So’nggi yangiliklar

23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  1 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  0 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  6 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  56 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  7 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  39 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9 15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  22 14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  5

Superliga: 23-tur laureatlari aniqlandi Yangiliklar

Superliga: 23-tur laureatlari aniqlandi

Teglar :  Superliga
14-16 sentyabr kunlari Superligada ikkinchi bosqich bahslariga start berildi.

23-tur doirasida o'tkazilgan uchrashuvlarning natijalaridan yaxshi xabardorsiz. Biz esa o'z ananamizga ko'ra turning eng yaxshilarini aniqladik.

Tur o'yini -- "Navbahor" - "Paxtakor" 3:3


Turning markaziy o'yini hamma tomonlama o'z nomiga munosib tarzda o'tdi. Gollar, keskin to'qnashuvlar, azart, muxlislar...

Namangandagi "Markaziy" stadionda kamida joriy mavsumdagi eng yaxshi uchta o'yindan biriga guvoh bo'ldik desak adashmagan bo'lamiz. Avvaliga mezbonlar hisobni ochishgan bo'lsa, keyin mehmonlar ikki bor oldinga o'tib olishdi. Yakunda esa 3:3 hisobidagi jangovar durang qayd etildi. Superligada mana shunday uchrashuvlar yanada ko'payishini tilab qolamiz.


Tur muxlislari -- Namanganda

"Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuvini bevosita stadiondan 22650 nafar muxlis tomosha qilib bordi. Uchrashuvni "Markaziy" stadiondan kuzatar ekanmiz muxlislar o'z jamoalarining o'yiniga yaxshigina tasir o'tkaza olishlariga guvoh bo'ldik. Ularning olqishlari "lochinlar"ni oldinga chorlab turdi. "Navbahor" fan klubining bugungi yutug'ida Farhod aka boshchiligidagi aktiv muxlislarning hissasi katta.


Tur hakami -- Temur To'xtasinov


Superliganing 23-turida faoliyat olib borgan hakamlar orasida Temur To'xtasinov yaxshi ishladi.

"Bunyodkor" - "Buxoro" uchrashuvida hakamning borligi ham unchalik bilinmadi. To'xtasinov bellashuvni bir maromda boshqardi va shu sabab uni tur hakami deb topdik.


Tur iqtibosi: "Namangandagi fantastik muhit uchun bu kabi maydonda o'ynash gunoh"

"Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze "Navbahor"ga qarshi bahsdan so'ng Namangandagi muxlislar va stadion haqida gapirib o'tdi.

"Birinchi navbatda ajoyib muhitda o'ynaganimiz maroq bag'ishlaganini yana bir bor takidlab o'tmoqchiman. Umid qilamanki, bir kun kelib "Navbahor" stadioni maydonini yaxshi holatga keltirishadi. Namangandagi maydon O'zbekistondagi eng yomon maydonlardan biri. SHunday ajoyib jamoa, fantastik muhit, super muxlislari bor jamoa bunday maydonda o'ynashi gunoh. "Navbahor" yaxshi va chiroyli futbol o'ynashni istasa, unda avvalo maydonni to'g'rilashi kerak", - dedi SHota Arveladze.


Tur goli -- Javohir Sidiqov


Turning eng chiroyli goli deb "Qo'qon-1912" yarim himoyachisi Javohir Sidiqovning "Nasaf" darvozasiga kiritgan golini topdik. Sidiqov uchrashuvning 63-daqiqasida taxminan 23-24 metrlar masofadan belgilangan jarima zarbasini Sanjar Quvvatov darvozasining to'qqizligiga juda chiroyli tarzda joylab qo'ydi.


Tur darvozaboni -- Abdumavlon Abdujalilov

"Neftchi" posboni Abdumavlon Abdujalilov AGMKni safarda taslim etilishida asosiy omil bo'ldi desak adashmagan bo'lamiz. Jasur Hasanov, Kamoliddin Murzoev, Zafar Polvonovlarning zarbalarini moxirlik bilan qaytargan Abdujalilov haqli ravishda tur darvozaboni bo'ldi.


Tur murabbiyi -- Andrey Fyodorov


Mamlakatimizning amaldagi chempioni "Lokomotiv" Bekobodda "Metallurg" mehmoni bo'ldi. Uchrashuv "temiryo'lchilar"ning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvda mehmonlar nafaqat tabloda, balki o'yin bo'yicha ham ustunlik qilishdi. "Loko" shu kuni ko'proq gol urishi ham mumkin edi, ammo jamoa o'yinchilari imkoniyatlardan foydalana olishmadi. Qiyin raqibni mehmonda mag'lub etgan va o'yin bo'yicha sindira olgan murabbiy Andrey Fyodorovni tur murabbiyi deb topdik.


Tur futbolchisi -- Javlon Ibrohimov

"Championat.asia" sayti va "Sport TV" jurnalistlari ishtirokida o'tkazilgan so'rovga ko'ra Superliga 1-bosqichining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Javlon Ibrohimov 23-turda ham jamoasining yirik g'alabasiga katta hissa qo'shdi. O'yin davomidagi faolligidan tashqari Javlon ikkinchi golda jamoasining katta tezlikda qarshi hujumga o'tib ketishida asosiy rul vazifasini bajardi va uchinchi golni o'zi urib qo'ya qoldi.


Superliga, 23-tur ramziy terma jamoasi (4-5-1)


Darvozabon: Abdumavlon Abdujalilov ("Neftchi")

Himoyachilar: Oleg Zoteev ("Lokomotiv"), Igor Golban (Navbahor), SHukurali Po'latov ("Neftchi"), Farruh Sayfiev ("Paxtakor").

Yarim himoyachilar: Javlon Ibrohimov ("Bunyodkor"), Ikrom Aliboev ("Lokomotiv"), Javohir Sidiqov ("Qo'qon-1912"), SHerzod Karimov ("Navbahor"), Elguja Grigalashvili ("Qizilqum").

Hujumchilar: Dragan CHeran ("Paxtakor")

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика