklar zafar quchgan. Yana 9 uchrashuvda durang qayd etilgan. To'plar nisbati — 39:39.

- O'zaro o'yinlarning oxirgi 3 tasida OKMK g'alaba qozona olmagan;

- "Navbahor" Superliga doirasida so'nggi 10 uchrashuvning 9 tasida yutqazmagan;

- "Navbahor" 2004 yilgi mavsumdan beri eng yaxshi startini amalga oshirdi. O'sha mavsumda namanganliklar 4 o'yinning barchasida g'alaba qozongandi.

"Nasaf" — "Surxon"

- Jamoalar chempionat doirasida 24 marotaba to'qnash kelishgan bo'lsa, 19 tasida "Nasaf" g'alaba qozongan, atigi 1 o'yinda surxondaryoliklarning qo'li baland kelgan, yana 4 uchrashuvda murosa ko'chasi tanlangan. To'plar nisbati — 64:17, "Nasaf" foydasiga.

- "Nasaf" chempionat doirasida 12 bor "Surxon"ni o'z maydonida qabul qilgan va ularning barchasida g'alaba qozongan;

- "Surxon" chempionat doirasida mehmondagi bahslarda "Nasaf" darvozasini atigi bir marotaba ishg'ol qilgan, bu ham 1997 yilga to'g'ri keladi.

- "Nasaf" chempionat miqyosidagi o'zaro 16 o'yindan beri "Surxon" darvozasiga kamida ikkita to'p kiritmoqda, o'tgan yilgi O'zbekiston kubogidagi qarama-qarshilikni ham hisoblasak, ushbu ko'rsatkich yana bittaga ortadi.

"Paxtakor" — "Qizilqum"

- Jamoalar chempionat doirasida 46 marotaba maydonga tushgan. SHundan 39 tasida poytaxtliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, faqat 1 o'yinda navoiyliklar zafar quchgan. Yana 6 uchrashuvda kuchlar teng kelgan. To'plar nisbati — 130:26, "Paxtakor" foydasiga;

- "Paxtakor" chempionat doirasida so'nggi 10 ta o'yindan beri g'alaba qozonmoqda, "Qizilqum" so'nggi bor 2017 yil o'z maydonida bir ochko qo'lga kiritgan;

- "Paxtakor" o'z maydonidagi 13 ta uchrashuvdan buyon "Qizilqum"ni mag'lub etmoqda;

- "Qizilqum" Superliga doirasida mehmondagi ketma-ket to'rt uchrashuvdan beri mag'lubiyatga uchramoqda;

- "Paxtakor" so'nggi 10 ta uchrashuvda "Qizilqum" darvozasini 33 marotaba ishg'ol qilgan; "konchilar"da esa bu ko'rsatkich 4 tani tashkil etadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика