Sterling nega Keynga ovoz berganini tushuntirdi
24 apr 2019 18:45
Yangiliklar


Sterling nega Keynga ovoz berganini tushuntirdi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Raxim Sterling yil futbolchisi so'rovnomasida nega "Tottenxem" hujumchisi Garri Keynga ovoz berganini tushuntirdi.
"Agar chempion bo'lmasak yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini olmoqchi emasman. Hozir APL va Angliya Kubogida g'olib bo'lishni, keyin esa individual sovrinlar haqida o'ylashni istayman. Turnirlarda g'alaba qozonmasang, individual sovrinlar ahamiyatga ega bo'lmaydi.
Garri Keynga ovoz berdim, chunki u har yili ko'plab gollar uradi va jamoa uchun borini beradi. Hamma van Deyk haqida gapirdi. U ko'p ovoz olishini bilardim, shu sababli ovozimni uning darajasiga mos bo'lgan futbolchiga berdim. Keyn bilan Angliya terma jamoasi orqali tanishman, u ter to'kib mehnat qiladi" - deydi Sterling.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar