So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  1 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  2 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Super to'qnashuv. Braziliya vs Argentina (prevyu) Yangiliklar

Super to'qnashuv. Braziliya vs Argentina (prevyu)

3 iyul tongida Argentina hamda Braziliya Kopa Amerika finaliga chiqish uchun bellashishadi.

Turnir mezboni va uning bosh favoriti hozirgacha mag'lubiyatga uchramadi va birorta gol o'tkazib yuborgani yo'q. Braziliya guruh bosqichida Boliviya (3:0) va Peruni (5:0) osonlikcha mag'lub etdi, Venesuela bilan (0:0) biroz qiynaldi va xotirjamlik bilan birinchi o'rinni egalladi. CHorak finalda haqiqiy muammo paydo bo'ldi. Paragvay chaqilmas yong'oq ekanligini isbotladi. Penaltilar seriyasida omad braziliyaliklarga kulib boqdi.

Argentina yarim final yo'lida bunday sifat bilan maqtana olmaydi. Lionel Skaloni jamoasi turnirni shov-shuvli mag'lubiyat (0:2) bilan boshladi. Kolumbiya argentinaliklarni taslim etdi. Navbatdagi bahs Paragvayga qarshi bo'ldi va bu uchrashuv ham omadsiz yakunlandi (1:1). Argentina guruhda faqat Osiyo chempioni Qatarni mag'lub etishga erishdi (2:0). SHunga qaramay, "albiseleste" chorak finalda Venesuelani ishonch bilan taslim qildi (2:0) va yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.


Muhim malumotlar

- Braziliya o'zining so'nggi uchrashuvini yaxshi o'tkaza olmadi va yana penaltidan mag'lub bo'lishga yaqin edi. Tite jamoasi uzoq vaqt Paragvay darvozasi oldida vaziyat yaratishga qiynaldi va 58-daqiqadagi chetlatishdan so'ng braziliyaliklarning o'yini tezlashdi. Ammo qolgan yarim soatda ham raqib darvozasi tamg'alanmadi. Penaltilar seriyasida omad kuldi: Paragvayning birinchi zarbasi noaniq ketdi, Roberto Firminoning xatosiga Derlis Gonsales xuddi shunday javob berdi.

- Braziliya terma jamoasi yosh hujumchisi Gabriel Jezusning o'yin sifatiga ko'pchilik shubha bilan qarashmoqda. Futbolchi milliy jamoadagi 29ta uchrashuvda 16ta gol urdi, biroq bularning ko'pi o'rtoqlik o'yinlarida bo'lgan. Jezus rasmiy maqomdagi ketma-ket 9ta uchrashuvda darvozani ishg'ol qila olmayapti. So'nggi marta u Rossiyadagi JCHda golli pas bergandi, gol esa 1,5 yil oldin CHiliga qarshi bo'lgan bahsda urilgan.

- Ushbu bahsdan oldin Braziliyaning bazi futbolchilari maydonga tushishi so'roq ostida. Vinger Risharlison tepki kasalligiga chalingani tufayli chorak final bahslarida ishtirok etmadi. Uni qolganlardan ajratishdi, boshqa futbolchilar esa emlandi. Fernandinoning tizzasida muammo bor, Filipe Luis ham avvalgi o'yingacha oyoqqa tura olmadi.

- Argentina terma jamoasi o'zining so'nggi bahsida g'alabaga erishgan yarim finalning yagona jamoasi. Skaloni shogirdlari bor kuchini ishga solishdi. Ular hammasini birinchi gol hal qilishini bilishardi. SHunday ham bo'ldi. "Oq-havoranglilar" turnirdagi eng yaxshi o'yinini ko'rsatishdi.

- Lionel Skaloni tarkibida ilk marta muammo yo'qdek ko'rinmoqda. Oldinroq yarim himoyachi Leandro Paredes va hujumchi Rodrigo de Paulda muammo bor edi, ammo ikkala futbolchi ham Venesuelaga qarshi bahsda maydonga tushishdi. Hozir jamoaning barcha etakchilari tayyor bo'lishlari kerak.

- Braziliya va Argentina o'rtasidagi bahs "El-Klassiko" kabi tarixiy uchrashuv hisoblanadi. Jamoalar o'zaro 115ta uchrashuv o'tkazishgan va ulardagi g'alaba va mag'lubiyatlar soni deyarli teng. Biroz ustunlik 46ta g'alabaga erishgan braziliyaliklar tomonda, Argentinada esa 43ta. 23ta o'yinda g'olib nomi aniqlanmagan.

- Ammo Kopa Amerikada g'alaba "albiseleste" tomonda. Argentina bu turnirda Braziliyaga qarshi 32ta uchrashuv o'tkazgan va 15tasida g'alaba qozonib, 8ta durang qaqyd etgan. Hamma muvaffaqiyatlar o'tgan asrda qayd etilgan. Bu jamoalar Kopa Amerikada to'qnash kelmaganiga 12 yil bo'ldi, so'nggi 4ta bahsda Braziliyaning qo'li baland kelgan: 2tasi asosiy vaqtda, 2tasi penaltilar seriyasida.

- Tajribali mutaxassis Tite Argentinaga qarshi uch marta to'qnash kelgan. Uning jamoasi JCH saralashida argentinaliklarni 3:0 hisobida er tishlatgan. Yana bir o'rtoqlik o'yinida zafar quchilgan va bitta bahsda kichik mag'lubiyat qayd etilgan. Lionel Skaloni esa faqat assistent sifatida Braziliyaga qarshi bitta o'yin o'tkazgan. Bahs mag'lubiyat bilan yakunlangan.

-  Uchrashuvni ekvadorlik yosh murabbiy Roddi Sambrano boshqaradi. Joriy Kopa Amerikada u Boliviya hamda Peru o'rtasidagi bahsda ishlashga ulgurdi va 5ta sariq kartochka ko'rsatib, penalti qo'ydi. U bir qator noaniq qarorlar qabul qildi. Umuman olganda u o'tgan mavsum har o'yinda o'rtacha 4,7dan kartochka ko'rsatgan. Sambrano Braziliya o'yinida ikki marta ishlagan - g'alaba va CHilidan uchralgan mag'lubiyat. Argentina ishtirokidagi uchrashuvlar ham ikkita bo'lgan. Venesuela bilan durang va Kolumbiya ustidan qozonilgan g'alaba.



Taxminiy tarkiblar

Braziliya: Beker, Sandro, Silva, Markinos, Alves, Artur, Kasemiro, Everton, Koutino, Jezus, Firmino.


Argentina: Armani, Talyafiko, Otamendi, Pesselya, Foyt, Akunya, Paredes, De Paul, Messi, Aguero, Martines.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика