Sulsher: “G'alabaga loyiq emasdik”
14 iyu 2020 08:42
Yangiliklar


Sulsher: “G'alabaga loyiq emasdik”
MYU ustozi APL 35-turi doirasida “Sautgempton”ga qarshi bahsdan (2:2) so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Lozim bo'lmagan vaqtda ikkinchi golni o'tkazib yubordik. MYU o'z tarixida o'yinning so'nggi daqiqalarida shunday uslubdagi gollarni juda ko'p urgan. Uch ochko olishga loyiq emasdik deb o'ylayman. “Sautgempton” — juda yaxshi jamoa. Ular taslim bo'lmadi va omadini faqat hujumdan izladi. O'yin yakunidan afsusdaman va bu — futbol. Hech narsa qila olmaysan”, — deydi Sulsher.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar