APLda oyning eng yaxshi futbolchisi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
15 mar 2025, 01:16
"Liverpul" vingeri Muhammad Saloh APLda oyning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

Misrlik futbolchi fevral oyi yakunlariga ko'ra eng yaxshi futbolchilar tanlangan  so'rovnomada muxlislar va ekspertlar tomonidan eng ko'p ovoz yig'di.

Shu orqali u APLda ettinchi marta bunday etirofga loyiq ko'rildi va bu borada Xarri Keyn va Serxio Agueroga yetib oldi.

Saloh APLda o'tgan oyda 6 o'yinda qatnashib, 6 gol va 4 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: premierleague.com