"Liverpul"ning ikki yulduzi shartnomalarini uzaytirishga tayyor

Alisher
8 dek 2024, 12:28
"Liverpul" Virjil van Deyk va Muhammad Salah bilan kelishuvga yaqin.

Niderlandiyalik va misrlikning amaldagi shartnomalari joriy mavsum so'nggida yakuniga etadi. 33 yoshli himoyachi va 32 yoshli forvard klub bilan kelishuvni uzaytirishga tayyorliklarini bildirishdi. Shu bilan birga, Trent Aleksander-Arnoldning kelajagi noma'lum, u kelasi yilning yozida erkin agent maqomida "Real"ga qo'shilishi mumkin.

Virjil van Deyk 2018 yilning boshidan beri, Muhammad Salah esa 2017 yilning yozidan beri "Liverpul"da o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Insider