Sulsher: "Hech kim Lukaku kabi mashg'ulotlarda ko'plab gollar ura olmaydi"

Mirjalol Normatov
19 yanv 2019, 18:40
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher hujumchi Romelu Lukakuni maqtadi.

"Lukaku jamoaning muhim qismi hisoblanadi.

Oldinlari biz ikkita hujumchi bo'lib o'ynaganimizda, men to'rtinchi hujumchi edim. Hozirda bizda 6 forvard bor va ularning 3 nafari o'yinlarga tushmoqda.

Agarda o'yinlar etarlicha bo'lsa, barcha o'z imkoniyatlaridan foydalana oladi.

Romelu ajoyib hujumchi. Hech kim Lukaku kabi mashg'ulotlarda ko'plab gollar ura olmaydi", - dedi Sulsher.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com