Stiven Jerrard turk klubida ish boshlashi mumkin
12 okt 2019 07:53
Yangiliklar
“Beshiktosh” klubi amaldagi bosh murabbiy Abdulla Avjini istefoga chiqaradigan bo'lsa, uning o'rniga “Reynjers” ustozi Stiven Jerrard taklif etiladi.
Qayd etilishicha, kelasi hafta “Beshiktosh” klubi yangi prezidentga ega bo'ladi. U esa jamoa bosh murabbiyini almashtirishi kutilmoqda. Asosiy nomzod esa Stiven Jerrard bo'lib turibdi.
Joriy mavsum “Beshiktosh” Turkiya chempionatida 7-turdan so'ng 12-o'rinni band etib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar