So’nggi yangiliklar

00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  2 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  4 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  5 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  12 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6 18:38"Навбаҳор" бразилиялик ҳимоячи билан шартнома тузади  16 18:11Гёкереш "Спортинг" машғулотларига қайтишдан бош тортди. У "Арсенал"га ўтишни истамоқда  8

Stefano Pioli: “Inter” birinchi bo'limda yaxshiroq va samaraliroq o'ynadi, biz esa ular shunday o'ynashga imkon yaratib berdik" Yangiliklar

Stefano Pioli: “Inter” birinchi bo'limda yaxshiroq va samaraliroq o'ynadi, biz esa ular shunday o'ynashga imkon yaratib berdik"

“Milan” bosh murabbiyi Stefano Pioli ECHLning ilk uchrashuvi haqida gapirdi.

“Inter” birinchi bo'limda yaxshiroq o'ynadi va ikkita gol urdi, “Milan” ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'ynadi va gol ura olmadi. Bu futbol. “Inter” birinchi bo'limda yaxshiroq va samaraliroq o'ynadi, biz esa ular shunday o'ynashga imkon yaratib berdik. 

Ettinchi daqiqagacha “Inter” bizning jarima maydonchamizga ham kirmadi, keyin esa birinchi burchakdan keyin gol urdi. SHubhasiz, biz ushbu vaziyatda yaxshiroq harakat qilishimiz lozim edi. Biz bugungi uchrashuvda boshqacha natijaga erishmoqchi edik, ammo bugungi natijaga qaramasdan biz ishonishda davom etamiz. CHunki ikkinchi o'yinda barchasi boshqacha bo'lishi mumkin.

 Biz tajovuzkor bo'lishni maqsad qilgandik, lekin bugun “Inter” ko'p 50-50 vaziyatlarda yaxshiroq harakat qildi va bu ularga o'yinni nazorat qilishiga yordam berdi. SHuningdek, ular dastlabki ikkita vaziyatdan unumli foydalandi, bu esa bizga yanada qiyinchiliklarni keltirdi. 

Ikkinchi bo'limda imkoniyatlarimiz bo'ldi, tabiiyki, ikkinchi o'yinda ham tajovuzkor bo'lishimiz kerak. Yigitlar bu biz kutgan o'yin va natija emasligini yaxshi bilishadi, hafsalasi pir bo'ldi, lekin bizda vaziyatni o'zgartirish imkoniyati borligini bilishadi. 

Leau? Ko'ramiz. U bugun maydonga tushadigan holatda emas edi, olti kun qoldi va u tayyor bo'ladi deb umid qilamiz”, — deya gapini yakunladi Pioli.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика