So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  0 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  2 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  8 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  16 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

Sunnatilla Abdullajonov: “Raqobatchilarimiz bilan o'yinlarda iloji boricha ko'proq ochko ishlashimiz kerak” Yangiliklar

Sunnatilla Abdullajonov: “Raqobatchilarimiz bilan o'yinlarda iloji boricha ko'proq ochko ishlashimiz kerak”

Yaypanning “Turon” jamoasi Superliganing 20-turida safarda “Paxtakor” mehmoni bo'ldi (1:3).

Ushbu uchrashuvdan so'ng mehmonlarning tezkor futbolchisi Sunnatilla Abdullajonov fikrlarini bilan o'rtoqlashdi.

“Ikki bo'limda ham yaxshi o'ynadik. 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchrayotganimizda ham vaziyatlar yaratdik. Foydalanishga kelganda sovuqqonlik etishmadi. Agar shu pallada gol urib ketganimizda, o'yin butunlay boshqacha kechishi mumkin edi. Biz hujumdagi imkoniyatlardan foydalanmaganimiz uchun yakunda gol o'tkazib yubordik”, – deydi Sunnatilla Abdullajonov. 

- “Turon” qandaydir ruhiy “o'ra”ga tushib qolgandek. Ketma-ket mag'lubiyatlar jamoaning ichki muhitiga qanchalik tasir qilmoqda?

- Harakat qilmoqdamiz. Bizga bitta g'alaba kerak. Agarda yutib olsak? hammasi yaxshi bo'lib ketadi. Baribir mag'lubiyatlardan so'ng ruxiy tushkunlik bo'ladi. Ichki muhit yaxshi. Vazifani bajarishga barcha ishonmoqda. Rahbariyat ham qo'llab-quvvatlamoqda. Mag'lubiyatlarni tezroq unutishimiz kerak, lekin to'g'ri xulosa chiqarish muhim hisoblanadi. 

- Uchrashuvlar borgan sari kamayib bormoqda. Jamoaning Superligada qolish masalasi esa hamon ochiqligicha turibdi...

- Oldinda 6 ta tur kutib turibdi. Imkoniyatimiz bor. “Andijon”, “Surxon”, “Mashal” bilan o'yinlarda maksimal ochko ishlashimiz zarur.  

- “Bunyodkor”da to'p tepayotganingizda, o'zingizni ko'rsatishingiz qiyin kechayotgandi. “Turon”da esa erkinroq haraka qilyapsiz. Igor SHkvirin qo'l ostida yanada ochilyapsiz. Bu nima bilan bog'liq?

- “Bunyodkor”da himoyada o'ynayotgan edim. “Turon”da o'z poziciyamda harakat qilmoqdaman. Igor Anatolevich hujumda o'ynatmoqda. Bemalol o'zim istagandek o'ynayapman. Fursatdan foydalanib, uzoq yo'l bosib kelgan muxlislarga rahmat aytib qolaman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика