Superkubok. Ravshan Ermatov mutlaq rekordchi
24 fev 2022 13:39
Yangiliklar
Superkubok. Ravshan Ermatov mutlaq rekordchi
27 fevral kuni Yaypan shahri O'zbekiston Superkubogiga mezbonlik qiladi.
Ushbu uchrashuvda Akobirxo'ja SHukurullaev boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishlashi malum qilindi.
Akobirxo'ja 7-bor o'tkazilayotgan Superkubok bahslarida ishlaydigan 5-referiga aylanadi. SHukurullaevga qadar bu maqomdagi o'yinlarda ishlash G'ayrat Karimov, Ravshan Ermatov, SHerzod Qosimov va Vadim Agishevga nasib qilgan edi.
Malumot uchun, O'zbekiston Superkubogida eng ko'p ishlagan bosh hakam Ravshan Ermatov hisoblanadi (3 marta - 2014, 2015, 2016). Boshqa hech bir referi Superkubok bahsida bir martadan ortiq ishlamagan.
Fikrlar