Stiv Bryus murabbiylik faoliyatida tanaffus qilishini aytdi
21 okt 2021 01:12
Yangiliklar
Stiv Bryus murabbiylik faoliyatida tanaffus qilishini aytdi
Bugun "Nyukasl"dan istefoga chiqarilgan Stiv Bryus kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.
"Balki, "Nyukasl" mening so'nggi jamoam bo'lib qolar. 60 yoshdaman, uzoq safarlarda yurib, rafiqamni xavotirga qo'yishni istamayman. Ha, keyinchalik murabbiylikka qaytaman, ammo hozir biror insonning ishga qaytarish borasidagi gaplarini eshitgim kelmayapti.
"Nyukasl"da o'zimni kerakmasdek his qilish qiyin bo'ldi. Odamlar mening omadsizliklarimni ko'rib, meni jamoaga kerak emasligimni aytishmoqda. SHu sababli ortiqcha vaqt olmayman", - dedi mutaxassis.
Fikrlar