Styuart Pirs: “Bekxemni Olimpiadaga olib ketmaslik – hayotimdagi eng og'ir qarorlardan biri edi”
03 may 2020 09:58
Yangiliklar


Styuart Pirs: “Bekxemni Olimpiadaga olib ketmaslik – hayotimdagi eng og'ir qarorlardan biri edi”
“Devid 24 da bo'ladimi, 37 yoshda bo'ladimi uning yoshi men uchun hech qanday ahamiyatga ega emasdi. Devidni tarkibga qo'shib olishni judayam istagandim. U Olimpiada bahslarini Londonda o'tishiga katta hissa qo'shgan, shu sabab buni barcha bilishi va uning maydonga tushishini xohlagandim. Ammo tarkibni sport principlariga asosan tanlashim kerak edi. Gigz va Bellami ajoyib formada edi, menga esa himoyachi kerak edi va shu sabab Richardsga ishongandim. Devidni tanlay olmasdim, chunki u jamoani kuchaytira olmasdi. Bu hayotimdagi eng og'ir tanlovlardan biri edi”, talkSPORT.
O'sha musobaqada Buyuk Britaniya terma jamoasi o'z guruhida birinchi o'rinni egallab, chorak finalda Janubiy Koreya terma jamoasiga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar