Danilo Ronaldu haqida: "Odamlar uni o'zga sayyoralik deb o'ylashadi, lekin u aslida oddiy yigit"

Sherzod Nurmatov
11 iyun 2026, 12:50
Braziliya terma jamoasi himoyachisi Danilo portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida fikrlarini bildirdi.

O'yinchilar "Real" va "Yuventus"da birga o'ynagan.

"Men u bilan "Real"da o'ynaganman. Turinda ham ko'p gollar urgan va har doim haqiqiy professional bo'lgan. U sizni yaxshilanishga, mashg'ulotlarda va o'yinlarda eng yaxshi natijangizni ko'rsatishga undagan.

Odamlar Krishtianuni qandaydir o'zga sayyoralik deb o'ylashadi, lekin u aslida doim kulib yuradigan va oilasi vaqt o'tkazadigan oddiy yigit. Krishtianu deyarli futbol bilan yashaydi! U har kuni kuchayib borishga intiladi", – deya qo'shimcha qildi u.

Danilo ham, Ronaldu ham 11 iyunda boshlanadigan JCH-2026'da ishtirok etadi. Braziliya Marokash, Gaiti va Shotlandiya bilan bir guruhda o'ynaydi, Portugaliya esa Kongo Demokratik Respublikasi, O'zbekiston va Kolumbiya bilan to'qnash keladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca