Bahrom Haydarov: "Durangga haqli edik"
14 mar 2025 22:11
Yangiliklar
Bahrom Haydarov: "Durangga haqli edik"
Superliganing 2-turi doirasida "Neftchi"ga qarshi o'yindan keyin "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida qatnashdi.
- Farg'onaga ham futbol mavsumi kirib keldi. Bu bilan "Neftchi" muxlislarini tabriklayman. Bugun durang bo'ldi. Ochilish o'yinida istalgan mezbon jamoa, "Neftchi" ham yutgisi keladi. Istalgan ochilish o'yinida mezbon jamoa bahs boshida bosim o'tkazadi. O'yinga shunday tayyorlandikki, dastlabki 15-20 daqiqalikdagi bosimdan chiqib ketishimiz kerak edi. Birinchi bo'limda biz shunga erishdik. Ikkinchi bo'limda esa hisobni ushlab qolishni o'yladik shekilli, o'yin yakuni arafasida himoyada o'ynadik. "Neftchi"da bir qancha vaziyatlar bo'ldi. Lekin darvozamizni goldan saqlay oldik. Shunday bo'lsa-da, durangga haqli edik deb hisoblayman, - dedi Bahrom Haydarov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar