Sulsher De Xeaning kelajagi haqida gapirdi
10 iyu 2019 12:41
Yangiliklar


Sulsher De Xeaning kelajagi haqida gapirdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher darvozabon David De Xeaga ishonch bildiradi.
Bu haqda klubning rasmiy "Twitter" sahifasi malum qilgan.
- Men buni ko'p marta aytganman, bunday darvozabonning jamoada bo'lishi bu ajoyib holat. MYU De Xea uzoq vaqt jamoada qolishiga umid qiladi. Yozda David bilan muzokaralar olib borgan holda, vaziyatni yumshatishga harakat qilaman, - deydi Sulsher.
De Xeaning "Manchester Yunayted" bilan tuzgan shartnomasi 2020 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.
U Angliya klubiga 2011 yilda Madridning "Atletiko" klubidan kelib qo'shilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar