So’nggi yangiliklar

21:35"Леганес" — "Реал". Беллингем, Винисиус, Гюлер ва Мбаппе асосий таркибда  2 21:22"Наполи" — "Рома". Таркиблар маълум  1 21:15АПЛ. "Саутгемптон" ва "Ливерпуль" ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди  27 21:13 Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор" бош мураббийи Максим Шацких ва ўйинчиси Ҳожиакбар Алижонов "Истиқлол"га қарши ўйин олдидан нималар деди?  1 20:31"Ипсвич Таун" — "Манчестер Юнайтед". Бруно, Рэшфорд ва Каземиро асосий таркибда  4 20:09Перес Винисиусга мурожаат қилди  7 19:45Кетма-кет иккинчи йил чемпион бўлган Бобир Абдихолиқов билан интервью   1 19:37Суперлига. "Сўғдиёна" – "Локомотив" 2:0. Highlights  0 19:36Суперлигани қайси клуб тарк этади? Кумуш медал кимга насиб қилади? 26-тур интригалари  6 19:18Суперлига-2025. Қайси жамоалар қолади, қайсилари кетади?  6 18:25Суперлига. «Сўғдиёна» «Локомотив»ни қийинчиликсиз мағлуб этди ва учинчи ўринга кўтарилиб олди  11 18:16Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" "Қосимпошо" билан дуранг ўйнади, Турғунбоев бир бўлим ҳаракат қилди  2 18:04Февзи Давлетов: "Ўйинни тўлиқлигича назорат қилдик, фақатгина гол етмади"  4 17:28Холанд "Манчестер Сити" бўйича қарор қабул қилди  1 16:53Суперлига. «Металлург» мавсумдаги иккинчи ғалабасини қўлга киритиб, элитада қолиш имкониятини сақлаб қолди  11

Stoichkov, SHevchenko va Messiga qarshi o'ynagan, Rivaldo bilan birga O'zbekiston chempioni bo'lgan Gochkuli Gochkuliev bilan suhbat Yangiliklar

Stoichkov, SHevchenko va Messiga qarshi o'ynagan, Rivaldo bilan birga O'zbekiston chempioni bo'lgan Gochkuli Gochkuliev bilan suhbat

"Paxtakor" va "Bunyodkor" klublaridagi faoliyati orqali o'zbekistonlik futbol muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan Gochkuli Gochkuliev turkmenportal.com saytiga intervyu berdi. Quyida ushbu intervyuni o'zbek tilida taqdim etamiz.

— Gochkuli, o'quvchilarimizga erishgan yutuqlaringiz haqida so'zlab bersangiz.

— Turkmanistonda «Kopetdog'» safida ikki bor chempion bo'lganman va mamlakat kubogini qo'lga kiritganman. Ilk xorijiy klubim Qozog'istonning «Irtish» klubi bo'lgandi. 2002 yilda «Irtish»dan Toshkentning «Paxtakor» klubiga ko'chib o'tganman, bu erda to'rt bor O'zbekiston chempioni bo'ldim. 2006 yilda Qozog'istonga qaytib, Tachmurad Agamurodov murabbiylik qilayotgan «Qayrat» safida o'ynadim. Bir mavsum o'ynagach, 2007 yilda yana O'zbekistonga bordim va 2010 yilga qadar «Bunyodkor» tarkibida to'p tepdim. «Bunyodkor» bilan birga uch marta O'zbekiston chempionati oltin medallarini qo'lga kiritdim.

— Siz deyarli 20 yil davomida turli klublarda, Turkmaniston milliy terma jamoasida ko'plab murabbiylar qo'l ostida o'ynadingiz. Qaysi murabbiy bilan ishlash osonroq, kim bilan og'ir edi?

— Agar murabbiy seni zaxirada qoldiraversa og'ir bo'ladi. Agar murabbiy seni asosiy tarkibda ko'rmasa bu fojia. Barcha klublar va Turkmaniston terma jamoasida men asosiy tarkibda maydonga tushardim. Buning uchun futbolchi yaxshi sport formasida bo'lishi, taktik sxemalarni to'g'ri tushunishi, eng muhimi — murabbiyning barcha ko'rsatmalarini bajarish. Menda barchasi oson bo'lgan (kuladi). Murabbiylarimga rahmat aytaman. Tachmurad SHamakovich Agamurodovni alohida ko'rsatgan bo'lardim. Aynan u menda kuchli himoyachini ko'ra olgan va «Kopetdog'» safiga jalb etgandi. O'shanda 19 yoshda edim. Bu men uchun kutilmagan hol bo'lgandi. O'sha paytda «Bezmeina» safida o'ynardim. Agamurodov qo'l ostida «Kopetdog'», «Irtish» va «Paxtakor»da o'ynadim. SHuningdek Turkmaniston milliy terma jamoasida ham to'p tepdim. Tachmurad SHamakovich o'yinlar vaqtida deyarli zaxira o'rindig'idan turmaydi. U barcha ko'rsatmalarni o'yidan avval hamda tanaffusda beradi. Bu Agamurodovning o'ziga xos jihatlaridan biri.



— Bolgariyalik Xristo Stoichkov, ukrainalik Andrey SHevchenko va argentinalik Lionel Messiga qarshi o'ynagan ekansiz. Ular bilan qachon va qaerda to'qnash kelgansiz?

— Ha bu yulduzlarga qarshi bir maydonda o'ynaganim rost. 1998 yilda «Kopetdog'» Osiyo Kubok Egalari kubogi yarim finaliga chiqqandi raqibimiz Saudiya Arabistonining «An-Nassr» klubi bo'lgandi. Ar-Riyodga uchib borganimizda, mezbonlar bir qator kuchli legionerlar bilan kuchayib olishgani malum bo'lgandi. Ulardan biri 1994 yilgi «Oltin to'p» sohibi, bolgar futboli yulduzi Xristo Stoichkov edi.

O'yindan oldin Tachmurad Agamurodov menga shunday ko'rsatma bergandi — aynan Stoichkovga qarshi personal o'ynash. O'sha paytda 20 yoshdi edim. Boshida kichik bosim bo'lgandi, ammo hakam hushtak chalishi bilan barchasi o'tib ketgandi. Uchrashuv «An-Nassr»ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan tugagan bo'lsa ham Stoichkov gol ura olmagandi. U hatto penaltidan to'p kirita olmagandi. Uning zarbasidan keyin to'pni Evgeniy Naboychenko qaytargandi.

2004 yilgi «Oltin to'p» sohibi, Ukraina terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi hujumchi Andrey SHevchenkoga qarshi Moskvadagi MDH kubogida o'ynaganman. O'shanda «Kopetdog'» yarim finalda Kievning «Dinamo»siga yutqazgandi (0:5).

Zamonamizning eng kuchli futbolchilaridan biri, argentinalik Lionel Messiga qarshi «Barselona» va «Bunyodkor» o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida o'ynagandim. O'sha kuni Messiga qarshi aynan men personal harakat qilganman. Bu bahs 1:1 hisobida tugagandi. Messi o'sha kuni gol ura olmagandi (kuladi).

— Messi bilan futbolka almashmaganmisiz?


— Leo bilan emas, «Barselona» markaziy himoyachisi Karles Puyol bilan futbolka almashganman.

— Bundan tashqari Braziliya terma jamoasi bilan 2002 yilgi Jahon chempionatida g'olib bo'lgan futbolchi bilan bir jamoada o'ynagansiz.


— Rivaldoni nazarda tutayapsizmi? Ha, Toshkentning «Bunyodkor» klubi safida 1999 yilgi «Oltin to'p» sohibi va 2002 yilgi Jahon chempioni Rivaldo bilan to'p tepgandim. U bilan birga uch marta O'zbekiston chempioni bo'lgandik.



— Gochkuli, futbolchi penaltidan gol ura olmasa nimani his qiladi? JCH-2010 saralashi doirasidagi KXDR bilan va «Kopetdog'»ning Germaniyaning «Gerta» klubiga qarshi o'yinlarni nazarda tutayapmiz.

— Barcha futbolchilar hayajonlanishadi, buni ko'p o'ylashadi. Albatta, ikkala holatda ham juda xafa bo'lgandim. Nemis klubi bilan durang o'ynagandik. Bahs 1:1 hisobida tugagandi. So'nggi daqiqalarda penalti tepish imkoniyatiga ega bo'ldik. Darvozabon zarba yo'nalishini topdi va to'pni qaytardi. Yigitlar qo'llab-quvvatlashdi, tinchlantirishdi.

Men koreyslarga qarshi bahsdan keyin ko'proq xafa bo'lgandim… O'sha kuni «Bunyodkor» safida olgan jarohatim bilan maydonga tushgandim. Milliy terma jamoa safida o'ynashni so'z bilan tariflab bera olmayman. Bu har bir futbolchi uchun bayram va sharaf. O'sha kuni men zaxirada o'tirib jamoadoshlarimga dalda bo'lmoqchi edim. Ammo ona zaminga kelganimda va Turkmanistonning yashil bayrog'iga qaraganimda, qiyinchiliklar va og'riqlarni unutaman. Xuddi senga qaerdandir qo'shimcha kuch kelgandek. Uchrashuvdan oldin jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy bilan alohida shug'ullangandim. O'yin kuni murabbiylardan meni maydonga tushirishlarini so'radim. Terma jamoada shtatli penaltichi men edim. Ammo o'sha oqshom penaltidan gol ura olmagandim. Rahim Qurbonmamedov boshchiligidagi murabbiylar va futbolchilar bahsdan so'ng meni qo'llab quvvatlashdi. Hatto dunyo yulduzlari ham bazida 11 metrli zarbalardan gol ura olishmaydi. Bunday vaziyatda, «barchasi bizning qo'limizda emas».

— So'nggi savol, faoliyatida mana shunday yutuqlarga erishgan futbolchi sifatida yosh turkmanistonlik futbolchilarga qanday maslahat bera olasiz?


— Sportdagi faoliyati va hayotda tartibga rioya qilishlarini tilayman. Axir, futbolchilar doim omma oldida bo'lishadi, ularni yoshlar, o'smirlar kuzatishadi. Bundan tashqari Turkmaniston milliy terma jamoasiga JCH-2022 va Osiyo Kubogi-2023 qo'shma saralashida omad yor bo'lishini tilayman.


turkmenportal.com saytidan Narzulla tarjima qildi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика