So’nggi yangiliklar

14:30Ла Лига етакчиларидан бири "Олтин бутса" соҳиби билан шартнома имзолади  0 14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  1 13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0 12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  1 12:27Расман: Эдерсон Туркия клубига ўтди  1 12:09Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Шри-Ланкага қарши қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  4 11:51ОФК "Насаф" ҳамда "Андижон" учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар номини эълон қилди  7 11:38"Челси" ёзда футболчилар сотувидан ҳаммадан кўп пул ишлаб топди  6 11:15Муса "Милан"ни "Аталанта"га алмаштирди  0 10:40Мануэль Аканжи фаолиятини Италияда давом эттиради  0 10:07"Ливерпул"га ўтган Исак нималар деди?  7 09:38"Ливерпуль" рекорд ўрнатди  3 09:12"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олди  3 08:42Расман. 38 ёшли Варди фаолиятини Италияда давом эттиради  1

Mirko Elichich: "Biz "Olimpik Mobiuz" kabi eng yaxshi yoshlarni yig'a olmaymiz" Yangiliklar

Mirko Elichich: "Biz "Olimpik Mobiuz" kabi eng yaxshi yoshlarni yig'a olmaymiz"

O'zbekiston Kubogi guruh bosqichidan o'rin olgan "Шo'rtan" - "Olimpik" (3:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Mirko Elichich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Dastlabki daqiqalarda o'yin natijasiga tasir o'tkazgan hodisa ro'y berdi. Bunday holatlarda qanday qoida qo'llanishini bilmayman, ochig'i. Lekin uchrashuvga o'sha vaqt nuqta qo'yibb bo'lingandi. "Шo'rtan"ni g'alaba bilan tabriklayman" - dedi Mirko Elichich bugungi bahs haqida.

- "Olimpik" oldiga natijadan ko'ra yoshlarni tarbiyalash vazifasi qo'yilgan. Jamoa hozirgi vaqtda ketma-ket mag'lub bo'lmoqda. Jamoa oldiga yosh futbolchilarni tarbiyalashdan boshqa maqsadlar ham qo'yilganmi?

- Bizda asosiy vazifa yoshlarni tarbiyalash. O'z oldiga jiddiy maqsad quyadigan jamoa iqtidorli yoshlarni yig'ishi kerak. Biz esa mavsum boshlanishiga bir oy qolganda jamoa yig'ishni boshladik. Tarkibimizda bir nechta yoshi kattaroq futbolchilar ham bor. Ayrim bir yosh futbolchilarga imkoniyat berib ko'rsa, ularni kashf etish mumkin. Biz bu yo'lni tanlaganmiz.

Hozirgi "Olimpik" ikki yil avvalgi jamoadek emas. Masalan, biz "Olimpik Mobiuz" kabi eng yaxshi yoshlarni yig'a olmaymiz. Bizning tarkibimizdagi yosh futbolchilar sobiq jamoalarida o'ynab keta olmaganlardir. Biz "ikkinchi" darajadamiz desak bo'ladi.

- Demak, jamoangizda mavsum davomida o'zgarishlar bo'lmaydi va tarkib o'zgarmaydimi?

- O'zgarishlar bo'lishi aniq. Futbolchilarda maksimal xohish bo'lishi kerak, ayrimlarda esa buni ko'rmayapman. Jamoada qolishni istamayotganlarni majbur olib qolish niyatimiz yo'q.

- Futbolda ko'p narsa moddiy tomonga borib taqaladi. Klubning yomon natijalariga moliyaviy barqarorsizlik sababmi?

- Katta futbolda jiddiy natijalarga erishish uchun moliyaviy jihatdan muammolar bo'lmasligi kerak. Biz bu haqda o'ylamaslikka harakat qilyapmiz. Futbolchilarimiz kam oylik olishadi. Men ularga pul haqida emas, futbol haqida o'ylash haqida aytyapman.

- G'uzor shahriga katta futbol qaytdi. Bugungi uchrashuvdagi maydon holatiga baho berib o'tsangiz?

- Men ikki mavsum avval "Lokomotiv"da ishlayotgan vaqtimda ham G'uzordagi stadion haqida gapirib o'tgan edim. Maydon yaxshi holatda.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика