Sulsher nega Ronaldu "Everton" bilan o'yinni zaxiradan boshlaganini tushuntirdi

Aslanov Jasurbek
3 okt 2021, 00:20
"Manchester Yunayted" "Everton" bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduni nega zaxirada qoldirganiga tushuntirish berdi.

"Biz u bilan bir-birimizni juda yaxshi tushunamiz. Gap Ronaldu boshidan o'ynashi kerakmi yoki yo'qligini to'g'ri aniqlab olishimizda ketyapti.

U yosh bola emas. Krishtianu professional va u kerak bo'lsa zaxiradan o'yinga qo'shilishga tayyor. Bugun u bu ishni yaxshi kayfiyatda, ajoyib tarzda amalga oshirdi", -deydi Ole-Gunnar Sulsher.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports