Sulsher istefoga chiqishi mumkinligi borasidagi mish-mishlar haqida gapirdi
03 dek 2019 20:13
Yangiliklar


Sulsher istefoga chiqishi mumkinligi borasidagi mish-mishlar haqida gapirdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher matbuotda istefo borasida chiqayotgan mish-mishlar borasida gapirdi.
Oldinroq murabbiyga oldinda turgan "Tottenxem" va "Manchester Siti"ga qarshi bahslarda g'alabaga erishish vazifasi qo'yilgani aytilgandi.
"Istefo borasidagi mish-mishlar? Bu muammo emas. Bazida gazetalarni o'qib, kulib qo'yaman. Barcha gapirayotgan malumotlarning aslida manbasi bo'lmaydi ham. SHunchaki jurnalistlar yolg'onlarni to'qib chiqarishadi", - dedi Sulsher.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar