Sulsher MYU xo'jayinidan Beylni xarid qilishni so'radi

Alisher
28 yanv 2020, 15:36
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher "Real" vingeri Garet Beylni xarid qilishni so'radi.

Sulsher "qizil iblislar" xo'jayinlaridan bitimni yanvarda yakunlashni so'ragan.

"Manchester Yunayted" "Real"ga Beyl uchun 50-60 million evro taklif qilishga tayyor.

Uelslik futbolchi joriy mavsum 30ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 3ta assistga erishgan.

Eslatib o'tamiz, Garet Beyl "Real"ga 2013 yilda "Tottenxem"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/eduardoinda