So’nggi yangiliklar

19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  0 19:03"Сўғдиёна" — "Насаф". Таркиблар маълум  2 19:00Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  14 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  1 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  2 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4

Nikola Lazarevich: "Kim bunday maydonda futbol o'ynashga ruxsat beryapti? Kimga shikoyat qilishim kerak? Maydonga tushib, holat qanday ekanligini ko'rib oling" Yangiliklar

Nikola Lazarevich: "Kim bunday maydonda futbol o'ynashga ruxsat beryapti? Kimga shikoyat qilishim kerak? Maydonga tushib, holat qanday ekanligini ko'rib oling"

Superliganing 2-turi doirasidan o'rin olgan "Buxoro" - "Qizilqum" (2:0) bahsidan keyin "Qizilqum" bosh murabbiyi Nikola Lazarevich matbuot anjumanida qatnashdi.


"Buxoro"ni g'alaba bilan tabriklayman. Shunday o'yin bo'lishini kutgandik. Raqibimiz asosan uzun paslar orqali futbol namoyish etishini taxmin qilgandim. Biz o'yinga yaxshi tayyorlangandik. Raqib ikkinchi zonada yaxshi harakat qilishini va asosan o'sha erdan qarshi hujumlarni boshlashini kutgandik.

Bir narsani aytib o'tishim kerak, men maydonning yomon holati bo'yicha kecha shikoyat qilgandim. Bu gaplarim bilan "Buxoro"ning g'alabasini qadrsizlantirishga harakat qilmayapman. Bu so'zlarimning raqibimizning g'alabasiga aloqasi yo'q. Bugun stadionga kelganimda, hech nima o'zgarmaganini ko'rdim. Bu masala bo'yicha kimga savol berishim kerak. Futbol Associaciyasigami yoki qaysi tashkilotga? Kim bunday maydonda futbol o'ynashga ruxsat beryapti? Keyingi o'yinlarda bunday maydonda o'tkaziladigan bo'lsa, ochig'ini nima deyishni bilmayman. Tashkilotlarga apellyaciya berishim kerakmi deb o'ylayman. Faqatgina shundan so'ng bu masalaga etibor berishsa kerak. Yana bir bor takrorlayman, bu gaplarim, raqibimizning g'alabasiga aloqador emas. Biz o'ylagan reja ish bermadi. Birinchi golni qanday o'tkazib yuborganimizni ko'rdingiz. Darvozabon maydonchasida maydon sifati juda-juda yomon edi. Omadimiz kelmadi va birinchi golni o'tkazib yubordik. Keyin esa "Buxoro" ortga qaytdi va tartibli himoyalandi. Raqibimiz qarshi hujumlarda yaxshi harakatlanishini bilardik. "Buxoro" g'alabaga loyiq edi. Endi o'yinni tahlil qilib chiqishimiz kerak. Qaerda qanday xatoga yo'l qo'yganligimizni bilib olib, oldinga yurishda davom etishimiz lozim" - dedi Nikola Lazarevich bugungi bahs yakunlanganidan so'ng.

- "Qizilqum" birinchi turda raqib jamoaning xatosidan unumli foydalangandi va yakunda g'alaba qozongandi. Bugun "Buxoro" xatoga yo'l qo'ymadimi yoki "Qizilqum"ning o'yini qovushmadimi?

- Har bir jamoa raqib imkon bergan darajada o'ynaydi. Ayrim bir vaziyatlarda yaxshiroq harakat qilishimiz mumkin edi.

- Bugun "Qizilqum" ko'plab hujumlarini yakunlay olmadi. Jamoangizning ko'plab sonli hujumlari yakuniy zarbasiz qolib ketdi. "Qizilqum" nega o'z hujumlarini zarba bilan yakunlay olmadi? 

- Yana bir bor takrorlayman. Xohlasangiz, maydonga tushib, holatni o'zingiz ko'rib oling. Darvoza maydonchasi qanday holatda ekanligini ko'rib olasiz. Jarima maydoni zonasi qanday ko'rinishda ekanligini bilib olasiz. Imkon bo'lsa, rasmga ham olib qo'ying. To'g'ri, men aytayotgan narsa bugungi barcha muammolarimizning bor-yo'g'i bir sababi. Mag'lubiyatimiz sabablari esa juda ko'p. Masalan, barcha sharoitlar yaxshi bo'lganda jarima maydonchasida bo'lgan chog'imizda yaxshi zarba berishimiz mumkin edi. Yana bir bor takrorlayman, bu gaplarim bilan "Buxoro"ning g'alabasini qadrsizlantirmoqchi emasman. Mening gaplarim, ushbu masalaga javobgar tashkilotga. Associaciyami u tashkilot yoki boshqasi, bilmayman. Ushbu masalaga keyingi turlarda etibor berilishi kerak. Faqatgina "Qizilqum" o'ynaydigan maydonlarda emas, boshqa jamoalar ham kelajakda shu erda o'ynashadi.



- Savolim Dushan Miyich haqida. Miyich o'tgan mavsumni markaziy himoyachi poziciyasida o'ynagan edi. Yangi mavsumda esa u boshqa poziciyalarda o'ynamoqda. Bunga sabab nima? Siz uni boshqa ampluada ko'rmoqdamisiz?

- Dushan Miyich yarim faoliyatini qanot himoyachisi sifatida o'tkazgan. Siz u haqda ko'proq qiziqsangiz, u ko'proq qanot himoyachisi sifatida o'ynaganini bilib olasiz. U o'tgan mavsumda nega markaziy himoyada o'ynaganini bilmayman, to'g'risi. "Qizilqum"da markaziy himoyachi poziciyasida muammo yo'q.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика