Sulsher APL tarixiga kirdi

25 iyun 2020, 07:48
“Manchester Yunayted” APL 31-turi doirasida “Sheffild Yunayted”ni 3:0 hisobida engdi.

Uchrashuvning 80-daqiqasiga qadar Manchester klubi ustozi Ole-Gunnar Sulsher bitta ham futbolchisini almashtirmadi. So'ngra u bir yo'la 5 futbolchini zaxiraga oldi. Skott Maktomini, Odion Igalo, Xuan Mata, Deniel Jeyms, Andreas Pereyralarni maydonga tashlab, Pol Pogba, Markus Reshford, Brunu Fernandesh, Antoni Marsyal va Meyson Grinvudni zaxiraga oldi.

Bu esa Sulsherni bir yo'la besh futbolchini almashtirish qilgan APL tarixidagi ilk murabbiyga aylantirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Squawka