So’nggi yangiliklar

01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  1 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  0 00:17Шешко Каррингтонда  0 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  29 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  8 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  4 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  0 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  3 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  7 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  105 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  2 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  19 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  4 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6

Suhrob Berdiev: “Bazida gol urishimga omad etishmadi” Yangiliklar

Suhrob Berdiev: “Bazida gol urishimga omad etishmadi”

Pro liganing 8-turi doirasida “Yangier-quruvchi” – “Xorazm” (3:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar hujumchisi Suhrob Berdiev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Aytish kerakki, Berdiev bellashuvning 40-daqiqasida chiroyli tarzda “Xorazm” darvozasini ishg'ol qildi. 

- Uchrashuvdan keyingi fikrlaringiz qanday?

- “Xorazm” bilan o'yin qiyin kechdi. Biz bunday bo'lishini oldindan bilardik. CHunki raqib jamoa bosh murabbiyi Ruslan aka Ahmedovni oldindan tanirdim. “So'g'diyona”da ishlagan vaqtimizda jamoani yaxshi va tartibli jamoaga aylantirgandi. Biz ham o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik va shu kuni omad biz tomonda bo'ldi. 

- Mazkur bahsda ilk golingizni kiritdingiz. Avvalgi o'yinlarda gol urish uchun sizga nimadir to'siq bo'ldimi?

- To'g'risi, ko'p imkoniyatlar bo'ldi. Lekin o'zim ulardan foydalana olmadim. Omad etishmadi ayrim holatlarda. “Xorazm” bilan bahsda gol urib oldim. Xudo xohlasa, bundan buyog'iga yanada ko'proq gollar urgan holda jamoaning g'alabalariga o'z hissamni qo'shmoqchiman. 

- Pro liganing bu yilgi mavsumi sizda qanday taassurot qoldirmoqda?

- Darhaqiqat kuchli. Qiziqarli va murosasiz bahslar soni ortgan. Agar hamma jamoaning maydoni talab darajasida bo'lsa, chempionat bahslari yanada qizg'in va yuqori darajada o'tishiga shubham yo'q. 

- Aytingchi, jamoangiz o'z oldiga qanday maqsad qo'ygan?

- Asosiy vazifa – kuchli beshlikga kirish hisoblanadi. G'alablari o'yinlarimiz bilan jamoa muxlislarini xursand qilish hisoblanadi. Umid qilamanki, omadsiz o'yinlarimiz ortda qoldi va bundan buyog'iga g'alabali yurishni davom ettiramiz. 

- Superliga jamoalaridan takliflar bormi?

- To'g'risi, Superligadan hali aniq taklif eshitganim yo'q. Faqat shunga yaqin gap-so'zlar bo'lmoqda. Barchasini vaqt ko'rsatadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика