So’nggi yangiliklar

14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  0 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  3 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  3 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  5 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  2 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  4 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  1 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  1 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  8 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  7 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  27

Superliga-2018 yakunlari. Darvozabonlar statistikasi Yangiliklar

Superliga-2018 yakunlari. Darvozabonlar statistikasi

Yakuniga etgan mavsum haqidagi malumotlarni berishda davom etamiz. Bu safar jamoalarning darvozabonlari haqida so'z yuritamiz. Zero darvozabon - yarim jamoa hisoblanadi.

2018 yilgi mavsumda Superligada jami 29 nafar darvozabon maydonga tushdi.

AGMK safida eng ko'p, to'rt nafar posbon maydonga tushdi. "Buxoro", "Qizilqum", "Navbahor" va "Neftchi" jamoalarida uch nafardan darvozabonlar o'yinlarda ishtirok etishdi. Faqat "Qo'qon-1912" mavsumning boshidan oxirigacha bir posbonga ishonch bildirdi.

Qo'qonliklar posboni O'tkir Yusupov barcha 32ta o'yinda maydonga tushib to'liq o'ynagan yagona darvozabon bo'ldi.  Undan keyingi o'rinlarni 30tadan o'yin o'tkazgan "Paxtakor"dan Eldorbek Suyunov va "Lokomotiv"dan Ignatiy Nesterov band etishdi.  AGMK posboni Nizomiddin Ziyovuddinov bir marta maydonga tushdi xolos.

Maydonga tushgan eng yosh darvozabon 1999 yilda tug'ilgan Umidjon Ergashev ("Nasaf") bo'ldi. 1982 yilda tavallud topgan Mamur Ikromov ("Lokomotiv") ketma-ket ikkinchi yil chempionatimizning eng faxriy darvozaboniga aylandi.



"Qo'qon-1912" posboni O'tkir Yusupov 2018 yilgi Superligada darvozasiga belgilangan 4ta penaltidan 3tasini qaytarishga erishib rekordchiga aylandi. To'rt darvozabon esa mavsum daomida bittadan penalti qaytarishdi. Bular Suhrobjon Sultonov ("Bunyodkor"), Murodjon Zuhurov ("Bunyodkor"), Akbar To'raev ("Navbahor"), Muzaffar Abdullaev ("Neftchi").

Dilshod Hamroev 2018 yilgi mavsumni ikki klub safida o'tkazgan yagona darvozabon bo'ldi.  U birinchi davrani "So'g'diyona" safida, ikkinchi davrani "Navbahor" safida o'tkazdi.

Eng ko'p "quruq o'yin"ni Eldorbek Suyunov o'tkazdi. "SHerlar" posboni 30ta o'yinning 14tasida o'z darvozasidan gol o'tkazmadi. "Nasaf" posboni Sanjar Quvvatov 12ta uchrashuvda o'z darvozasiga "qulf solib qo'ydi". Evgeniy CHeremisin ("Qizilqum"), O'tir Yusupov ("Qo'qon-1912") va Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv") 9tadan bahsda gol o'tkazishmadi.  

Besh nafar posbon bu mavsum umuman "quruq o'yin" o'tkazishmadi. Ular Erkin Jabborov (5ta o'yinda maydonga tushgan), Umidjon Ergashev (3), SHirinboy Abdullaev (3), SHohjahon Nasimov (2) va Nizomiddin Ziyovuddinov (1).




2018 yil Superligada eng ko'p golni "Qizilqum" darvozaboni Evgeniy CHeremisin o'tkazib yubordi. Rossiyalik poson 26ta uchrashuvda jami 36 marta o'z darvozasidan to'p olib chiqishga majbur bo'ldi. "Nasaf" posboni Sanjar Quvvatov 29ta o'yinda 31ta gol o'tkazdi. O'tkir Yusuponi raqiblar 32 uchrashuvda 28 bor ranjitishdi. Eng kam golni Mamur Ikromov (2ta o'yinda 1ta gol), Aleksandr Lobanov (2ta o'yinda 1ta gol) va Nizomiddin Ziyovuddinov (1ta o'yinda 1ta gol) o'tkazishdi.

O'rtacha gol o'tkazish borasida SHohjahon Nasimov "peshqadam" bo'ldi. Yosh posbon 2ta uchrashuvda maydonga tushib 6ta gol o'tkazdi (o'rtacha bitta o'yinda 3tadan gol to'g'ri keldi). Umidjon Ergashev (o'rtacha 2,67) va SHirinboy Abdullaev (2) keyingi o'rinlarni band etishdi.

Mamur Ikromov va Aleksandr Lobanov o'rtacha har bir o'yinda 0,5ta gol o'tkazishdi. Biroq ular ikkitadan o'yinda ishtirok etishdi. 30ta o'yin o'tkazgan Eldorbek Suyunovda bu ko'rsatkich 0,8ga teng bo'ldi.

Daqiqalar bo'yicha olsak ham Ikromov va Lobanov boshqalardan ustunlik qilishdi. Ular o'rtacha har 180 daqiqada gol o'tkazdi. Suyunov har 112, Yusupov har 103, Javohir Ilyosov esa har 101 daqiqada o'z darvozasidan to'p olib chiqdi.




Nizomiddin Ziyovuddinov har 22 daqiqada o'z darvozasidan gol o'tkazgan. Artyom Makosin va SHohjahon Nasimovda bu ko'rsatkich 30 daqiqa, Umidjon Ergashevda 34 daqiqaga teng bo'ldi.

"Bunyodkor" posboni Suhrobjon Sultonov va AGMK darvozaboni Pavel Matyash qo'riqlagan darvozaga eng ko'p 5 martadan penalti belgilandi. Sultonov bitta penalti qaytargan bo'lsa, Matyash umuman penaltini qaytara olmadi.

Bu yil Superligada maydonga tushgan legioner darvozabonlar: Evgeniy CHeremisin (Rossiya, "Qizilqum"), Pavel Matyash (Qirg'iziston, AGMK), Vitaliy Mirniy (Ukraina, "Neftchi") va Milan Mitrovich (Serbiya, "So'g'diyona").

2018 yilgi mavsumda ro'yxatdan o'tgan lekin umuman maydonga tushmagan mashhur darvozabonlar: Muhiddin Xudoyorov ("Buxoro"), Sardor Qobuljonov ("Metallurg") va Sarvar Karimov ("Qo'qon-1912").


Superliga-2018 darvozabonlar statistikasi


Darvozabon

Klub

1

2

3

4

5

6

7

8

9

O'tkir Yusupov

"Qo'qon-1912"

32

2880

9

28

0,88

103

4

3

1

Ignatiy Nesterov

"Lokomotiv"

30

2700

9

27

0,9

100

4

0

0

Eldorbek Suyunov

"Paxtakor"

30

2700

14

24

0,8

112

3

0

0

Sanjar Quvvatov

"Nasaf"

29

2610

12

31

1,07

84

2

0

0

Evgeniy CHeremisin

"Qizilqum"

26

2340

9

36

1,38

65

4

0

0

Javohir Ilyosov

"Metallurg"

19

1710

7

17

0,89

101

3

0

0

Suhrob Sultonov

"Bunyodkor"

18

1620

3

24

1,33

68

5

1

1

Akbar To'raev

"Navbahor"

17

1530

7

16

0,94

96

3

1

1

Abdumavlon Abdujalilov

"Neftchi"

16

1440

3

18

1,12

80

4

1

0

Asilbek Omonov

"Buxoro"

16

1440

5

24

1,5

60

4

1

0

Roman Abdulov

AGMK

15

1350

4

18

1,2

75

1

0

0

Milan Mitrovich

"So'g'diyona"

15

1350

7

15

1

90

2

1

0

Dilshod Hamroev

"So'g'diyona" / "Navbahor"

15

1350

4

21

1,4

64

4

0

0

Pavel Matyash

AGMK

15

1324

5

20

1,33

66

5

0

0

Murodjon Zuhurov

"Bunyodkor"

14

1260

5

14

1

90

3

1

1

Akmal Tursunboev

"Buxoro"

14

1260

4

22

1,57

57

3

2

0

Botirali Ergashev

"Navbahor"

14

1260

7

13

0,93

97

1

0

0

Zafar Safaev

"Metallurg"

13

1170

4

21

1,62

56

2

0

0

Vitaliy Mirniy

"Neftchi"

9

810

2

15

1,67

54

1

0

0

Muzaffar Abdullaev

"Neftchi"

7

630

1

9

1,29

70

2

1

1

Erkin Jabborov

"Qizilqum"

5

450

0

8

1,6

56

1

0

0

SHirinboy Abdullaev

"So'g'diyona"

3

270

0

6

2

45

0

0

0

Umidjon Ergashev

"Nasaf"

3

270

0

8

2,67

34

1

0

0

Mamur Ikromov

"Lokomotiv"

2

180

1

1

0,5

180

0

0

0

Aleksandr Lobanov

"Paxtakor"

2

180

1

1

0,5

180

0

0

0

SHohjahon Nasimov

"Buxoro"

2

180

0

6

3

30

0

0

0

Xurshid Xodjaev

AGMK

2

180

1

2

1

90

0

0

0

Artyom Makosin

"Qizilqum"

2

91

1

3

1,5

30

0

0

0

Nizomiddin Ziyovuddinov

AGMK

1

22

0

1

1

22

0

0

0


Izoh: 1 - o'yinlar soni, 2 - daqiqa, 3 - "quruq o'yin"lar soni, 4 - o'tkazilgan gol, 5 - o'rtacha o'tkazilgan gol, 6 - o'rtacha nechi daqiqada gol o'tkazgan, 7 - penalti belgilangan, 8 - qaytarilgan penalti, 9 - qaytarilmagan penalti.  


Narzulla Saydullaev

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика