Sulsherni MYUning xo'jayinlari qo'llab-quvvatlamoqda. Boshqa murabbiylar bilan muzokaralar yo'q
10 noy 2021 09:57
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/667718_original.jpg)
![](/upload/storage/667718_220.jpg)
Sulsherni MYUning xo'jayinlari qo'llab-quvvatlamoqda. Boshqa murabbiylar bilan muzokaralar yo'q
"Manchester Yunayted" rahbariyati hozirda Ole-Gunnar Sulsherni istefoga chiqarmoqchi emas.
Insayder Fabrisio Romanoning malum qilishicha, klub direktorlar kengashining asosiy qismi norvegiyalik murabbiyni qo'llab-quvvatlamoqda. Ushbu qarorni faqat Joel Gleyzer o'zgartirishi mumkin. Ammo u ham hozircha bu borada o'z fikrini malum qilgani yo'q.
"Manchester Yunayted" hozirda bosh murabbiylar bilan aloqaga chiqqani yo'q. Klub xech kim bilan muzokaralar o'tkazmayapti.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" oxirgi 12 o'yindan 6 tasida mag'lubiyatga uchradi. Ayni paytda jamoa APLda 6-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar