Stouns "Manchester Siti" bilan 2026 yilga qadar shartnomani uzaytiradi
10 avg 2021 11:20
Yangiliklar


Stouns "Manchester Siti" bilan 2026 yilga qadar shartnomani uzaytiradi
"Manchester Siti" himoyachisi Jon Stouns klub bilan shartnomasini uzaytiradi.
27 yoshli angliyalik futbolchi 2026 yilga qadar mo'ljallangan bitimga imzo chekadi.
Stouns "Manchester Siti"ga "Everton"dan 2016 yilda kelgandi. Transfer narxi 55,6 million evroni tashkil etgan. O'yinchining amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.
Himoyachi "shaharliklar" safida barcha musobaqalarda 168ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
08:22
Sofascore. Husanov va uning sheriklari Nottingem Forestga qarshi uchrashuvda qanday baho olishdi? 13

Fikrlar