So’nggi yangiliklar

19:22ЖЧ-2024. Аргентина — Украина ўйини учун таркиблар маълум  0 19:15Ла Лига. "Барселона" ва "Жирона" ўртасида Каталония дербиси бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 18:58Суперлига. "Андижон" — "Локомотив" (матнли трансляция)  3 18:49ЖЧ-2024. Афғонистон Анголага қарши баҳс олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  5 18:32Саудия Арабистони терма жамоаси ўйинчиси балкондан қулаганидан сўнг оғир ҳолатда шифохонага етказилди  6 18:30РПЛ. "Акрон" ўз уйида "Химки"ни қабул қилмоқда, Эсанов ва Одилов эса... (онлайн ҳисоб)  0 18:00АПЛ. "Тоттенхэм" ва "Арсенал" ўртасида Лондон дербиси бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  3 17:30ЖЧ-2024. Лео Игита қаҳрамонга айланган учрашувда Қозоғистон ва Испания дуранг қайд этишди  6 17:20"Рома" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди. Шомуродов захирадан майдонга тушди  21 16:47ЖЧ-2024. Ливия Янги Зеландияни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 16:33Саид Бузамбу: "Ўзбекистонга қарши ўйинда пенальти бор эди"  3 15:43Нидерлания футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Спортда омадга ишонмайман"  2 15:32Украина футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Мақсадимиз қийин ҳолатдаги украин халқини бироз бўлса ҳам хурсанд қилиш"  2 14:11"Ал Насср" Роналдуда вирусли инфекцияни қайд этди, у Ироққа бормайдиган бўлди  5 13:30Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси Хитойда ўзидан икки ёш катта бўлган термаларга қарши турнирда ғолиб бўлди  1

Superliga: 18-tur laureatlari aniqlandi FOTO Yangiliklar

Superliga: 18-tur laureatlari aniqlandi FOTO

Ananamizga muvofiq Superliga 18-turining eng yaxshilarini elon qilamiz.

Tur o'yini - "Bunyodkor" - "Navbahor"

Superliganing 18-turidan o'rin olgan markaziy bahs Toshkentda bo'lib o'tdi.

"Navbahor"ni qabul qilgan "Bunyodkor" mazkur bahsda irodali g'alabani tantana qildi. O'yin murosasiz va keskin kurashlarga boy tarzda kechdi. Bellashuvni "Navbahor" ancha faol boshlagan bo'lsa, "Bunyodkor" ikkinchi bo'limda o'yin tizginini o'z qo'liga olishga erishdi. Stadionga tashrif buyurgan ishqibozlar esa bahs yanada bezab berishdi.

O'yinda dastlab mehmonlar hisobni ochishdi. Aziz Turg'unboevni to'p uzatmasidan so'ng jarima maydonchasi bo'sh qoldirilgan Ro'zimboy Ahmedov gol urishni uddasidan chiqdi. Ammo "Bunyodkor" tezda javob to'pini kiritishga muvaffaq bo'ldi. Dilshod Ahmadalievning uzoqdan yo'llagan zarbasi kichik rikoshet orqali Akbar To'raev qo'riqlayotgan darvozadan o'rin oldi. Tanaffusdan so'ng esa Javlon Ibrohimov Rayevacni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqardi va "qaldirg'ochlar" hujumchisi jamoasiga g'alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.


Tur muxlislari - Namanganlik ishqibozlar

Superliga uchrashuvlarida faqatgina "Navbahor" muxlislari boshqalardan ajralib turishibdi va doimiy faollik bilan o'z suyuklilarini hech qaerda yolg'izlatib qo'yishmayapti. Namanganlik muxlislar jamoani xoh uyda, xoh safarda bo'lsin juda chiroyli tarzda qo'llab-quvvatlashmoqda. Kechagi Toshkentdagi bahsda ham "Navbahor" muxlislari guruhi ikkita sektorni bir xil rangga burkangan holda to'ldirib o'tirishdi va muxlislik qilish bo'yicha o'ziga xos "master-klass" ko'rsatishdi. SHu boisdan ham bu gal ham yana o'sha sodiq muxlislar, yani "Navbahor" ishqibozlari tur muxlislari deya etirof etildi.


Tur hakami - Zokir Qodirov

"Nasaf" - "Qo'qon-1912" uchrashuvini boshqarib borgan Zokir Qodirov brigadasi o'yinni yaxshi o'tkazdi. Qodirov uchrashuvni hech qanday qo'pol xatolarsiz boshqardi. Asabiy va har ikkala jamoa uchun muhim ahamiyat kasb etgan bellashuvda hakam ishi yaxshi baholandi. SHu boisdan Zokir Qodirov Superliganing 18-turida ishlagan hakamlar ichidan eng yaxshisi deb topildi.


Tur matbuot xizmati - "So'g'diyona"

Mazkur turda Jizzaxning "So'g'diyona" klubi matbuot xizmati ancha kuchli ishtiyoq bilan ishladi. Superliganing 18-tur doirasidagi "Lokomotiv"ga qarshi o'yin oldidan va uchrashuvdan keyingi jarayonlarni operativ hamda yaxshi saviyada yoritishni uddasidan chiqdi. Klub matbuot xizmati professional ishlashga, ishga yondoshuvni o'zgartirishga harakat qilayotgani ko'zga tashlangani uchun ham bu gal "So'g'diyona" matbuot xizmati etirof etishga loyiq.


Tur iqtibosi: "Bunday ob-havo sharoitida nafaqat futbol o'ynash, balki ko'chada yurish ham qiyin. Mutaxassislar xatto ko'chaga chiqmaslikka ham chaqirishyapti"

"Bunyodkor" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov "Navbahor"ga qarshi o'yindan keyin nega Superligada o'yin sifatiga putur etayotganini quyidagicha izohladi.

"Ustiga-ustak kunning juda ham issiq bo'layotgani ham o'z tasirini o'tkazmay qolmayapti. Bunday ob-havo sharoitida nafaqat futbol o'ynash, balki ko'chada yurish ham qiyin. Mutaxassislar xatto ko'chaga chiqmaslikka ham chaqirishyapti. O'zi odatda iyul oyida davralar oralig'idagi tanaffus bo'lardi. JCH-2018 sabab bu tanaffus iyun oyiga to'g'ri keldi", - dedi Mirjalol Qosimov.


Tur goli - Bobir Abdixoliqov

"Nasaf" hujumchisi Bobir Abdixoliqovning "Qo'qon-1912" darvozasiga kiritgan ajoyib to'pi turning eng chiroyli goli deya etirof etildi. Saydullo Rahmatovni to'pni qabul qilib olgan Bobir Abdixoliqov chiroyli driblinglari bilan raqib himoyachilarini aldab o'tib, to'pni darvozaning uzoq burchachiga joylab qo'ydi.


Tur darvozaboni - Milan Mitrovich

"So'g'diyona" darvozaboni Milan Mitrovich bu turda eng yaxshi darvozabon deb topildi.

Mazkur turda darvozabonlarga ko'p ish ham topilmadi. Jamoalarning aksariyat hujumlari to'g'ri zarbaga qadar etib bormagani tufayli darvozabonlarga o'zlarini ko'rsatish uchun imkoniyat bo'lmadi. Jizzaxda amaldagi chempion "Lokomotiv" bu turda raqib darvozasi tomon yo'l topa olmadi. "So'g'diyona" darvozaboni bir vaziyatda jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoluvchi seyvni amalga oshirgani uchun tur darvozaboni deya Milan Mitrovich etirof etildi.


Tur murabbiyi - Mirjalol Qosimov

"Bunyodkor" mazkur turda o'z uyida chempionlik uchun kurashayotgan "Navbahor"ni qabul qildi. Olti ochkolik o'yinga aylangan mazkur bahsda "Bunyodkor" mag'lubiyatni g'alabaga aylantira olishni uddaladi. Yuqori ahamiyatga ega va markaziy o'yin statusidagi bahsda g'alaba qozongan jamoa ustozi Mirjalol Qosimov haqli ravishda turning eng yaxshi murabbiyi deya etirof etildi.


Tur futbolchisi - Yovan Jokich

AGMKning tayanch yarim himoyachisi "Buxoro"ga qarshi kechgan bahsda to'liq o'zini ko'rsatdi va uchrashuvni juda yaxshi saviyada o'tkazdi. AGMK Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi o'zining ilk g'alabasini aynan Jokichning kiritgan gollari evaziga qo'lga kiritdi. Jokich dastlabki golini penaltidan, ikkinchi to'pini esa o'yindan urdi. SHuningdek, Jokich uchrashuv davomida xet-trik qayd etishi ham mumkin edi. Garchi tayanch yarim himoyachi bo'lishiga qaramasdan, Jokich mazkur uchrashuvda o'z ishini oshig'i bilan bajardi va tur futbolchisiga aylandi.


Superliga, 18-tur ramziy terma jamoasi (4-4-2):

Darvozabon: Milan Mitrovich ("So'g'diyona")
Himoyachilar: Azamat Isroilov (AGMK), G'olib G'aybullaev ("Nasaf"), Sardor Qulmatov ("So'g'diyona"), Akrom Komilov ("Bunyodkor")
Yarim himoyachilar: Yovan Jokich (AGMK), Javlon Ibrohimov ("Bunyodkor"), Artur Gevorkyan ("Qizilqum"), Jasur Hasanov (AGMK)
Hujumchilar: Ismael Gonsalvesh ("Paxtakor"), Bobir Abdixoliqov ("Nasaf")


To'purarlar:
1. Marat Bikmaev ("Lokomotiv") - 9 (3 penalti)
1. Tiago Bezerra ("Paxtakor) - 9
1. Ismoil Gonsalvesh ("Paxtakor") - 9 (6 penalti)
2. Javlon Ibrohimov ("Bunyodkor") - 8 (1 penalti)
3. Elguja Grigalashvili ("Qizilqum") - 7
3. Murod Xolmuhammedov ("Qo'qon-1912") 7 (barchasi penalti)


Assistentlar:
1.Sardor Sobirxo'jaev ("Bunyodkor") - 8
2.Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor") - 5
2.Oleg Zoteev ("Lokomotiv") - 5
2.Murodjon Toshmatov ("Bunyodkor") - 5
2.Azizbek Turg'unboev ("Navbahor") - 5
3.Jasur Hasanov (AGMK) - 4
3.Salamat Qutibaev ("Buxoro") - 4
3.Sardor Sulaymonov ("Navbahor") - 4
3.Dragan CHeran ("Paxtakor") - 4
4.Arslonmurot Amonov ("Buxoro") - 3
4.Tiago Bezerra ("Paxtakor") - 3
4.Bahrom Abduraximov ("Paxtakor") - 3
4.Doniyor Hasanov ("So'g'diyona") - 3
4.Artur Gevorkyan ("Qizilqum") - 3
4.Doniyor Usmonov ("Qizilqum") - 3
4.Sanat SHixov ("Buxoro") - 3
4.Sanjar SHoahmedov ("Lokomotiv") - 3
4.Azam Aliev ("Navbahor") - 3
5.Dilshod Rahmatullaev ("Paxtakor") - 2
5.Doniyor Narzullaev ("Nasaf") - 2
5.SHohnazar Norbekov (AGMK) - 2
5.Zafar To'raev ("Metallurg") - 2
5.Azamat Allaniyazov ("Navbahor") - 2
5.Samandar SHodmonov ("Qizilqum") - 2
5.Sardor Rashidov ("Lokomotiv") - 2
5.Sadriddin Abdullaev ("Lokomotiv") - 2
5.Sardor Mirzaev ("Lokomotiv") - 2
5.Kaxi Maxaradze ("Lokomotiv") - 2
5.SHuhrat Muhammadiev ("Lokomotiv") - 2
5.Xurshid G'iyosov ("Bunyodkor") - 2
5.Nemanya Yovanovich ("Qizilqum") - 2
5.Ayubxon No'monov ("Navbahor") - 2
5.Islom Isoqjonov ("Metallurg") - 2
5.SHahzod SHaymanov ("Metallurg") - 2
5.Stanislav Andreev ("Metallurg") - 2
6.Sergey Ruseckiy ("Buxoro") - 1
6.Nenad Inyac ("Navbahor") - 1
6.Otabek Zokirov ("Metallurg") - 1
6.Suhrob Nurulloev ("Metallurg") - 1
6.Nurullo To'xtasinov ("So'g'diyona") - 1
6.Nemanya Yovanovich ("Qizilqum") - 1
6.Elguja Grigalashvili ("Qizilqum") - 1
6.Filip Raevac ("Bunyodkor") - 1
6.Javlon Ibrohimov ("Bunyodkor") - 1
6.Islom Rashidxonov ("Nasaf") - 1
6.Saydullo Rahmatov ("Nasaf") - 1
6.Ismoil Gonsalvesh ("Paxtakor") - 1
6.Azim Ahmedov ("Paxtakor") - 1
6.SHerzod Azamov ("Paxtakor") - 1
6.Jasur Yaxshiboev ("Paxtakor") - 1
6.Farruh Sayfiev ("Paxtakor") - 1
6.Izzat Abdullaev ("So'g'diyona") - 1
6.Sardor Azimov ("So'g'diyona") - 1
6.Sardor Qulmatov ("So'g'diyona") - 1
6.SHahzod Nurmatov ("Bunyodkor") - 1
6.Slavko Lukich ("Nasaf") - 1
6.Islom Kenjaboev ("Nasaf") - 1
6.Bahodir Nasimov ("Buxoro") - 1
6.Javohir Qahramonov ("Buxoro") - 1
6.SHahboz Erkinov ("Buxoro") - 1
6.Ikrom Aliboev ("Lokomotiv") - 1
6.Islom To'xtaxo'jaev ("Lokomotiv") - 1
6.Marat Bikmaev ("Lokomotiv") - 1
6.Abror Husinov ("Metallurg") - 1
6.Darko Gojkovich ("Qo'qon-1912") - 1
6.Zohid Abdullaev ("Metallurg") - 1
6.Muhammad Isaev ("Metallurg") - 1
6.Alisher Sanoev ("Qizilqum") - 1
6.Aleksandr Merzlyakov ("Qo'qon-1912") - 1
6.Milan Spremo ("Qo'qon-1912") - 1
6.Xurshid Asqaraliev ("Neftchi") - 1
6.Murod Bobojonov ("Neftchi") - 1
6.Mirg'iyos Sulaymonov ("Bunyodkor") - 1
6.Murod Xolmuhammedov ("Qo'qon-1912") - 1
6.Zafar Polvonov (AGMK) - 1
6.Azamat Isroilov (AGMK) - 1
6.Sanjar Rashidov ("So'g'diyona") - 1
6.Dilshod Ahmadaliev ("Bunyodkor") - 1
6.Eldorbek Suyunov ("Paxtakor") - 1

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика