So’nggi yangiliklar

07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  9 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  7 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   17 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12

Super yangilik! "CA" o'quvchilari endi Italiya, Ispaniya va Franciya chempionatlarini tomosha qiladilar! Yangiliklar

Super yangilik! "CA" o'quvchilari endi Italiya, Ispaniya va Franciya chempionatlarini tomosha qiladilar!

Saytimiz o'quvchilari uchun ajoyib yangilik!
Bugundan boshlab Ispaniya, Italiya va Franciya chempionatlarini Markaziy Osiyoda ko'rsatish huquqiga egalik qiluvchi "Setanta Sport" kompaniyasi Malayziyaning "Aleziya" kompaniyasi bilan hamkorlikda mazkur chempionat o'yinlarini O'zbekiston veb saytlarida ko'rsatish huquqini "Championat.asia" saytiga taqdim etdi.

"Setanta Sport" va "Aleziya" hamkorligida amalga oshgan loyiha nima uchun aynan bizning saytimiz bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydilar? Ikki takshkilot tomonidan tuzilgan monitoring xizmati, asosiy etibonni mamlakat birinchiligi hamda terma jamoaga qaratayotganligi uchun "CA"ni hududdagi katta o'sishga erishayotgan sayt deb baholadi.

O'zbekistonlik muxlislarni xorij futboliga qiziqishlarini inobatga olgan holda, hududda "Real" va "Barselona", "Yuventus" va "Milan", Zlatan Ibragimovich to'p tepayotgan "Franciya" chempionati qiziq bo'lishiga ishonamiz. Qolaversa muxlislar, "Setanta Sports" va "Setanta Sports +" kanallari orqali paralel ravishda turning bir yo'la ikki markaziy o'yinlarini ko'rish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

"Setanta sport" quyidagi sport musobaqalarini to'g'ridan-to'g'ri translyaciya qiladi:

Futbol
Ispaniya chempionati
Italiya chempionati
Franciya chempionati
Ispaniya Kubogi
Angliya Kubogi (FA Cup)
Futbol ligasi kubogi (Capital One Cup)
AQSH chempionati (MLS)
O'rtoqlik o'yinlari

SHungidek: Xokkey, Formula-1 va Boks, Regbi va Golf kabi sport turlarini to'g'ridan-to'g'ri tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

"O'zbekistonda futbol birinchi raqamli sport turi. Biz esa O'zbekiston hududida kuchli chempionat o'yinlarini ko'rsatish huquqiga egaliq qilamiz. 2015 yildan boshlab O'zbekistonda ham kuchli chempionat o'yinlarini ko'rsatishni reja qildik. Oldimizda bir qator saytlar turar edi. Biz 3 oy davomida yaxshilab o'rganishimiz natijasida, "CA" nomzodida to'xtaldik. Qolaversa sayt vakillarini Osiyo Kubogidagi faoliyatini ham kuzatdik. Osiyodagi qator hamkorlarimiz bilan suhbat davomida, keyinchalik Markaziy Osiyo futbolini yoritishni maqsad qilayotgan sayt bilan hamkorlik qilishni maqul ko'rdik. Boisi bizning kompaniya uchun Markaziy Osiyo bozori qiziq va biz aynan shu hududlar uchun translyaciya huquqini beramiz", - deydi kompaniya vakili Rotanakvichea.
 
O'z navbatida O'zbekiston hududida aynan bizning saytimiz bilan hamkorlik qilish istagini bildirgan "Setanta Sport" va "Aleziya" kompaniyalariga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Umid qilamiz hamkorligimiz uzoq yillarga cho'ziladi.

Mazkur kanal imkon qadar uy sharoitidagi internetda ko'rishga mo'ljallangan bo'lib, hozirda sinov vazifasini o'tayapti. Barcha texnik masalalar ijobiy hal qilinganidan keyin, o'quvchilar uchun maxsus tariflarni elon qilamiz va siz yil davomida o'zingiz istagan qiziqarli o'yinlarni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Bugun esa siz aziz o'quvchilar, Ispaniyada Madrid derbisi! "Atletiko" va "Real" jamoalari ishtirokidagi o'yinni to'g'ridan-to'g'ri tomosha qilishlari mumkin bo'ladi.

Qaydnomadan o'tayotganingizda telefoningiz raqamini to'liq kodlari bilan ko'rsatishingiz lozim. "+" esa qo'yilmaydi.

Masalan: 99894 6xxxxxx

Endi aleziya.com sayti orqali yuqoridagi chempionat bahslarini bemalol tomosha qilishingiz mumkin. Sayt to'lig'icha TAS-IX hududida joylashgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика