Ushbu mavsum ECHLda ko'p mablag'ni qaysi klub ishlab topdi?
14 mar 23:50
Yangiliklar
Ushbu mavsum ECHLda ko'p mablag'ni qaysi klub ishlab topdi?
Yangi formatda o'tayotgan ECHL uchun 2, 47 mlrd evro ajratilgan. Unga ko'ra, har bir klub guruh bosqichida ishtiroki uchun 18,8 mln evrodan ishlab topgan. Har bir g'alaba uchun 2,1 mln evro, durang uchun esa 700 ming evrodan ajratilgan.
1/8 finalga chiqqan jamoalarda 11 mln evrodan, chorak finalga chiqadiganlarga esa 12,5 mln evrodan, yarim finalga 15 mln evrodan, finaldagi ishtiroki uchun esa 18,5 mln evrodan mablag' ajratiladi. Hal qiluvchi bahsda g'olib bo'ladigan jamoaga esa 6,5 mln evro taqdim qilinadi. Shu orqali ECHL g'olibi eng ko'pi bilan 200 mln evro ishlab olishi mumkin.
"Mundo Deportivo" malumotiga ko'ra, ayni damda 1/8 final yakunlari orqali "Bavariya"inng eng ko'p mablag' ishlab topganini ko'rish mumkin - 106 mln evro.
Keyingi o'rinlarda PSJ (104,4 mln evro), "Inter" (103,1 mln), "Borussiya" D (102,2 mln), "Arsenal" (102 mln), "Barselona" va "Real Madrid" (101 mlndan) qayd etilgan.
ECHLning 1/8 finalida "Real"dan mag'lub bo'lgan "Atletiko" 85 million evro ishlab olgan. UEFA rasmiy sayti yaqin haftalarda ushbu malumotlarni tasdiqlashi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонида Ҳамробеков тўп тепаётган "Трактор"га ютқазди
МЛС. Мессининг супер ўйини "Интер Майами"ни ярим финалга олиб чиқди
Винисиус "Реал"дан йилига 30 млн. евро талаб қиляпти, аммо "Реал"...
Ла Лига. "Реал" "Эльче" билан ўйинда қоқилди, аммо биринчи ўринда қолди — "Барселона" билан орадаги фарқ 1 очко
Fikrlar