Superliga. Kumikov, Akmal va CHeran yoxud 22-tur laureatlari
18 okt 2021 14:14
Yangiliklar
Superliga. Kumikov, Akmal va CHeran yoxud 22-tur laureatlari
Championat.asia tur bahslari asosida tur laureatlarini aniqladi.
"Andijon" klubi bu tur safarda "Lokomotiv"ga qarshi o'ynadi va 2:2 hisobida durangga erishdi. "Burgutlar" so'ngi daqiqalarda gol urib, mag'lubiyatdan qutulib qolishdi. SHu bois Viktor Kumikov championat.asia sayti talqiniga ko'ra 22-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
"Metallurg" bu tur Qarshida "Nasaf" mehmoni bo'ldi va 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Bekobod klubi darvozaboni shu kuni bir qator seyvlar bilan jamoasi joniga oro kirdi, agar uning seyvlari bo'lmaganida hisob yirik ko'rinish olishi aniq edi. SHu bois Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 22-turning eng yaxshi darvozaboni Akmal Tursunboev bo'ldi.
Bu turda "Paxtakor" vakili Dragan CHeran "Qizilqum" bilan bahsda ajoyib gol urdi va tur goli muallifiga aylandi.
"Paxtakor" to'purari Dragan CHeran "Qizilqum" bilan bahsda faol o'ynadi va 3ta gol urdi. SHu tariqa, Dragan CHeran championat.asia talqiniga ko'ra 22-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> Superliga
Fikrlar