So’nggi yangiliklar

00:05А Серия. "Рома" — "Милан". Таркиблар маълум!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Наполи"ни йирик ҳисобда таслим қилди  3 23:43"Арсенал"нинг 13 ўйиндан иборат мағлубиятсиз сериясига МЮ нуқта қўйди  25 23:40Кэррикдан супер старт! "Манчестер Юнайтед" унинг қўл остида "Арсенал" ва "Ман Сити"ни мағлуб этди  13 23:32Эндрикдан хет-трик! "Лион" сафарда "Метц"ни тор-мор этди  2 23:30АПЛ. "Манчестер Юнайтед" сафарда "Арсенал"ни мағлуб этди  32 22:18"Барселона" "Овьедо"ни аяб ўтирмади ва Ла Лига пешқадамига айланди  17 21:30"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  96 21:23"Сурхон" голларга бой баҳсда Россия клубини мағлуб этди  10 21:12АПЛ. "Челси" топ-4га қайтди, "Астон Вилла" эса "Ньюкасл"ни сафарда мағлуб этди  4 20:54Назорат ўйини. "Насаф" "Енисей"га ютқазди  23 20:13"Атлетико" ўз уйида "Мальорка"ни тор-мор этди  4 20:01Назорат баҳси. Самарқанднинг "Динамо"си Россиянинг 6 карра чемпиони ЦСКАни мағлуб этди  33 19:30"Актобе" Португалия терма жамоаси афсонаси Луиш Нани билан шартнома имзолади  11 19:15ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум  77

Superliga. 14-tur laureatlari Yangiliklar

Superliga. 14-tur laureatlari

Kuni kecha Superliganing 14-turidan o'rin olgan o'yinlar yakunlandi.

Championat.asia tur bahslari asosida tur laureatlarini aniqladi.

"Surxon" klubi bu tur Bekobodda "Metallurg"ga qarshi o'ynadi va bir kishi kam bo'lib g'alabaga erishdi. Termiz klubi 59-daqiqadan boshlab 10 kishi bo'lib qoldi va shunga qaramay so'nggi daqiqalarda penaltidan gol urib safardan o'ta muhim 3 ochko bilan qaytdi. SHu bois Bahrom Haydarov championat.asia sayti talqiniga ko'ra 14-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.



"So'g'diyona" bu tur Olmaliqda "Navbahor"ni qabul qildi va kichik hisobda g'alaba qozondi - 1:0. Ushbu bahsda mezbonlar posboni Milan Mitrovich juda yaxshi o'ynadi. U bellashuv davomida jamoasini bir necha bor muqarrar gollardan saqlab qoldi. SHu bois Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 14-turning eng yaxshi darvozaboni Milan Mitrovich bo'ldi.  



Bu turda "Andijon" yarim himoyachisi Vladislav Vasilev burchak zarbasidan to'pni to'g'ri "Qizilqum" darvozasiga kiritdi va tur goli muallifiga aylandi. 




Yuqorida takidlanganidek "Surxon" bu tur "Metallurg"ni safarda 1:0 hisobida mag'lub etdi. SHu kuni termizliklar safida Jasur Xolto'raev juda faol o'ynadi va aynan unga nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan keyin bosh hakam "Metallurg" darvozasiga penalti belgiladi. O'sha penaltidan urilgan gol esa o'yin taqdirini hal qildi. SHu tariqa, Jasur Xolto'raev championat.asia talqiniga ko'ra 14-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.




Coca Cola Superliga. 14-tur ramziy terma jamoasi        


O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> Superliga

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика