Suhrob Berdiev: “Olmaliqdagi natijani ijobiy deyish mumkin”
13 apr 2018 08:51
Yangiliklar
Suhrob Berdiev: “Olmaliqdagi natijani ijobiy deyish mumkin”
AGMK –“Qo'qon-1912” (0:0) uchrashuvidan keyin “Sport TV” xodimiga kecha tug'ilgan kunini nishonlagan Suhrob Berdievning o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqishdi.
– Bugun g'alaba qozona olmagan bo'lsak-da, bir ochko olishga erishdik. Bu biz uchun yaxshi natija hisoblanadi. Bugun qo'lga kiritgan bir ochko mavsum oxirida bizga asqotishi aniq. Bugun AGMK mezbon bo'lgani uchun ko'proq hujumkor o'yin ko'rsatishga harakat qildi. Biz ham o'z maydonimizdagi bahslarda shunday o'ynashga intilamiz. Muxlislarimizni xursand qilish uchun bor kuchimizni ishga solamiz, - deydi Suhrob Berdiev.
Fikrlar